Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 088 (Thousand Devils Cast Out)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

6. Jin urgan Ikki Odamdan Minglab Iblislar Quvilishi (Matto 8:28-34)


MATTO 8:28-34
28 Iso nargi qirg'oqqa, Gergesa yurtiga yetib kelganida, qabriston lahatlaridan chiqib kelgan, jinga chalingan ikki kishi Unga ro'baro' bo'ldi. Ular juda vaxshiy bo'lganliklari uchun, hech kim bu yo'ldan o'tolmas edi. 29 Ular shunday baqira boshlashdi: - Ey Xudoning O'g'li Iso, bizda nima ishing bor? Bu yerga bizlarni vaqtidan oldin qiynagani keldingmi? 30 Ulardan uzoqroqda katta to'ng'iz podasi o'tlab yurgan edi. 31 Jinlar Isoga yolvorib: - Agar bizlarni quvib chiqaradigan bo'lsang, unda to'ng'iz podasiga yuborgin, - deyishdi. 32 Iso ularga: - Boringlar! - deyishi bilanoq, ular odamlardan chiqib ketib, to'ng'iz podasiga kirib oldilar. Shu onda butun to'ng'iz podasi tik qiyalikdan ko'l tomon yopirilib, suvda nobud bo'ldi. 33 To'ng'iz boquvchilar esa qochib shaharga borishdi va yuz bergan hamma hodisani, shuningdek, jinga chalinganlar bilan bo'lib o'tgan voqeani gapirib berishdi. 34 Shunda butun shahar aholisi Isoning qarshisiga chiqdi. Uni ko'rgach, yurtlari hududidan chiqib ketishini iltimos qilishdi.
(Mark 5:1-17; Luqo 4:41; 8:26-37; 2 Butrus 2:4; Yoqub 2:19)

Iso Masih tabiat va iblislar ustidan ham Rabbiydir, chunki ularda Xudoning Ruhidan tug'ilganlarning ichida qolishga huquqlari yo'q.

Bu ruhlar Iso va Uning shogirdlari qirg'oqqa yetib borishlaridan oldin ularni cho'ktirish uchun Tiberiya Ko'lida daxshatli bo'ronda kuch olib keldi. Iso qayiqdaligida, bo'ronda yashiringan bu ruhlarga do'q urdi, havodagi g'alayonni to'xtatdi va shogirdlari iblislar ularda hech qanday huquq yoki kuchni topmasliklarini bilishlari uchun ulardan aniq imonni talab qildi.

Iso Rim hokimligidan mahsus yorliqlarni olgan o'nta shaharning sharqiy tumaniga kolni kesib o'tdi. U orqasidan ergashib kelayotgan jiddiy olomondan va Yahudiylarning kuchayyotgan quvg'inidan yirog'da bo'lish uchun u yerda dam olishni xohlagan edi.

Onta shaharni Yahudiy xalqi taraqqiylashtirmagan edi, chunki ularning xalqi Yahudiylar ularni nopoklar deb hisoblagnida, ular to'ng'izlar podasini boqishgan.

Iso Gergesa shahriga ketayotganda, izdoshlari Unga hamroh bo'lishdi, U tog'ning qoyalaridagi qabriston lahatlarini kesib o'tdi. Ikta yalong'och jinga chalingan kishilar u yerdan chiqib kelishdi. Bu kishilar shunchalik daxshatli ediki, kech kim bu yo'ldan o'tishga jur'at etolmasdi. Ularni ko'p marta bog'lab qo'yishgan, lekin ular har doim ossonlikcha temir zanjirlarini buzib tashlashgan. Hamma bu kishilardagi kuchli jinlardan qo'rqar edi.

