Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 120 (Healing of the Withered Hand)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

f) Shanba kunida Qo'li Shol odamni Shifolash va Isoni o'ldir ish uchun Reja (Matto 12:9-21)


MATTO 12:14-20
14 Farziylar esa shu zahot tashqariga chiqib, Isoni yo'q qilishga til biriktirdilar. Iso buni bilib, u yerni tark etdi. 15 Tumonat xaloyiq Isoning ketidan ergashdi, U esa hamma kasallarni sog'aytirdi. 16 O'zini oshkor etmoqni ularga qat'iy man qildi. 17 Shu bilan Isha'ayo payg'ambarga kelgan quydagi Xudo kalomi bajo bo'ldi: 18 “Mana, Mening tanlangan O'g'lonim, Mahbubim, ko'nglim Unga nisor. Men O'z Ruhimni Unga berarman. U esa elga adil e'lon etgay. 19 U talashmas, tortishmas ham, ko'cha-kuyda sira baqirmas. 20 Sindirmagay bukik qamishni, o'chirmagay tutayotgan pilikni-da. To adilu insofni o'rniga qo'yguncha ellar esa Uning ismiga umid bog'lar”.
(Ishayo 42:1-4, Mark 3:12, Luqo 6:17-19, Havoriylar 3:13-26)

Qonunning ustozlari Masihni o'limga hukm qildilar chunki U muhim bo'lgan shavqat harakatini isbotlab, Muqaddas Yozuvni tushunishda ularning xatolarini ochib berdi. Ular xuddi osmon ularning chegaralangan olamlarini buzyotgandek his qilishdi. Ular odil hukm bilan kurashishga qodir emas edilar, shuning uchun ular zo'ravonlikdan foydalanishlariga to'g'ri kelgandi. Xudoning dushmanlari Isoning ishining boshlanishidan Uni rad etib, Uni yo'q qilishga qaror qilgan.

Masihning chekinishi o'limning qo'rquvidan emas edi, balki Uning bajarish uchun hali buyuk ishlari bor edi va Uning vaqt-soati hali yetib kelmagan edi. Bu vaqtgacha, Masih quvg'in bo'lgan va xilvat yashagan edi. U imkon qadar kichkina tovush bilan yolg'iz xizmat qilgan. U O'zining qudratli so'zi bilan mehribon Najodkordek Uning qudratiga ishonib imon orqali Uning oldiga kelgan kasallarga shifo bergan. U O'zi uchun xabarni tuzmagan, chunki U shifo topib Uning ismini eslamganlardan talab qilgan. Iso Uni tushunib, tavba qilish uchun yuraklarini ochmasdan mo'jizalarni ko'rib ishonish uchun faqat qiziqqan odamlarni to'xtatish uchun buni qilgan. Iso ruhiy tushunchaga chanqoq va solihlikka och bo'lganlarni chaqirgan. Biroq, mo'jizani izlovchilar va yuzaki bo'lgan odamlar Isoda hech qanday yordamni va yupanchni topishmagan.

Hatto yaxshilik qilishni xohlaydigan dono va oqil kishilar bajarilishi haqida gapirilgan bu narsaga erishishdan olisdadirlar. Bu Xudoning qabulidir, insonlar bu uchun maqsad qilgan olqish emas. Biz hatto vazifa yo'lida jasurlik bilan davom etishimiz kerak bo'lsa ham, azoblanish vaqtlarida bizga qarshi daf'a izlaydigan keragidan ham ko'proq bo'lgan holatlarga g'azablanmaslik uchun buyrug' berishimiz kerak. “Ilondek ziyrak bo'linglar.”

Masih Xudoning muloyim, yumshoq va kamtar O'g'lidir, chunki U Xudoning Ruhidan tug'ilgan. Ishayo Masih tug'ilishidan oldin 700 yillari Xudo Uning Ruhiga to'lgan, Uni mamnun qiladigan Suyukli Xizmatkorini bu dunyoga jo'natishi haqida karomat qilgan. Biz Masihning kamtarligida va mehribonchiligida Muqaddas Uch Birlikning birligining nurlarini bilib olamiz, chunki Xudo, Uning Ruhi va Uning O'g'li butun dunyo bo'ylab haqiqatni va sevgini tarqatish uchun bir maqsad va bir reja uchun birga birlashgan.

Masih haq-huquqi uchun janjallashmagan, yoki dushmanini tinchlantirish uchun unga baqirmagan. Masih O'z kiyim va kafanini xohlaganlarga ularni qoldirgan. Uni qiynaganlarni duo qilgan va dushmanlarini sevgan. Siz bir kambag'al kishida umid uchqunini topishingiz kerak, va hech qanday qo'rquv yoki shubhasiz ishonish uchun uni ruhlantirasiz. Masihning ruhiy g'alabasining kuchi har bir xalqga tarqaladi va Uning nuri zulmatimiz orqali boradi. Biz Iso oxirida g'alaba qozonishini bilamiz, chunki U xochda g'alaba qildi. Uning g'alabasi yer sharimizning cho'lini sug'oradigan katta daryo bo'ldi. Masih bezovtalangan dunyomiz uchun yolg'iz umiddir.

Yahudiylar Iso Shanba kunining urf-odatlariga yopishib olganlarini tanqid qilgani uchun emas, balki U G'ayriyahudiylarga sevgisini taqdim etib, ularning yuzlarida berkitilgan eshikdan keyin barchaga najod eshigini keng ochgani uchun Isoga qarshi nafrat tuyg'ulariga yopishib oldilar. Masih kimdir boshqasidan o'tib ketishni afzal ko'radigan irqchi yoki aqidaparast emas edi. U hamma insonlarga xizmat qildi, ularni teng sevdi, va hayotini ularning hammasiga berdi. Yahudiylar ularning Rabbiylari bilan bo'lgan ahdlari va yarashuvlari faqat ularniki deb va bu chegara tomon borishga jur'at etgan kishi toshbo'ron qilinishi kerak deb o'ylab, Masihning pok sevgisidan jahllari chiqdi.

IBODAT: Ota, biz Sendan minnatdormiz chunki Sen Isoda ilohiy tabiatingni e'lon etib, xochda dunyoning solihligini amalga oshirding. Biz ovozlarimiz bilan Senga sajda qilamiz va biz janjal qilmasdan yoki baqirmasdan, balki ishonch bilan yashab, yovlarimizdan qat'iy nazar xizmatga bo'lgan boshqaruvingni ko'rib, Senga barcha muammolarimizni topshirish uchun O'g'lingning sevgisining kamtarligini so'raymiz.

SAVOL:

  1. 42:1-4 Bobda Iso haqidagi Ishoyoning payg'omi nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)