Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 117 (Rest in Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

d) Masihda orom topish uchun Taklif (Matto 11:28-30)


MATTO 11:28-30
28 Ey og'ir yuk ostida qiynalib, horib-tolgan hammalaringiz! Mening huzurimga keling. Men sizga orom beraman. 29 Mening bo'yinturug'imga o'zingizni qo'shing va Mendan o'rganinglar. Chunki Men beozor va soddadilman. Shunday qilib, jonlaringiz taskin topar. 30 Chunki Men solgan buyunturug' yumshoq, Men bergan yuk yengildir”.
(Yeremiyo 6:16; 31:25, Ishayo 28:12, 1 Yuhanno 3:5)

Masih barcha insonlarni Muqaddas Uch Birlikning Birligiga taklif qiladi, chunki haqiqiy Xudoda bo'lishdan boshqa qalblarimiz uchun orom yo'q. Iso hammani chorlaydi, hatto o'zlari bilan qoniqadiganlar va harakatlaridan mag'rurlanadiganlarni ham. Biroq ular yuraklarining nopokli va qiyinchiliklari uchun sababni tushunmaganlari kabi, Uning taklifini qabul qilmaydilar. Muhtojliklarini biladigan tavba qilganlar faqat Masihning taklifiga javob beradiganlardir. Davlatning boylari, boshliqlari va hukumat xizmatchilari Najotkorning oldiga shoshilmaydilar. Yupatuvchini eshitish uchun havotirlanadiganlar kambag'al, omadsiz va gunohkorlardir. Aziz do'stim, siz o'zingizni bilasizmi? Barcha insonlarni taklif qiladigan Najodkor Masihning chaqiruvini eshitdingizmi? Bizning og'irliklarimizni olish uchun hokimyati va qobilyati bor bo'lgan va bizni gunoh va kasallardan; qonun va o'limdan, Shayton va Xudoning g'azabidan bizni ozod qiladigan faqat Xudodir. Masih hech qachon izlovchini rad etmaydigan , balki Uning oldiga shoshilish uchun hammani taklif qiladigan va ular ozod bo'lishlari uchun O'ziga og'irliklarini oladigan Qudratli Najodkordir.

Bo'yinturug' kabi gunohdan habardor bo'lganlarning hammasi va Qonun talablari ostida yig'laydiganlarning hammasi Masihda orom topish uchun taklif qilinadi. Ular faqat gunohlarining yovuzligidan ishonch hosil qilmaydilar balki bu uchun chuqur afsuslanadilar. Ular gunohlaridan kasaldirlar, dunyoning va tananing xizmatidan charchaganlar va gunohlarining holati iflos va havfli ekanini ko'radilar.

Rabbiy Iso Masih horib-tolgan qalblarga bu uchun tirik imon orqali Uning oldiga keladiganlarga orom beradi. Ular yaxshi o'rnashgan tinchlik vijdonidagi gunohning daxshatidan “orom” oladilar. Ular qalblariga qaytadigan buyurug' kabi gunohning kuchidan “dam” oladilar. Ular Xudoda “orom” oladilar va Uning sevgisida qalbning tinchligi bo'ladi (Zabur 11:6-7). Bu inoyatda boshlanib, ulug'vorlikda tugagan Xudo xalqi uchun tayyorlangan oromdir (Ibroniylar 4:9).

Horib-tolgan va o'zlariga qo'shimcha bo'yinturug'ni olish uchun og'ir yuk bo'lganlarni chaqirish qiynalganlarga qiyinchilikni qo'shgandek tuyuladi; lekin Masihning buyrug'ining a'loqasi “Mening” so'zida yotadi. “Og'ir yuk ostida horib tolganlar. Mening oldimga keling.” Xizmatkorlarga “bo'yinturug' ostida” bo'lish aytilgan (1 Timo'tiy 6:1), va bir shohning hukmlari bo'yinturug' olib keladi (1 Shohlar 12:10); lekin o'zimizga Masihning bo'yinturug'ini olish o'zimizni xizmatkorlarning holatiga qo'yish va Unga bo'ysunishdir. Biz shunda Uning hamma amrlariga va boshqaruviga bo'lgan itoatkorlikda harakat qilamiz. Bu Uning irodasiga hursandchilik bilan bo'ysunishni, Masihning xushxabariga itoat qilishni va Xudoga o'zimizni topshirishni anglatadi.