Ulardagi ruhlar Isoni tanishganda to'satdan to'xtagan jinga chalingan kishilar Isoga hujum qilishganda, Iso hech qanday so'z gapirmadi. Kuchli qichqiruv “Ey Xudoning O'g'li Iso, bizda nima ishing bor? Bu yerga bizlarni vaqtidan oldin qiynagani keldingmi? - deb aytishdi. Iblislar ular oldida turgan Qudratlining O'g'lini tanishdi. Uning muqaddasligining shulasi ular orqali teshib o'tdi va ularni hukm qildi. Ular darhol abadiy do'zaxga borishga hukm bo'lganliklarini tushunishdi. Ular Isodan o'zlariga yaqin bo'lgan yaylovdagi to'ng'iz podasida yashashga ruhsat berish uchun Isoga yolvorishdi. U yolvorish orqali, ular Masihning kuchi ularning ustidaligini tan olishdi, Uning ruhsatisiz, ular hatto bitta to'ng'izga ham ozor berolmasdilar. Bu hammaga dalda bo'ladi, garchi iblisning kuchi buyuk bo'lishi mumkin, biroq bu chegaralangan va bu asosan uning yovuzligiga teng emas, bu qudratli do'stimiz va Najodkorimiz Rabbimiz Iso Masihning hokimyatiga bog'liqdir. Shayton va uning qurol-aslahalari Iso shunday ruhsat berishidan ko'ra uzoqqa bormaydi; “Xudo dedi, qachongacha uzoqda bo'lasiz, yaqin kelmaysiz, sizning mag'rur to'lqinlaringiz to'xtashi kerak” (Yoqub 38:11).

Iblislar o'zlarining asillarini isbotladilar va 2,000 to'ng'iz podalarini ko'lga borib cho'kishlariga sabab bo'ldi. Cho'chqalarning boquvchilari buni ko'rishganda, egalarining oldiga bu hodisaning hisobini berish uchun yugurib ketdilar. Ular to'ng'izlarning egalariga junga chalingan kushilar qanday ozod bo'lganliklarini ham aytib berishdi. Bu u yerda yagona mo'jizani ko'rish uchun birgalikda shaharning barcha odamlarini tortdi. Lekin ular kiyinib olgan bu ikki kishi Isoning oyoqlari ostida U bilan o'tirganlarini ko'rganlarida, ular Isoning muqaddasligidan qo'rqdilar va hech qanday nopok narsa Uning huzurida yasholmasligini tushundilar. Shuning uchun, ular nopok ruhlar bilan eski madanyatlarini va a'loqalarini avzal ko'rib, XUDONING MUQADDAS O'G'LI ketishini so'radilar! Masih ularning talablariga rozi bo'ldi va ulardan ketdi, chunki Masih Uni qabul qilmagan joyda uzoq kutib turmaydi, yoki Uni qolishini istamaydiganlar bilan qolmaydi. Shuning uchun U ularning xohish va irodasiga ko'ra iblis va jinlarning hukmiga ularni qoldirdi (Matto 5:1-20; Luqo 8:26-39).

Biz tezda inson yovuz ruh orqali jinga chalinadi deb aytmasligimiz kerak. Biroq, agar kimdir doimiy ravishda samoviy Otasiga bo'lgan Masihning ilohiyligini va Uning O'g'illigini rad etsa, yoki doim Uning xochga mixlanganining haqiqatidan va dalilidan nafratlansa, shunda bu inson Masihga qarshi bo'lgan ruhlar tomonidan jinga chalingan bo'ladi (1Yuhanno 2:22-25; 4:1-5).

Ba'zi odamlar nopok ruhlar tomonidan o'rab olingan tushkunlik olamida yashashadi va jiddiylik bilan ular orqali vasvasaga yo'liqishadi. Bu shunday ruhlar bilan ilgarigi a'loqalari va ularning homiyliklarini so'rash natijasi yoki kelajaklari haqida bilish uchun folchilarning maslahatlari tufayli yoki bu ruhlarning yordami bilan bahtli turmush qurish natijasi bo'lishi mumkin.

