Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 096 (Christ's Great Compassion)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)

1. Masihning Buyuk Muruvvati (Matto 9:35-38)


MATTO 9:35-38
35 Iso hamma shahar-qishloqlarni aylanadigan bo'ldi. Mahalliy ibodatxonalarda ta'lim berib, Xudoning Shohligi to'g'risidagi Xushxabarni e'lon qilar va odamlarning har hil dardu darmonsizliklarini davolar edi. 36 Xalq olomonini ko'rib, Iso ularga achindi; chunki cho'ponsiz qo'ylardek dovdiragan va holdan toygan edilar. 37 O'sha vaqtda Iso O'z shogirdlariga dedi: “Hosil mo'l, biroq yumushchilar oz. 38 O'z hosilingni yig'ib teradigan yumushchilar yubor, deb hosil Egasiga iltijo qilinglar”.
(Hizqiyo 34:5; Mark 6:34; Luqo 10:2)

Iso shogirdlari bilan ta'lim berib va voizlik qilib shahar va qishloqlarga ketdi. Iso yo'qolganlarni, solihlikka och bo'lganlarni va xatto sevgi shohligiga ustozlar orasidagi nodon va ikkiyuzlamachilarni to'plash uchun bu insonlarni qidirdi. Iso uylarga kirdi, ko'chalarda chaqirdi, ibodatxonalarda ta'lim berdi va xalqqa gapirdi. U odamlar orasida O'z xushxabarini yoyish uchun va yangi ahdining nurida Eski Ahdni tushuntirib berish uchun barcha imkoniyatlarni qo'ldan boy bermadi. Iso yovuz savollardan chekinmasdan Ruhining donoligi bilan ayyor savollarni yengib chiqdi. U najod xushxabarni bildirib, Otasining qudratli ishida yaqqol bo'lgan irodasini bildirib, osmon shohligiga har bir kishini chorladi. Iso O'zining ajoyib mo'jizalari bilan chaqiruvining haqiqatini isbotlab berdi, va hatto mag'rurlar ham yer-yuzida Masih bilan namoyon bo'lgan Xudoning hokimligini, Xudoning sevgisi va haqiqati ruhiy ko'rinishni qabul qilgan har bir kishi oldida mujassam ekanini tushunib yetishdi. Ko'plab odamlar yangi asrning boshlanishini his qilib Isoning atrofiga yig'ildilar.

Masih fikrida ko'p azoblandi, chunki U kasallikni va buning sababini, gunohkor hayotni, nodonlikni, iqtisodiy buzulishni va mustamlaka nohaqliklarni ko'rdi. Iso kuchsiz imondan, dunyoviy fikrlar bilan bo'lgan buning birligidan, mag'rurlikning aralashuvidan, jinga chalinishdan va hamma ustidan bo'lgan o'limning boshqaruvidan afsusda edi. Masih gunohkorlardan o'zini chetga olmadi, yoki ba'zi mag'rur shoirlar va falsafachilarga o'xshab g'alayonchilardan nafratlanmadi. Iso ularga ona bemor bolalariga qaragandek va ular uchun mehribonchilik bilan harakat qilgandek ularga qaradi. Bu U osmonni qoldirib, xochda o'lib va biz uchun shafoat qilishidir. Masihning mehri Uning yuragining mohiyatidir.

Xudo bizni hatto biz kambag'al bo'lsak ham va biz cho'ponimiz yo'qdek bo'rilar tomonidan qattiq hujum qilinyotgan tarqalgan podalarga o'xshab bu dunyoda yo'qolgan bo'lsak ham bizni sevadi. Lekin Masih sizni parvarish qiladigan, sizni noumidligingizda ko'radigan, siz bilan azob chekadigan va sizga yordam berishga shoshiladigan Yaxshi Cho'pondir. Iso shogirdlariga pishgan ekinzor hosil uchun tayyor turgandek xalqning holatini tushuntirib berdi. Bu iztirob solihlik uchun, tarbiya va bajarish uchun ko'plab qalblarda o'sgan ochlik xalq ustida shunchalik qattiq edi, va bu dunyo xushxabarni sepish uchun tayyor bo'lgan. Bizning kunlarimizda zo'ravonlik odamlarni titratadi, to'fonlar ularni siltaydi va besaranjomliklaridan ularni uyg'otadi. Tinchlik yo'qolgandek olomon gangirab qoladi. Iso shunday holatlarni ruhiy hosil uchun eng qulay imkoniyat deb ataydi. Biz haqiqatdan ham bu asrimizda chuqur zarbalarni va madanyatimizni og'darib va havsizligimizni natijasiga olib kelib, xalqimizni, o'ng va so'limizni supurib tashlayotgan ahloqiy masalalarni topamiz. Mana, yangi qoidalarni va hayotlari uchun asosiy mustahkamlikni izlaydigan odamlardek, ilohiy hosil uchun vaqt keldi.

