Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 099 (Fundamental Principles of Preaching)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

a) Voizlik qilishning Asosiy Qoidalari (Matto 10:5-15)


MATTO 10:11-13
11 Qaysi shahar yoki qishloqqa kirsangiz, u yerda o'zingizga munosiblarnigina yo'qlab boring va jo'naguningizcha o'sha yerda qolinglar. 12 Uyga kirayotganingizda uy ahliga salom beringlar. 13 Agar u uy ahli niyyatingizga munosib bo'lsa, ularning boshi salomat bo'ladi. Agarda munosib bo'lmasa, salomingiz sizga qaytib keladi.

Masih har vaqt Otasining Ruhining boshqaruviga xizmatida ergashgan. U birorta shahar yoki tumanga borishdan oldin, U o'zlari eng yaxshiman demaydiganlarni bilib, ular bilan qolishga loyiq bo'lgan bu shahardagi bu odamlarni ko'rsatishi uchun ibodat qilgan. Bular yuraklaridan chiqadigan yovuzlikni bilganlardir va o'zlarining buzuq tabiatlari uchun og'riqni his qilganlardir. Shuning uchun, ular Xudoning shohligiga va Uning elchilarini qabul qilishga loyiq bo'ldilar. Xizmatingizning boshida sizni o'z solihligi bilan qoniqadiganlar uchun yoki mag'rur boylar uchun sizni tavbaga olmasligini Xudodan so'rang. Xudoning inoyatini bilishga oshiqqan kishi tinchlik xushxabarini qabul qiladigan kishidir. Kambag'al o'zining nonini siz bilan bo'lishadi, lekin boylar, huquqshunostlar, kuchlilar va mag'rurlar sizga muhtojmasmiz deb o'ylashadi. Bir inson umidsizlikka va g'am-qayg'uga tushganda, u kishi najodni qabul qilish uchun tayyor bo'ladi, chunki Rabbingiz uning yuragiga tinchligini ekishingiz uchun yuragini tayyorlagan.

“Bunda kim loyiqligini so'rang,” Xudodan kim qo'rqishligini va nurning ba'zi yuksalishini yaratganini va Isoning bilimini kim yaratganini so'rang. Eng yaxshisi bir xushxabarni taqdimining mehriga sazavor bo'lishdan uzoqdadir, lekin ba'zilar havoriylarga va ularning maqbul javobi bo'lgan xabarlarini berish uchun boshqalardan ko'ra shunga o'xshagan bo'ladilar va bu marvaridlarni oyoq-osti qilishmagan.

Rabbiy bizga solihlikka chanqoq bo'lganlarni izlashga va boshida vaqtni zoya ketkazish uchun va ahmoq munozaralar qilishga bizni taklif atadiganlar oldiga bormaslik uchun yordam beradi. Masih bizga Xudoning Ruhi bilan allaqachon boshqarilganlarga diqqatni qaratishga maslahat beradi. Masih shogirdlariga boylar emas, balki arziydiganlar, eng yaxshi hurmatli kishi emas balki eng yaxshi kishini so'rashliklari kerakligini buyurgan.

Shunday birodar bilan, biz atrofimizdagilarnikiga borishimiz mumkin. Biz bilan sherigimiz bo'lishi yaxshiroqdir, chunki u kishi odamlarni biladi va bizdan ko'ra o'zining hududidagi holatlarni yaxshiroq biladi.

Masihdan kuchi orqali imonga ko'plarni olib kelish uchun shahringizning har bir hududida voizlik qilish uchun xonadonni ochishini so'rang. Sizning uyingiz faol xizmat uchun va atrofingizdagilarga tinchlik bulog'i bo'lish uchun markaz bo'lganmi?

Mamlakatdagi oddiy javob “Sizga tinchlik bo'lsin!” edi. Bunga o'rganib qolganlaridek, bu ibora xishxabarga ham aylanib ketgan. Shu yerda bu Otaning va O'g'lining tinchligini anglatgan va ular salomlashgan har bir kishiga bergan osmon shohligining tinchligini anglatgan. Har bir kishiga bu marhamatni e'lon qilishda shubhasiz bo'lgan kishi Masih bizga bu xushxabar ibodati har bir kishi uchun mosdir, chunki bu Xushxabar hammaga taqdim etilgan deb aytishini eslashi kerak. Masih barcha insonlarning yuraklarini va hislatlarini biladi, va U kimda bu salomlashish haqiqiy inoyatda natijasini berishini biladi. Agar uy loyiq bo'lsa, bu sizning marhamatingizning hosilini o'rib oladi. Agar bunday bo'lmasa, hech qanday zarar yetmaydi, siz bundan foyda yo'qotmaysiz. Bu Dovudning minnatdor bo'lmagan dushmanlari uchun qilgan ibodatlari kabi, sizga qaytib keladi (Zabur 34:13)

Bu bizga barcha insonlarga xizmat qilish uchun, biz bilganlar uchun yurakdan ibodat qilish uchun va biz uchrashgan hamma bilan harakat qilishimiz uchun va keyin ular ustidan qanday ta'sir bo'lishi tayinlash uchun buni Xudo bilan qoldirish uchun bo'ladi. Xudoning Ruhiga javob beradigan kishi bu salomlashishdan foydalanadi va Undan marhamatni oladi, lekin Xudoning tinchligiga va shavqatiga yuragini tosh qiladigan kishi undan bosh tortish uchun hukmni oladi.

