Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 102 (Risks of Preaching)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

b) Voizlikning Havf-hatarlari (Matto 10:16-25)


MATTO 10:24-25
24 Shogird o'zining uztozidan yuqori bo'lmas, xizmatkor o'zining ho'jayinidan yuqori bo'lmas. 25 Shogirdga o'zining uztoziday, xizmatkorga o'zining ho'jayiniday bo'lsa kifoya. Agar uy egasiga iblis deb nom qo'yishgan bo'lsa, unda uy ahlini yana nimalar deyishmaydi!”
(Matto 12:24; Luqo 6:40; Yuhanno 13:16; 15:20)

Masihga ergashish Uning sevgisida, hursandchiligida va kamtarligida Unga ergashishni va Uning kuchida xizmat qilishni anglatadi. Bu azoblarda, o'limda va tirilishda Unga yopishib olishni ham anglatadi. U bizni O'zidan keyin boshlaydi va hech qachon bizni ulug'vorligiga kirgunimizcha tark etmaydi. Masih oldin harakat qilmagan jabrni va og'ir bo'yinturug'ni bizga qo'ymaydi. Insonlar Undan nafratlanishgan va qarindoshlari Undan bosh tortishgan. Ular Isodan dushmanlarning tuzog'iga tushishini so'rashgan. U diniy kengash oldida turib qamchilangan. Ular Isoning yuziga tupirishgan va Shoh Hirod Uni masxara qilgan. Keyin Rim hukmdor tomonidan qamchilanib, keyin xochga mixlanishga hukm etilgan. Rim hukmdori Iso hatto uch karra beayib ekanini isbotlagan bo'lsa ham Uni xochga mixladi. Uning dushmanlari o'lim nuqtasida ayyorlik bilan Uni vasvasaga soldilar. Bu hammasi Xudo Isodan yuzini yashirgandan keyin Unga ko'rindi. Biroq, Iso ishonchida sodiqligicha, sevgisida kuchli bo'lib va umidida qat'iy bo'lib qoldi. Iso bizning o'rnimizga gunoh uchun Xudoning hukmini tanasining azoblarida oldi, va iblisda Unga bo'lgan hech qanday kuch yoki huquq yo'q edi.

Biz Iso yuz tutgan narsaga yuz tutmaymiz, chunki biz dunyoning gunohini olmaymiz, va Xudoning g'azabi bizga emas, balki bizni qiynash uchun yaxshilikni yashiradigan va mehribon Najodkorimizdan bizni uzoqlashtirishga harakat qiladigan dushmanlarimiz ustiga tushadi. Biz kuchsizmiz, lekin Iso bizning qo'llarimizni olib, bizga yordam beradi. Biz o'z kuchimiz ustiga kelajagimizni qurmaymiz, balki Isoning sadoqatiga va Uning qimmatbaho qonining kuchiga kelajagimizni quramiz.

Voizlik qilishning poydevorli muhimliklaridan biri bu takabburligimiz va tushunchamiz uchun o'lishdir, chunki itoatsizning o'g'illlari sizga qarshi yovuzlikning har turini aytishadi va siz tufayli Xudoga kufrlik qilishadi. Yahudiylar Isoni do'zax kumdori deb atashgan. Ular hatto Isoning mo'jizalari pok bo'lib va ochko'zlikdan yiroqda bo'lgan bo'lsa ham Uning kuchidan bosh tortishgan. Ular pashsha kabi ko'p bo'lgan iblisning guruhini boshqarish haqida Uni ayiblaganlar, chunki “Beelzebul” ism Aramatic tilida “pashshalarning xudosi” ni anglatadi. Biroq, Iso dushmanlarini rad etmasdan, balki Otasini va Muqaddas Ruhning qudratini himoya qilgan, chunki U O'zini va ulug'ligini oxirigacha hech qanday nomdan yaratmagan.

IBODAT: Ey rRbbiy Iso, Senga rahmat aytaman chunki Sen ko'pgina haqoratlarni, tanbehlarni, ayib va yolg'onlarni ko'tarding. Ular Senga hamma yovuz so'zlarni quyishdi. Lekin Sen sevgida va mehribonchilikda davom etib, haqiqat va donolik bilan gapirding. Sen ular bilan birga harakat qilmasdan, balki xochning o'limi tomon maqsadingni bajarish uchun safaringni davom ettirding. Senga ergashish uchun bizga imkoniyat berganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz sevgida davom etib, hamma yovuz so'zlarga chidash uchun bizga kuch berishingni Sendan so'raymiz. Biz haqiqatni donolik bilan e'lon qilishimiz uchun bizga yordam ber, hatto bu bizni o'limga yetaklasa ham. Biz Seni ulug'lashimiz uchun bizning oldimizda tur, chunki biz yordamingsiz davom etolmaymiz. Omin.

SAVOL:

  1. “Shogird o'z ustozidan yuqori emas” degan Isoning so'zi nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)