Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 093 (Girl Brought Back to Life and Woman Healed)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

10. Bir Qiz Hayotga qaytdi va Bir Ayol Shifo topdi (Matto 9:18-26)


MATTO 9:18-26
18 Iso ularga bu so'zlarni aytib turganda, qaysi bir jamoatboshi kelib, Isoga ta'zim qildi-da: - Mening qizim hozir o'ldi. Biroq Sen kelib unga qo'lingni tekkizsang, u yana tirilib ketadi, - dedi. 19 Iso o'rnidan turib, shogirdlari bilan u odamning orqasidan bordi. 20 Shu payt o'n ikki yildan beri qon ketishidan qiynalib yurgan bir ayol Isoga o'rqa tomonidan yo'lab, kiyimining etagiga qo'l tegizdi. 21 U o'zicha: “Agar kiyimiga bir tegib olsam bas, sog'ayib ketaman”, - deb o'ylagan edi. 22 Iso orqasiga o'girilib, ayolni ko'rgach: - Dadil bo'l, qizim, ishonching seni qutqardi, - dedi. Ayol shu zahoti dardidan halos bo'ldi. 23 Iso boshliqning uyiga yetib, nay choluvchilarni va qiy-chuv qilayotgan olomonni ko'rgach: 24 – Bu yerdan tashqariga chiqinglar! Qizcha o'lgan emas, uxlab yotibdi, - dedi. Ular esa Uning ustidan kulishdi. 25 Olomon tashqariga chiqarilgandan so'ng Iso ichkariga kirib, qizchaning qo'lidan ushladi. Qizcha esa o'rnidan turib ketdi. 26 Bu hodisa xabari mamlakat bo'ylab ovoza bo'ldi.
(Matto 14:36; Mark 5:21-43; Luqo 8:40-56)

Masih Xudoga va Uning ruhiy shohligiga qarshi bo'lgan kuchlarni va hokimyatlarni yengdi. Hammasidan ham, U o'limni yengdi. Qanday buyuk haqiqat! Matto bizga Iso qanday qilib har turli kasalliklar, bo'ronlar, ruhlar, gunohlar va qonunlar ustidan g'alaba qozonganini ko'rsatgandan keyin, u Masih qanday qilib o'limni va oxirgi dushmanni quvib yuborganiga diqqatimizni qaratadi. Masih bizga har bir og'irlikdan va qo'rquvdan to'liq qutqaruvni taqdim etadi va bizni abadiy hayotga boshlaydi. Siz Masihda quvonasizmi?

Kafarnahum ibodatxonasining javobgarligidagi (rabbi) oqsaqolining kasal yotgan qizi bor edi. Unga shifo berishga harakat qilgan barcha kishi u qizning kasalini tuzatish uchun yo'l topolmaganlar. Qiz o'lar holatda edi va uning otasi daxshatdan gangirab qolgan edi. U Isoning oldiga shoshilib sajda insonlar uchun emas balki faqat Xudo uchun o'rinli ekanini bilib, hatto u ibodatxonaning rabbisi bo'lgan bo'lsa ham, Uning oldida muk tushdi. Isoning oldida muk tushib u Isoni ilohiy kishi deb o'ylab tan oldi. Lekin Iso bu sajdani qabul qildi, chunki U Otasi bilan bir mohiyatda bo'lib haqiqiy Xudodir. Ibodatxona boshining imoni qiziga shifo berish uchun Isodan o'tinib so'radi, chunki u Masih kasalga qo'lini qo'yganida kasallar to'liq tuzalganini ko'rgan edi. Masih darhol bu hodisa jiddiy bo'lgandek u bilan ketdi, lekin olomonlar o'rtasidagi kasal ayol Unga yaqin kelib, hech qanday so'z demasdan Uning kiyimiga tegdi. Masih O'zidan chiqqan kuchni sezdi, chunki uning teginishi imondan edi va bu Isoning atrofida turgan odamlardan emas edi. Iso to'xtab, atrofiga qarab u ayolni ko'rdi. Iso uning hikoyasini bilib, hamma oldida guvohdek unga gapirdi. U u ayodagi imonini ko'rib tasdiqladi, chunki imon Masihdan kuch, hayot va inoyat oladi.

Bu kechikish o'lim nuqtasida shoshilyotgan ibodatxonaning rabbisiga bo'lgan og'ir dars edi. Iso uni Rabbiy boshqalarga oliy darajadan bo'lganlarni afzal ko'rmasligini o'rganishini istagan, va kattami kichikmi, ayolmi erkakmi Uni izlaydiganlarning imoni bilan birlikda ishlaydi.

Oxiri ular uyga yetib kelishganda, bu qiz allaqachon o'lgan edi. Masih u qizning o'limini uxlab yotgandek tasvirlab berdi. Ular hayotning Rabbiysiga bu qiz deyarli o'lmagan balki haqiqatdan ham o'lganligini tasdiqladi.

Iso o'limning kuchini va olomonning nodonligini ko'rganida hafa bo'ldi. U qizning ota-onasi va O'zining uchta shogirdlaridan boshqalarga kirish uchun ruhsat bermadi. Iso o'lik qizning oldida jum turib, qo'lidan ushladi. Keyin uning ruhi qaytib, o'lim ketib g'alaba qozondi, chunki Masihning kuchi hayotning to'rini kengaytirdi va so'zining kuchi o'limni yengadi. Bu qiz o'rnidan turub, ota-onasining o'rtasida yurdi, va hamma hayron qoldi.

Masih faqat Yaratguvchi emas, balki Beruvchi, Saqlovchi, Himoyachi va hayotdan ko'taruvchi hamdir. Bu u qiz to'liq tuzalganligini va Masihning najod harakati to'liq buyuklikka ekanini ko'rsatadigan Iso unga yeyish uchun biron narsa berishlarini buyurganligi edi.

Masihning sevgisining kuchi bilan Uning izdoshlari bo'lgan bizlarga qanday buyuk yupanch, U bizni o'limdan ham ko'taradi, chunki U bizning ismlarimizni biladi. Masih siz gunohlarda o'limingizdan darhol turib Uning abadiy hayotida yashashingiz uchun qo'lingizdan tutadi.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, biz tabiatimizga ko'ra gunohda bog'langanmiz, lekin yagona O'g'ling hayot Beruvchidir, va ruhiy oqimning chashmasidir. Biz imon orqali abadiy hayotinga erishishimiz uchun bu yagona Qutqaruvchini bizga jo'natganing uchun Senga rahmat. Biz xududimizda boshqa ko'plab yosh kishi va ayollar bilan birga darhol turishimiz uchun xushxabaringni o'qiganimizda bizni qo'ling tutsin. Omin.

SAVOL:

  1. Iso Mattoga ko'ra o'lgan qizni qanday qilib tiriltirdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:45 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)