Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 116 (Unity of the Holy Trinity)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

c) Muqaddas Uch Birlikning Birligi haqida E'lon (Matto 11:25-27)


MATTO 11:25-27
25 O'sha vaqtda Iso so'zini davom ettirib dedi: “Ey Ota, yeru ko'k Hukmroni! Sen bu ishlarni donoyu oqillardan yashirib go'daklarga ma'lum etganing uchun Senga hamdu sanolar aytaman. 26 Ha Ota, Sening ezgu xohishing shunday edi. 27 Otam Menga hamma narsani topshirgan. Otadan boshqa hechkim O'g'ilni bilmas. O'g'ildan boshqa hamda O'g'il bilim berishni istagandan boshqa hech kim Otani bilmas.
(Ishayo 29:14, Luqo 10:21-22, Yuhanno 17:25, 1 Korinfliklarga 1:18-29, Filipliklar 2:9)

Bu oyatlar bizga Masihning samoviy Otasiga bo'lgan yagona ibodat uchun zakavot beradi va bizga Isoni va Xudo bilan Uning birligining ichki tublarini ochib beradi. Fikrlarimiz orqali biz Otasiga O'zini bag'ishlaydigan va Muqaddas Uch Birlikning Birligidagi Uning gaplarini tinglay oladigan Inson O'g'lining hayotining muqaddas joyiga yetib boramiz.

Iso O'z xalqi orqali raddiyatlikning achchig'idan va nafratning umidsizligidan qat'iy nazar, U samoviy Otasini ulug'laydi va Unga rahmat aytadi. U rad etish va yomon munosabat haqida motom tutmaydi, balki Xudoning muqaddas ismini ulug'lab, Uning boshqaruviga bo'ysunib, Jabbor Xudoning boshqaruviga ishonadi.

Masih Xudoga beradigan ism bu “Ota” dir, chunki Iso Uning Ruhidan tug'ilgan; abadiylikdan U bilan yashagan, doim U bilan birga bo'lgan, va har doim Uning sevgisida yashaydi. Bizning Xudoyimiz Otadek va Uning ruhiy O'g'li bir Xudodek yashaydi.

Masih Dovud bashorat qilganidek Otasini Rabbiy deb atadi: “Xudovand mening Rabbimga aytdi, 'Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o'ng tomonimda o'ltirib tur'” (Zabur 109:1). Iso Otasi Qudratli ekanini biladi. U Xudo dunoyodagi barcha sabotlilardan Isoning O'g'illigi va Otaligini yashirgan sir ochib berilganini eslatadi. Maktablar, universitetlar, falsafalar va dinlar bilishga qodir emas yoki o'zlarining kuchlari bilan Muqaddas Uch birlikning Birligini o'rgatishga yoki Muqaddas Ruhning yashashini va najodni qabul qilishga qodir emas. Bundan qat'iy nazar, Masih barcha insonlarni jannatga olib borishni maqsad qilgan.

Minnatdorchilik qorong'ulikka, tashvish va fikrlarga haqiqiy javobdir, va bularni jim qilish uchun ta'sirli ma'no bo'la oladi. Hamdusano qo'shiqlari hafa qalblarga kuchli rag'batlantirishdir va qorong'u fikrlarni shifolashga yordam beradi. Achinish va qo'rquv uchun boshqa javob bo'lmaganda, javob bu: “Ey Ota, Senga rahmat aytaman.” Keling Xudoni ulug'laylik chunki U vaziyatni boshqarishga qodirdir.

Iso ibodatidagi o'zidan kechishdan keyin, U Xudoning kuchida sherik ekanini tan oladi. Chunki O'g'il Otasining mamnuniyatini itoatkorlik bilan bajardi, Uning Otasi Unga osmonda ham yerda ham butun hokimyatni berdi. Bu hokimyatning siri Ota Xudo haqida bilishdir. Unda va U bilan yashaydigan va Uning najod rejasida va hukmining qoidalarida Unga ergashadigan kishidan boshqa hech kim Otani bilmaydi. Samoviy Ota yagonadir; biroq Masih Uning sevgisining surati va Uning shaxsining suratining ifodasidir. Faqat Masih Xudoni biladi. Hech qanday payg'ambar Yaratguvchini bilolmagan lekin O'g'il bilgan, chunki Iso Undandir, va O'zida Muqaddas Ruhining to'liqligini olib yuradi. Hech kim Xudo tanasining barcha to'liqligi Unda yashagan Isodan boshqa Xudoni bilolmaydi.