Rabbiyning xizmatkorlari Xudoning hosilidagi yumushchilar bo'lishlari kerak. Xizmat bir ishdir va bunga e'tibor berilishi kerak. Bu kerakli ish bo'lgan, mavsumida bajarilishi uchun hamma narsani talab qiladigan va buni atroflicha tirishqoqlik bilan qilinadigan hosil ishidir.

Yiqilganlarni ko'tarishga, mag'rurlarni ruhiy azoblarini qanday qilib kamaytirishni o'rgatishga harakat qiladigan va keskin javobi bor bo'lgan Rabbiyning xizmatkorlari qayerda?

Masih sizni ibodat qilishga va doim kunlarimizda najodining xizmatiga xizmat qilishlari uchun ko'plab sodiq imonlilarni yuborishini so'rash uchun chaqiradi. Bu ibodat Masihning buyrug'iga asoslangan muqaddas burchdir. Masih birorta kishining qobilyati ustidan bo'lgan chegarasiz xizmat oldida shunchaki taslim bo'lmasdan, balki bizga hosilida to'plash uchun sodiq va qobilyatli ishchilarni jo'natishi uchun doim hosildorlikning Rabbiysiga ibodat qilishni buyurgan. Shuning uchun sizning shaharingizga ham Xudo xizmatkorlarini yuborishi uchun ibodatda qatnashing. Siz tarqalib ketgan odamlar uchun afsuslanasizmi va ular uchun Xudoning kechirimini istaysizmi? Siz Rabbiylarini tanimaydigan itoatsiz o'g'illar uchun afsus chekasizmi? Bugungi kunimizda Rabbiy ishchilarni jo'natishi uchun Unga ibodat qiling, chunki bugun hosil kunidir.

Ishchilarni jo'natish Xudoning ishidir. Masih bizdan xizmatkorlar yaratadi. Bu ish Uning tayinlashi, ishining malakasi va in'om etishining chaqiruvidandir. Ular o'zlashtirishmaydi yoki ularga yumushchilar kabi to'lanmaydi “Yuborilmasdan turib, Kalomni qanday targ'ib qiladilar?” (Rimliklarga 10:15)

Siz chaqirilganmisiz? Siz Uning chaqiruvini eshitishingiz uchun, U sizni xizmatga boshlashi uchun va siz muqaddas ismini ulug'lash uchun ko'p hosil o'rishingiz uchun quloqlaringizni ochishi uchun Xudodan so'rang. Agar siz chaqirilgan bo'lsangiz, kech qolmang yoki qarshi chiqmang. Siz yaxshi va yomon kunlarda chaqiruvingizni bajarishingiz uchun sizni kuchli qilish uchun qudratli Rabbiydan so'rang.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, biz Sening hosilinga xizmat qilish uchun tayyormiz. Agar Sen bizlarni xizmat uchun foydali deb topsang, bizni ishlat. Biz omadsiz ekanimizni va hosil yig'ishga noloyiq ekanimizni tan olamiz. Iltimos bizni O'g'lingning qoni bilan poklagin va Ruhingning kuchi bilan bizni tayyorla. Mamlakatimiz bo'ylab hosilinga ko'plab ishchilarni yuborgin va shohliging yaqinda kelishi uchun bu dunyoni xizmatchilaring bilan to'ldir.

SAVOL:

  1. Nima uchun Iso talabchanlik bilan Undan so'rashni bizga buyuradi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 09:53 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)