Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 113 (Answer to the Baptist’s Disciples)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

a) Isoning Yahyoning Shogirdlariga bo'lgan Javobi (Matto 11:2-19)


MATTO 11:7-15
7 Yahyoning shogirdlari jo'nayotgan paytida, Iso xaloyiqqa Yahyo haqida gapira boshladi: “Nima ko'rgani sahroga bordingizlar? Shamolda hilpirab turgan qamishnimi? 8 Axir, nima ko'rgani chiqdingizlar? Nafis kiyim kiygan odamnimi? Nafis kiyinganlar podshoh saroylarida bo'ladi-ku! 9 Axir, nima ko'rgani chiqdingizlar? Payg'ambarnimi? Ha, sizga aytamanki, payg'ambardan ham ulug' bo'lganni ko'rdingizlar. 10 Bu kishi Tavrotda yozilganning xuddi o'zi: 'Men Sendan avval elchimni yuborarman. U Sening oldingda yo'l hozirlab yurar”. 11 Sizlarga chinini aytayin: ayol zotidan tug'ilganlar orasida Yahyo payg'ambardan buyugi chiqqan emas. Shunga qaramay, Osmon Shohligida eng kichik hisoblangan ham undan kattadir. 12 Yahyo payg'ambar maydonga kelgan kunlardan to hozirgacha Osmon Shohligiga tajavvuz qilib kelmoqdalar; tojavvuzkorlar dastasi uni bosib olishga zo'r bermoqda. 13 Ma'lumki, Yahyogacha o'tgan barcha payg'ambarlar va shuningdek, Tavrot bitiklari bo'lg'usi hodisalar haqida oldindan darak berib kelgan. 14 Endi qabul qilishni istasangizlar, qaytib kelishi muqarrar bo'lgan Ilyos payg'ambar xuddi Yahyoning o'zidir. 15 Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin.
(Luqo 1:76; 7:24-35, Malaki 4:5)

Rabbimiz Iso Yahyoni faqat uning hurmatini jonlantirish uchun emas, balki uning ishini ham jonlantirish uchun uni ko'tarib ulug'layotgani bizda bor. Masihning shogirdlarining ba'zilari Isoga yuborilgan Yahyoning savolidan U haqida kuchsiz va qat'iyatsizlik va o'zgarishdek o'ylash uchun imkoniyatdan foydalanishgandir. Shunday o'ylashni to'xtatish uchun Masih unga bu hislatni beradi.

Masih suvga cho'mdiruvchi Yahyoga bo'lgan to'liq ishonchini ifodalab bergan. Yahyo Isoning yo'lini payg'omlarga ko'ra sodiqlik bilan tayyorlagan, Xudoga hayotini bag'ishlagan va o'zi uchun hech qanday foyda to'plamagan. Masih olomon oldida porlayotgan guvohlik bilan unga bo'lgan ishonchini e'lon qilgan. U ayollardan tug'ilganlar orasida Yahyodan ko'ra buyukrog'i chiqmaganini aytgan! Na Napalyon, na Qaysar, na Aristotl, na Plato, na Budha, va na insonlardan eng buyugi bo'lgan boshqa payg'ambar ham; bu faqat Yahyodir. Biz bu ilohiy bayonni tushunib ishonishimiz kerak.

Yahyo nima uchun insonlarning eng buyugi bo'ldi? Chunki Xudo unga Masih Xudoning Qo'zisiligini va tavba qilganlarga Muqaddas Ruhni beruvchi ekanini aytgan edi. Yahyo Eski Ahdning eng oxirgi payg'ambari bo'lgan. Biroq u Masihga xizmat qilgan, bo'ysungan, o'zini bag'ishlagan, o'zini Masihning oyoq kiyimining ipini yechishga ham munosib ko'rmagan va olomonni Masih kabi Isoga boshlagan. Yahyo Muqaddas Ruh kabutar kabi Isoning ustiga tushyotganini ko'rgan va Xudoning shunday deb aytgan gapini o'z quloqlari bilan eshitgan, “Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman.” Shuning uchun Yahyo Muso va hamma boshqa payg'ambarlardan yuqori bo'lgan, Muqaddas Uch Birlikning Birligi uchun birinchi guvoh va shahid bo'lgan.