MATTO 10:13-15
13 Agar u uy ahli niyyatingizga munosib bo'lsa, ularning boshi salomat bo'ladi. Agarda munosib bo'lmasa salomingiz sizga qaytib keladi. 14 Agar kim sizni qabul qilmasa va so'zlaringizga quloq solmasa, u uydan yoki shahardan chiqib ketayotganingizda oyoqlaringizdan changni ham qoqib ketinglar. 15 Sizga chinini aytayin qiyomat kunida bunday shahardan ko'ra Sado'm va G'amo'ra yerining ahvoli yengilroq bo'ladi.
(Ibtido 19:1-29; Havoriylarga 13:51)

Isoning xushxabarini qabul qilishni istamaydigan odamlarning eshiklarini doyim taqillatmang, chunki Xudoning sevgisi hech kimni majbur qilmaydi. Uning kuchi tinchlik va haqiqatga chanqoq bo'lganlarning yuraklarida va majbur bo'lmasdan chin dildan bunga o'zlarini ochadigan kishilarda yashaydi. Bizning imonimiz hech qanday majburiy qurshovni yoki taslim bo'lishni bilmaydi, lekin ishonchni va javobgarlikni biladi.

Bir kishi, bir oila, bir shahar yoki bir xalq Masihni va Uning havoriylarini yuzaki yoki lapashanglik bilan rad etganda, siz ularniki bo'ladigan hukmni bo'lishmasligingiz uchun ulardan umuman ajraling. Masihning xushxabarini buning tinchligi bilan rad etgan kishi Xudoning O'zini rad etadi.

Xushxabardan bosh tortadiganlar bu uchun hisobot berishlari uchun chaqiriladigan hukm kuni kelyapdi, biroq ular hozir bu haqida hazillashyapdilar. O'zlarini qutqargan bu ta'limotni eshitmaydiganlar ularni harob qiladigan hukmni eshitishga majbur bo'ladilar. Ularning hukmlari bu kungacha olib qo'yilgan. Biroq siz ular uchun ibodat qilishda davom etasiz, hatto ular sizni va Rabbingizni rad etsalar ham.

Oxirgi kunda xushxabarni rad etganlarning hukmi Sadom va G'amo'radan ko'ra qattiqroq va og'irroq bo'ladi. Sadomga abadiy olovning qasosida azob tortishni aytilgan. Lekin bu qasos najoddan nafratlanadiganlar ustiga g'alati tarzda keladi. Sadom va G'amo'ra judayam yovuzlashgan edi va yovuzliklarining o'lchovi bilan to'lganligi ularning oldiga yuborilgan farishtalarni qabul qilmasdan, balki ulardan nafratlandilar va ularning so'zlariga diqqat qilmadilar. Biroq, Masihning xizmatkorlarini qabul qilmaydigan va ularning so'zlariga diqqar qaratmaydiganlardan ko'ra ular uchun chidamlilik ko'proq bo'ladi. Ularga qarshi bo'lgan Xudoning g'azabi ko'proq alangalanadi va o'zlariga bo'lgan fikrlari kesiladi. Bu so'zlar abadiy hayotdan ularni tuzgan odil taqdimi bo'lgan lekin olimni tanlagan bundaylarning quloqlarida qo'rqinchli bo'lib yangraydi. Xudo Isroil xalqiga O'zining xizmatkor payg'ambarlarini yuborganda, ularning gunohlari Sadomning gunohidan ko'ra bu hisobot ustida yovuzroqdek ko'rinadi. Xudo ularga so'zining Ruhi bo'lgan O'g'lini yuborgandan keyin, endi yana ko'payib bordi.

Itoatsizlarni tark etishdan oldin ogoh bo'ling. Siz tushunmovchilik orqali yoki o'zingizning qo'polligingiz yoki mulohazasizligingiz tufayli ularning ikkilanishi va itoatsizliklari uchun sabab bo'lib qolmasligingiz uchun o'zingizni tekshiring. Qaytib borib, birinchi o'zingizni tekshiring va boshqalarni hafa qilmaslik uchun tavba qiling. Va agar kerak bo'lsa qaytib borib, siz yo'qolgan qalb uchun sabab bo'lib qolmasligingiz uchun kechirimni so'rang.

Masih Hukm Kunining dalilini bu so'zlar orqali tasdiqladi va bu daxshatli kundan najodga bo'lgan bitta yo'ldek xushxabarini e'lon qildi. Xushxabar xalqini rad etadigan yoki ularga qarshi chiqadigan kishi Hukm Kunida o'ziga Xudoning g'azabini o'zi uchun tanlaydi.

IBODAT: Ey Muqaddas Ota, Sening O'g'ling bizlarni tinchlik o'rnatuvchilar bo'lishga chaqirdi. Iltimos dono bo'lish uchun bizlarni boshqar. Bizning fikrsiz hatti-harakatlarimiz uchun bizni kechir. Bizga ochiq do'st va birodarlar bergin va tirik suv bundan quruq cho'lga oqib chiqishi uchun shahrimizning har bir burchaklarida xushxabaring uchun markaz ochgin.

SAVOL:

  1. Xudoning tinchligini kim qabul qiladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 09:57 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)