Bu ikta sir bo'lgan Ota va O'g'ilning bilimini insonning onggi orqali bilib bo'lmaydi yoki sezib bo'lmaydi, agarda Muqaddas Ruh uning tushunchasini ochib bermasa. Tabiatdan tug'ilgan inson o'z kuchi bilan ishonishga qodir emas. Unga ruhlanish inoyati kerak. Va aziz birodarim, siz ham o'zingizning ishlaringiz va ibodatlaringiz orqali Xudoni bilolmaysiz. Xudoning O'zi sizga keladi, sizni chaqiradi, siga yordam beradi va sizni O'ziniki qiladi. Isoning taklifiga javob berish ruhiy ko'zlaringizni ochadi.

Barhayot xishxabarning buyuk sirlari ko'plardan yashiringan o'rganishda va dunyoviy holatlarda tanilgan “dono va bilimdonlar” dan yashiringan. Eng buyuk olimlar va eng buyuk boshliqlarning ba'zilari xushxabar sirlariga eng buyuk begonalar bo'lishgan. “Bu dunyo donoligi bilan Xudoni bilmagan” (1 Korinfliklarga 1:21). Yo'q, “bilim deyilgan puch fikr” orqali bu xushxabarga qarshilik bor (1 Timo'tiy 6:20). Dunyoviy narsalarda mutahasis bo'lganlar ruhiy narsalarda mutahasis emaslar.

Insonlar olib keladigan qudratning tajribasining istagi uchun, ular tabiat sirlariga va davlat sirlariga chuqur kirishlari mumkin, lekin osmon shohligining sirlari haqida hato qiladilar.

Ehtiyotkorlar va chaqaloqlar o'rtasidagi farq Xudoning O'zi yaratishidir. Bu dono va oqillardan bu narsalarni yashirgan Udir. Xudo ularga qobilyatlar beradi va insoniy tushunchani beradi; lekin ular mag'rur edilar, va bu in'omlarda qolganlar, va Beruvchiga qaramaganlar. Shuning uchun Xudo odillik bilan tavba va vahiy Ruhini ulardan olib qo'yadi. Hatto ular xushxabarni eshitsalar ham, ularga bu g'alati eshitiladi. Xudo ularning nodonligi va hatosining Mu'allifi emas, lekin U ularni o'zlariga qoldiradi, va ularning gunohlari ularning jazolari bo'ladi va Rabbiy binda solihligicha qoladi. Agar ular donoliklari va aqillari bilan Xudoni ulug'laganlarida, U ularga xushxabarining mazmun mohiyatini bergan bo'lar edi. Chunki ular o'zlarining hirslariga xizmat qildilar va Xudo ularning yuraklarini bu tushunchadan yashirdi.

Biz Masih istaganiga Xudoning otalik sirini ochib berishini o'qiymiz. U barcha insonlar qutqarilib qolishini istaydi lekin hamma insonlar na Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhni qabul qilishni xohlaydi va na Xudoning inoyati orqali poklanishni istaydi. Masih agar insonlar yuraklarini Unga ochmasalar ular uchun tayyorlab qo'ygan narsalarini berolmaydi.

IBODAT: Samoviy Ota, biz Seni ulug'laymiz, chunki Masih yer-yuzida bo'lganida Sen O'zingni tavbaga muhtoj bo'lmagandek o'zlarini tutganlarga emas, balki zarar keltirmaydigan va chaqaloqlarga Masihda ochib berding. Sen bizlarni chaqirib, ko'zlarimizni va yuraklarimizni ochib, Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning haqiqat bilimini berganing uchun Senga rahmat aytamiz. Iltimos uymizdagilar va maktabimizdagilar yovuzlikka to'lib ko'rligicha va qotib qolganicha qolmasligi uchun ularning yuraklarin ochgin.

SAVOL:

  1. Masih Xudoni tubdan Xudo Masihni bilgani kabi qanday qilib biladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:14 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)