Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 104 (Encouragement)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

c) Qiyinchilikdagi Jasoratlik (Matto 10:26-33)


MATTO 10:28
28 Tanni o'ldirib, jonni esa o'ldira olmaydiganlardan qo'rqmanglar. Yaxshisi, jonni ham tanni ham jahannamda halok etishga qodir bo'lgan Xudodan qo'rqinglar.
(Ibroniylarga 10:31; Yoqub 4:12)

Bu so'zlarni aytish osson, lekin amalda qilish qiyin. Sinovlar, qamchilar, zindonlar, qilichlar va olovlarga duch kelganda, eng kuchli yurak ham titraydi va qochishga harakat qiladi, asosan imkon bo'lganda ular murosaga kelish orqali chekinishlari mumkin.

Iso shogirdlarini voizlik qilish uchun yuboryotganida gapida uch marta “qo'rqmanglar” degan iborani eslatgan. Bu buyrug' ilohiy buyrug'dir, biz insonlardan, o'limdan va Shaytondan qo'rqmasligimiz kerak, hatto bizga shaxzodalardan, ota-onalardan, yovuz ruhlardan yoki boshqa daxshatlardan qo'rquv kelganida ham qo'rqmasligimiz kerak.

Inson nimadan qo'rqadi? U azobdan qo'rqadimi? Bu faqat o'limga kirishdir. O'lim qo'rqishga munosibmi? Yo'q! Agar Masih bizga hayotini bersa, biz o'lmaymiz balki abadiy yashaymiz! Biz o'lim pardasi yonidagi hayotdan qo'rqamizmi? Yo'q! Chunki Masihning qoni hamma nopok harakatlardan vijdonlarimizni yuvgan, va Muqaddas Ruh bizni yupatadi. Biz Xudodan qo'rqamizmi? Yo'q! Chunki U bizning Otamizdir. Haqiqiy Masihiydan tashqari butun jonzod Uning odil hukmi tufayli qo'rqib titraydi. U bizni suyukli bolalari qilgan, agar Uning samimiy Ruhi bizning yuraklarimizda haqiqatdan yashasa.

Masih shogirdlarini bu qo'rqinchli vasvasalarga qarshi kuchlantirgan. U bizga bu qo'rquvga qarshi dushmanlarning chegaralangan kuchidan olingan yaxshi sababni beradi. Ular faqat tanani o'ldira oladi halos, agar Xudo ularga ruhsat bersa, lekin uzoq emas, buni faqat ularning g'azabi qila oladi. Ularga o'ldirish uchun yoki qalblarga zarar yetkazish uchun huquq berilmagan, chunki qalb insonning ichidadir. Qalblar ba'zi tushdek o'limda uyquga ketmaydi yoki fikr va tuyg'udan to'xtab qolmaydi; bo'lmasa, tanani o'ldirish qalbni ham o'ldirish bo'lar edi. Qalb Xudodan va Uning sevgisidan ajraganda qiynaladi. Bu ularning kuchidan kelib chiqishidir. Qiyinchilik, umidsizlik va quvg'inlar bizni bu dunyodagi hamma narsadan ajratadi, lekin biz va Xudo o'rtasidan ajratolmaydi, va Xudoni sevmaslikka yoki U orqali sevilmasligimizga sabab bo'lolmaydi. Agar biz boyligimizdan ko'ra qalblarimiz haqida g'amho'rlik qilingan bo'lsak, biz bizni bulardan kuchlari o'g'irlay olmaydigan insonlardan qo'rqmasligimiz kerak. Ular faqat o'zidan tezda o'ladigan tanani o'ldirishlari mumkin, lekin bulardan qat'iy nazar Xudoning olamida qolib hursand bo'ladigan qalbni o'ldira olmaydilar. Ular faqat xonani buzib tashlashlari mumkin, lekin qimmatbaho marvarid tegilmasdan qoladi.

Endi biz Xudodan qo'rqishimiz kerakligini Iso qanday qilib aytgan? Va faqat U bizni do'zaxga tashlaydimi? Agar biz samoviy Otamizning sevgisidan va qadr-qimmatidan ko'ra hayotimizning havfsizligini muhimroq deb hisoblasak va Masihga bo'lgan imonimizdan qulasak, Masih bizga Xudodan qo'rqishning jiddiy amrini e'lon qilgan. Shunda Otamiz Hukmdorimizga aylanadi, chunki biz insonlardan qo'rqib Uning najodiga oyoq qo'ydik. Biz Uning oldida turamiz va har bir aytgan so'zimiz uchun, har bir ketkazgan tiyinimiz uchun va bizdagi har bir maqsad uchun hisobod beramiz. Muqaddas Xudo oldida hamma gunohlarini allaqachon tan olgan kishi bahtlidir. Bu Iso Masihning qoni uchun emasmidi, biz qo'rquv va umidsizlik orqali chulg'anganmiz, biroq Iso bizni biz abadiy tinchlikda doim yashashimiz uchun keladigan g'azabdan saqlaydi.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, Sening Muqaddas Ruhing bizga sevgida hech qanday qo'rquv yo'qligini e'lon qilgan, chunki komil sevgi qo'rquvni quvib chiqaradi. Agar biz qo'rqqan bo'lsak va Sendan qo'rqishdan ko'ra o'limdan qo'rqqan bo'lsak, Senga bo'lgan kam sevgimiz uchun bizlarni kechir. Sen bizni sevganing kabi Seni sevishimiz uchun va Sen dushmanlarni sevganing kabi biz ham dushmanlarimizni sevishimiz uchun ular uchun hayotingni qurbon qilganing kabi hayotimizni qurbon qilishimiz uchun sevging bilan bizlarni to'ldir. Biz so'zda, yurish-turishda, ibodatda va bizni Muqaddas Ruhing boshqaradiganlarga bo'lgan fikrda Senga dalolat berishimiz uchun sevgida bizlarni kuchli qilgin. Biz Sening buyrug'laringni eshitib, so'zlaringga itoat qilishimiz uchun yuraklarimizning quloqlarini ochib yuborgin.

SAVOL:

  1. Biz guvohligimiz bilan bizdagi insonlardan bo'lgan qo'rquvni qanday qilib yengolamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:02 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)