Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 115 (Jesus Rebukes the Unbelieving)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

b) Iso Ishonmaydigan Shaharlarni Koyishi (Matto 11:20-24)


MATTO 11:20-24
20 Shu vaqt Iso mo'jizalarining aksari namoyon bo'lgan shaharlarga, tavba-tazzarru qilmaganliklari uchun ta'na qila boshladi: 21 “Sening holingga voy, ey Horazin! Sening holingga voy, ey Baytsayda! Chunki sizlarda sodir bo'lgan mo'jizalar Tir va Sido'n shahrlarida ro'y berganda edi, ular allaqachon julga o'ranib, kulga surkanib, tavba-tazzarru qilgan bo'lardilar. 22 Biroq sizlarga aytib qo'yay: Qiyomat kunida sizdan ko'ra Tir va Siddo'nning holi yengilroq bo'ladi. 23 Yo sen, ey ko'kkacha yuksaluvchi Kafarnahum! Sen tamug'gacha tushib ketursan. Chunki senda sodir bo'lgan mo'jizalar Sado'm yerida sodir bo'lganida edi, u yer shu kungacha saqlanib qolgan bo'lar edi. 24 Biroq sizlarga aytib qo'yay: Qiyomat kunida sendan ko'ra Sado'm yerining ahvoli yengilroq bo'ladi”.
(Yunus 3:6, Ishayo 14:13, 15; Luqo 10:13-15)

Jamiyat yaxshi va yomon odamlarga bo'linishi mumkin; gunohkor va solihlarga. Hurmatning oliy darajasiga erishadigan va buni tutadigan kishi yoki boshqarishning muhimligini tutadigan kishi o'zini kambag'al va oddiy odamlardan yuqori hisoblaydi. Biroq, hammani sevadigan Masihda har hil sifat bor.

Iso shaharlarni koyishida, bizga bizning sifatlarimiz qoida bo'yicha nato'g'riligini o'rgatadi. Tir va Sidon misol uchun butparastlikning ikta muhim markazlaridir. Ularning olimlari toshdan qilingan butlaridan mag'rurlanganlar, ularga sig'inganlar, chunki ular tirik Xudoni bilmaganlar. Bu nodonlik va butparastlikdan qat'iy nazar, Masih bu ikki shahar xalqining jazosi Uni ko'rib, Uning so'zlarini tinglagan, lekin Uni qabul qilmasdan Unga ishonmagan shaharlarnikidan kamroq bo'lishini aytgan. Masihni rad etish dunyodagi eng buyuk gunohdir, chunki bu Xudoning sevgisini, inoyatini, najodini va kechirimini, oxirida samoviy Otaning O'zini rad etishga boshlaydigan rad etishni anglatadi.

Shubhasiz hamma odamlar buzuq va yo'q bo'lishga loyiqdir, lekin Masihning qoni bizni barcha gunohdan tozalaydi va Muqaddas Ruh yovuzlikdan aziz bo'lishga o'zgartiradi. Masihdagi Xudoning inoyatiga e'tibor bermaydigan kishining holiga voy, chunki do'zax Qudratlining O'g'lini rad etadiganlarga tushlarini ko'rsatgan.

Masih davridagi eng buyuk gunoh mo'jizalarining ko'pini ochib bergan Masihning shahri bo'lgan Kafarnahum tomonidan berilgan. Odamlarining ko'plari ularning oralarida bo'lgan Xudo O'g'liga ishonishmagan. Ular Uning sevgisini ko'rib, qudratli so'zlarini eshitishsa ham Unga ishonishmagan. Ular gunohlari ustidan aza tutishmagan, Masih bu shaharning xalqining toshbag'irligini ochib bergan va ularni nopokliklari uchun Xudoning g'azabining olovi bilan yo'q bo'lgan Sadomliklardan ko'ra nopokroq deb atagan. Barhayot Hukmdorning O'zi Kafarnahum xalqiga jazolari haqida xabar bergan va hammaga ishonmaslik buyuk gunoh va bachchabozlik ekanini aniqlab bergan.

Buyuk ta'limot Yahyo Cho'mdiruvchi tomonidan voizlik qilingan, Masih va havoriylar tavba qilgan edi. E'lon qilish va yig'lashdagi Tavbaning maqsadi odamlarni onglarini va yo'llarini o'zgartirishga va gunohlarini qoldirib, Xudoga qaytishlariga boshlash edi. Ular shunday qilish bilan abadiy hukmga keltirilmasdilar.

Masih shaharlarni tavbaga boshlash uchun ularni ko'plab gunohlari uchun koyidi, lekin ular tavba qilishmaganda, Iso shifo topishdan bosh tortganlari uchun ularni koyidi.

Oralaridagi imonlilarning guvohliklari, kitoblar yoki eshittirishlar orqali Xudoning Kalomini eshitib, Masihni qabul qilmasalar shahar va xalqimizning holiga voy. Ular tasavvur qilganidan ko'ra hukm ularga yaqinroqdir, va barhayot Hukmdor Masih ularni ogohlantiryapdi. Tavba qilish uchun Masihning chaqiruviga bo'ysundingizmi? Siz ruhiy burchlaringizdan habardormisiz?

IBODAT: Muqaddas Ota, biz Senga sajda qilamiz va nato'g'ri harakatlarimiz uchun ko'z yoshlar bilan tavba qilamiz. Biz kichik va kuchsiz imonimiz uchun kechirimingni so'raymiz. Nodonligimizdan bizni ozod qil va biz najoding bilan O'g'lingni qabul qilishimiz uchun, Muqaddas Ruhingga to'lishimiz uchun va hamma tavba qilishi uchun keladigan hukm haqida ochiq dalolat keltirishimiz uchun maqsadlarimizni poklagin.

SAVOL:

  1. Nima uchun Masih Unga bo'lgan ishonchsizlikni Sadom va G'amo'raning gunohidan ko'ra yomonroq deb hisoblaydi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:13 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)