Bizning yuraklarimiz yovuz va aldamchidir. Faqat gunohlarning kechirimi biz uchun yetarli emas. Biz bizda yangi hayot yaratadigan o'zgartirish kuchiga muhtojmiz. Masih Otasi bilan to'la birlikda bog'langan, va U bizni biz U bilan yashashimiz uchun birlikka tortadi. Shuning uchun U bizga O'zining bo'yinturug'ini qo'yadi. Agar biz bir bo'yinturug' ostida Xudoning O'g'liga ishonib, U bilan yursak, biz sevgisi orqali o'zgaramiz va toza vijdon bilan haqiqiy oromni topamiz, chunki Masihdagi oromdan boshqa orom yo'q.

Hech kim ozod emas. Har bir kishi ham gunohga qul, ham Masihning bo'yinturug'i ostida sherikdir. Imon orqali Ota bilan birlashgan kishidan Unga va Uning irodasiga ergashish talab qilinadi. Masih bizni Unga va Uning misoliga ergashishni o'rgatadi. U bizga yaxshiliklarini o'rgatadi. U haqiqatdan ham Otasiga irodasini to'liq bag'ishlagan yuvosh Qo'zidir. U O'ziga ulug'likni olmasdan, O'zini kamtar tutdi. Agar siz Isoga bog'langan bo'lsangiz, U sizni o'jarligingizdan, mag'rurligingizdan va baxilligingizdan ozod qiladi. Siz Masih bilan birga yer haydashingiz uchun va Xushxabar urug'ini ekishingiz uchun yangi insonga aylantiradi. Siz o'zingizning fikrlaringiz va tirishqoqligingiz orqali mustaqil ishlamaysiz, balki sizni Xudo bilan birlashtiradigan Masihning bo'yinturug'i ostida ishlaysiz. U sizni solihlik uchun chanqovingizni qondirishga va ruhiy tinchlik bilan ishtahangizni qondirishga boshlaydi.

Masih degan, “Mendan o'rganing, chunki Men beozor va sodda dilman, va sizlar qalbingiz uchun orom topasizlar.” O'zingizdan so'rang, siz o'zgarishni istaysizmi va Masihga hayotingizni bag'ishlab, kamtar bo'lib yurasizmi? Kamtar bo'lishni va o'zingizni hammaning kichigi va gunohkorlarning eng yomoni deb hisoblaysizmi? Shunda Masih sizga O'z tinchligini va oromini U bilan bir bo'yinturug' ostida qolganingizda beradi.

U beozordir, va boshqalar jahli chiqadigan bilimsizlarga mehribondir. Ko'p qobilyatli ustozlar sekin va zerikarli bo'lganlarga buyuk umidsiz bo'lgan issiq va shoshqaloqdirlar. Lekin Masih faqat bularga chidamaydi, balki ularni sevadi va ularning tushunchalarini ochadi. Isoning o'n ikki shogirdlariga bo'lgan munosabati buning guvohidir. U ular bilan sodda dil bo'lgan va ulardan eng yaxshilarini yaratgan, hatto ular unutuvchi va bebosh bo'lgan bo'lsalar ham. Iso ularning ahmoqliklarini belgilashga shoshilmagan.

Qalblarimiz uchun orom topadigan ishonchli yo'l bu Masihning oyog'i ostida o'tirib Uning so'zini tinglashdir. Orom Xudoning bilimida va Iso Masihda topiladi, va qalb butun yaratilish uzra izlangan xushxabarda topiladigan donolikda qoniqadi. Masih o'rgatadigan haqiqatlar ulardagi qalblarimizga ishonishimizdekdir.

Bu xushxabar chaqiruvi va taqdimining hisobi va muhimligidir. Bizga Rabbiy Iso bizdan talab qiladigan narsani bir necha so'zda aytilgan va bu Xudo U haqida aytganiga qo'shiladi, “Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan Men mamnunman. Unga quloq solinglar!”

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen shaxsan bizni chaqirding. Biz gunohlarimizning kechirimini so'rash uchun Sening oldinga shoshilamiz. Biz Seni ulug'laymiz chunki Sen bizning yuklarimizni olib, bizga Rabbiyning Otasini ochib berding. Sen bizlarni Uning bolalari qilding va biz Sen bilan yurib, Sen bilan xizmat qilishimiz uchun O'zingga bizni tortasan. Biz Seni tark etmasdan balki O'zingning kamtar suratingga bizlarni o'zgartirishing uchun har vaqt Senga ergashishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Bizga qo'yishni istagan Masihning bo'yinturug'i nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:15 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)