Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 094 (Two Blind Men and a Dumb Man Healed)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

11. Ko'r Kishi va Soqov Kishi shifo Topdi (Matto 9:27-34)


MATTO 9:27-31
27 Iso u yerdan jo'nab ketayotganida, ikki ko'r Uning orqasidan ergashgancha dod solib: - Ey Dovud Og'li Iso bizlarga rahm qil! - deb faryod chekishardi. 28 Iso uyga qaytganida, ko'rlar Uning yoniga kelishdi. Iso ulardan so'radi: - Men xohishingizni bajo qilishga kuchim borligiga ishonasizlarmi? - Ishonamiz, Hazrat! - deb javob berishdi ular. 29 Shunda Iso ularning ko'zlariga tegib: - Sizning ishonchingizga yarasha bo'lsin, - dedi. 30 Shu bilan ularning ko'zlari ochilib ketdi. - Buni hech kim bilmasin, tag'in! - deb Iso ularga qattiq tayinladi. 31 Ular esa u yerdan chiqiboq, butun mamlakat bo'ylab U haqda ovoza tarqatib yuradigan bo'lishdi.
(Matto 8:4; 20:30; Havoriylarga 14:9)

Masih kelishi kerak bo'lgan Dovudga berilgan va'da yaxshi tanilgan va shuning uchun Masih “Dovud O'g'li” deb ataldi. Iso davrida Uning ko'rinishining umumiy umidi bo'lgan. Kafarnahum ko'chalarida Iso allaqachon kelganligini va Iso bosh ruhoniylarning gunohlarini va Isoga qarshi bo'lib Uni rad etgan Farziylarni va ahmoqlikni yomonroq qiladi deb bu ikki ko'r kishi buni bilib e'lon qildi. Bu ikki ko'r kishi Isoni va Uning mo'jizasini ko'rolmadilar lekin imon orqali ular odamlarga qaraganda manzara bilan ko'rdilar!

Masih Yahudiylar orasida yashagan, lekin faqat ulardan ba'zilari U Masih ekanini bilishgan, chunki ko'plar siyosatchi Najodkorni kutishgan edi. Shuning uchun, ular ko'zlari va fikrli onglari ochiq bo'lishidan qat'iy nazar ko'rliklaricha qolishgan. Bugun, ko'p dindor odamlar va olimlar Isoni bilamiz deb o'ylashadi, lekin ular Uning muqaddas aslini sezishmaydi. Ular yuraklariga tinchlik beradigan ruhni sezishmaydi. Biroq, ikki ko'r kishi Iso Ibrohimning avlodi ekaniga va Eski Ahdda va'da etilgan ilohiy shoh ekaniga ishonishgan (2 Shomuil 7:12-14). Ular shifo topish uchun Isoga ochiqchasiga yalinib baqirdilar, lekin Masih o'sha ondayoq javob bermadi, chunki U ularning imonlarini tekshirdi. Ular bu tekshiruvdan o'tib Isoga ergashdilar va so'rovlarida turib olib Butrusning uyiga yetib borguncha Isoga yaqin turdilar. Shunda Masih kuchi orqali imonlarini tasdiqlash bilan g'ayratlarini e'zozladi. Iso ulardan haqiqatdan ham ular Iso bu yagona harakatni qila olishiga ishonishlarini so'radilar va ular “ha” deb javob berdilar. Biz bugun Iso shofo bera olishiga va qutqara olishiga ularning ishonchlarini va qarorlarini ular bilan bo'lishamizmi va biz atrofimizdagi qarama-qarshiliklardan qat'iy nazar ochiqchasiga Unga so'rovlarimizni yo'llaymizmi?

Imon haqida tan olishlaridan keyin, Masih qo'li bilan ko'zlariga tegdi va ular Uning sevgisini va shifolash kuchini his qilishdi. Ular birinchi Uni ko'rdilar. Uning ko'rinishida ularning yuraklarida chuqur nishona bor edi. Ular Isoda qudratli Najodkorni va Shohni tushunishdi va ularning imonlari haqiqiy ruhiy ko'rinishda natijasiga yetdi.

Bu Iso ularning shifo topishi haqida yangilikni tarqatishdan ularni to'xtatgani g'alatidir, Iso mo'jiza tufayli odamlar Uning ortidan kelishlarini istamadi. Uning maqsadi izdoshlarida ularning yuraklari o'zgarishi, onglari yangilanishi va ular ruhiy ko'rlikdan ozod bo'lishlari uchun va doim Xudoning nurida yurishlari uchun birinchi tavbaga asoslangan imonni yaratish edi. Isoning sevgisi sizni ruhiy ko'rinishingizni olishga majbur qilganmi? Yoki siz hali ham najodsiz va gunohning qorong'uligida ko'r bo'lib Undan uzoqda yashayapsizmi?

IBODAT: Samoviy Ota, biz Seni ko'rish uchun va sevish uchun inoyat orqali ko'zlarimizni ochganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz imon orqali bolalaring bo'ldik, shuning uchun iltimos biz ulug'ligingni bilish uchun sevgingda qolaylik va Sen yaqinlarimiz va do'stlarimizni ham shifolashing uchun, va ular Seni ko'rib shavqating va sevgingni ko'rishlari uchun ko'zlarini va yuraklarini ochishing uchun inoyat ibodatingning taxti oldida muk tushaylik. Omin.

SAVOL:

  1. Ikki ko'r kishining shifo topishidagi sir nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:46 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)