Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 109 (Aim of Preaching)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

e) Voizlikning Ulug' Maqsadi (Matto 10:40 - 11:1)


MATTO 10:40
40 Sizni qabul qilgan Meni qabul qiladi. Meni qabul qilgan esa Meni Yuborganni qabul qilgan bo'ladi.
(Luqo 9:48; Yuhanno 13:20; Galatiyaliklarga 4:14)

Masih guvohlarini jo'natish orqali nima sodir bo'lishini xohlaydi? Uning maqsadi faqat ilohiy haqiqatni bilish emas yoki shaxsiy najodni qabul qilish emas yoki faqat ikkinchi tug'ilshni boshdan kechrish emas. Iso shogirdlarining voizligining maqsadi bundan yuqoriroqdir. Bu bizning Masihning O'zi bilan bo'lgan birligimizdir. Imonimiz faqat o'ylashga, hisga, bilimga va yechimga asoslanmagan. Bu ruhiy birlikni va suyikli Najodkorimiz bilan abadiy birlikni anglatadi. Biz faqat Uning o'limi va tirilishini qo'lga kiritish uchun tayyorlanmaymiz, balki to'g'ridan-to'g'ri Unga erishib, tokdagi novda kabi Unda qolish uchun tayyorlanamiz.

Iso shogirdlariga ularning xizmatlarini Uning O'zi gapiruvchi va yumushchi kabi hisoblaganini tasdiqladi. Rabbiy xizmatkorlari bilan birlashadi, Pavlus tan olgandek; “Shunday qilib, biz Masih uchun elchilik qilyapmiz, Xudo biz orqali insonlarga murojaat etyapti” (2 Korinifliklarga 5:20). Muqaddas Xudoning O'zi xizmatchilari orqali gapiradi va Masihning shogirdlari faqat Uning so'zini bu dunyoga yetkazmaydi, balki Uning O'zini yetkazadi chunki U ularda zoxirdir.

Masih Ota Xudo va bizning o'rtamizdagi muqaddas rishtadir. Uning xizmatkorlarini qabul qiladigan kishi Najodkorning O'zini qabul qiladi, va Masihni qabul qilgan kishi, samoviy Otani qabul qilgan bo'ladi. Iso O'zini xabarchi deb nomladi, chunki Muqaddas Otasi Uni yuborgan. Iso tanadan yaralgan Xudoning yagona Kalomidir. Uni qabul qiladigan kishi yuragida Xudoning yashashini ko'radi. Xudoning ruhi ongingizni to'ldiradimi? Qudratli Xudo haqiqatdan ham sizda yashaydimi?

Masihning izdoshlari Xudoning ma'badi va uy-joyidir, va Uning azizlari Masihning ruhiy tanasidir. Muqaddas Uch Birlikning birligiga yaqinlashishingizga ishoning. Havfsizlikni his qiling chunki siz yolg'iz haqiqiy najodni bu buzuq dunyoga taqdim etish uchun ketmayapsiz. Masih siz bilandir va hatto asrning oxirigacha har doim U sizda yashaydi. Guvohligingizni eshitadigan va sizni Yuborganga ishonadigan kishi yuragiga va ongiga shaxsan Xudoning O'g'lini qabul qiladi.

IBODAT: Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, biz birligingda Seni ulug'laymiz, chunki Sen bizga yaqin kelib, O'g'lingning qimmatbaho qoni bilan bizni tozalaganingdan keyin bizda yashaysan. Biz sevgida yurishimiz uchun va odillikda, ibodatda va guvohlikda Senga xizmat qilishimiz uchun Ruhingning huzirini kuchsizligimizda bizga berding. Biz Seni ulug'laymiz chunki biz bilan bo'lgan birliging abadiy hayotni bergan tanaviy mavjudot bo'lgan gunohkorlarni oqladi.

SAVOL:

  1. Xudo va Masihga ishonganlar o'rtasidagi birlik qanday qilib bajo bo'ldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)