Masih Yahyodan ko'ra yaxshiroq va oliyroq odamlar borligini aytadi. Ular Muqaddas Ruhdan tug'ilgan Xudo shohligining a'zolaridir. Xudo ularning Otalari va ular Uning bolalaridir. Ular Xudo bilan yarashishning javobgarligini va xizmatini qo'ygan, Uning elchilari bo'lish uchun tanlangan va inoyat orqali Masih oqlaganlardir. Ulardan eng kichigi Eski Ahdda eslatib o'tilgan eng buyuk kishidan ko'ra buyukroqdir.

Biroq, bu so'zni eshitganlar qilgan ishlari uchun va maqsadlari uchun hisobot berishga chaqiriladilar. Biz va'z qilinganda, g'amho'rlik tugaydi deb o'ylaymiz. Yo'q, endi eng buyuk javobgarlik boshlanadi. Ulardan so'raladi, “Shunday vaqtda va shunday joyda sizda qanday ish bor edi?” U yerdan nima oldingiz? U urf-odat yoki ish bo'lganmi? Bu Xudoni ulug'lash uchun va marhamatni qabul qilish uchun istak bo'lganmi? Bu xabardan siz nimaga erishtingiz? Bu qanday bilim, inoyat va dalda bo'lgan? Siz nimani ko'rish uchun va bajarish uchun borgansiz?”

Siz Xudoning bolasi bo'lganmisiz? Agar siz xohlasangiz yuragingizda bu so'zlarni qaytaring: “Men yalqov ishchiman. Mening hislatim gunoh va ayib bilan g'uborlangan. Lekin Xudoga hamdu-sano bo'lsinki, Masihning qoni meni tozaladi, va Muqaddas Ruhi meni pokladi va menda sevgisining olovi alangalandi. Men aminmanki, Xudo mening samoviy Otamdir. Men U bilan har kuni gaplashaman va Uning mehirli so'zlarini eshitaman. Men shohligining faol a'zosi bo'ldim va men Uning kuchi bilan Unda himoyalanib qolaman. Menga bo'lgan o'lim barhayot Otam bilan abadiy hayotga boshlaydigan ochiq eshikdir.

Agar siz bu imonni Muqaddas Ruhning aniqligi bilan tan olsangiz, siz Xudoning shohligiga kirasiz va o'zingiz uchun inoyat va payg'omning huquqini olasiz, chunki Masihga ishonadigan kishi hunik gunohidan qat'iy nazar qutqariladi, Iso aytgandek, “Imoning seni qutqardi.”

Masihning va'dalari buyuk va oddiy g'amho'rlik haqidadir va “eshitish uchun qulog'i bor har bir odam” buni eshitishni o'rganish kerak. Bu Xudo endi bizadan talab qilmasligini balki haq foyda va bizga bergan qobilyatlarning o'sishini ko'rsatadi. Xudo qulog'i borlardan eshitishni va sababli qobilyati borlardan sababni talab qiladi. Odamlar nodondir, ular kuchni xohlaganlari uchun emas, balki ular o'zlarining irodalariga ergashishni istaganlari uchun nodondirlar. Ular eshitmaydilar chunki ruhiy kar odamlar quloqlarini berkitib olganlar.

IBODAT: Ey sevikli Xudo, Sen bizning haqiqiy Otamizsan, va Masih qudratli Rabbimizdir. Biz Senga sajda qilamiz. Quvonamiz chunki Sen hatto biz yalqov gunohkor bo'lgan bo'lsak ham Isoning qoni bilan bizni qutqarding. Sen bizlarni gunohimizning hokimligidan va o'limning qo'rquvidan ozod qilding. Sen bizga abadiy hayot berding, va hamma gunohkorlar Senga ishonib, to'liq najodga erishishlari uchun, Sen bilan yarashishlari uchun ularni taklif qilish uchun, sevgi xizmating bilan bizga ruhsat berding.

SAVOL:

  1. Nima uchun Eski Ahdning eng buyuk va oxirgi payg'ambari Yahyodan ko'ra Xudo shohligida eng kichigi bo'lgan buyukroq hisoblaniladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 04, 2023, at 11:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)