Yovuz ruhlarning qurshovidan va ularning bog'liqligidan ozod bo'lishni istaydigan kishi Xudoning oldida hamma gunohlarini tan olishi kerak va bu buzg'inchi ruhlar bilan har bir a'loqani darhol uzishi kerak. Keyin muqaddasligi va barhayot kuchi ushun, har bir nopok va yovuz ruhlarni yengib chiqadigan va gunohlarni kechiradigan Xudoning O'g'li Isoning oldiga qaytishi kerak. Masih kechirilgan kishiga dalda berish uchun va kuchlantirish uchun uning yuragiga Muqaddas Ruhini beradi. Yovuz ruhdan ozod bo'lgan kishi Xushxabardagi Xudoning So'zini doimo o'qiganida, yuragida Masihning so'zini saqlaydi, ruhiy uchrashuvlarga qo'shiladi va Rabbiyning xizmatkorlari bilan birga ibodat qiladilar, jinga chalinganlar to'liq hamma ruhlardan ozod bo'ladilar. U kishi Masih bilan birlikda qoladi va Uning qonun-qoidalariga va amrlariga bag'ishlanadi, u kishi ozod bo'lib qoladi!

Bir e'tirozchi degan, Matto 8:28 Iso Gerhesaliklarning mamlakatiga Tiberiya ko'lining nargi tomoniga o'tganida, u yerda qabirdan chiqqan jinga chalingan ikki kishi bilan uchrashganini eslatib o'tadi; holbuki Mark 5:2 va Luqo 8:28 u yerda Iso nopok ruhga chalingan faqat bir kishi bilan uchrashganligini eslatib o'tadi.

Biz Mark va Luqo Masihning kuchi dalil bo'lgan shifosida faqat bir kishi zo'ravonroq bo'lgan deb javob beramiz. Bu uni shifolashda ustozlari ko'rsatgan mo'jizaning buyukligini ko'rsatish uchun uning zo'ravonligini va g'azabini batafsil eslatib o'tilgan bayonlaridan ko'rinarlidir. Boshqa insonning shifosi kam qiziqishdan edi va shuning uchun ular orqali e'tibor tortilgan.

Ikta kishi ruhiy kasal insonning pinjiga kirsin va ikki jinni odam bilan uchrashsin. Ular Matto va Luqo har hil yo'llar bilan aytgani haqida juda o'xshash bir hil hisobni beradi, va hech kim bu bayon garchi birinchi so'zlovchi faqat ruhiy kasal kishida birini eslatib o'tsa ham to'g'ri ekaniga hech kim shubhalanmasdi, holbuki ikkinchi so'zlovchi ikkalasini ham eslatib o'tadi. Biz ularning so'zlari qarama-qarshidir deb aytishimiz mumkinmi? Yo'q, lekin agar ulardan biri boshqasi bartaraf etilganini isbotlaganda, bu zidma-zidlik bo'lgan bo'lar edi. Bu tarzda, ziddiyatlikning ta'rifi seziladi. Lekin Rabbimizga rahmat! Jinga chalingan kishi bog'liqligidan ozod bo'ldi. Iso uni ozod qildi!

IBODAT: Ey Muqaddas Ota, biz jinga chalingalarni yovuz ruhlaridan ozod qilib va Gergesa o'lkasida iblislar ustidan bo'lgan Isoning g'alabasi uchun quvonib hursand bo'lamiz. Biz Misih nomi bilan kunimizdagi har bir jinga chalingan va ruhan kasal insonlarni ozod qilganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz Seni ulug'laymiz chunki Sen bizni yovuz iblisdan va uning qurol-aslahalaridan qutqarasan va bizni Masih bilan birlikda saqlaysan. Rabbiy, iltimos biz barhayot isming bilan himoyalanib, Senda qolishimiz uchun bizga va ularga Muqaddas Ruhingni yog'dir. Rabbimiz biz Sendan yagona O'g'lingning shohligi ulug'lanishi uchun atrofimizdagi jinga chalinganlarni ozod qilishingni so'raymiz. Omin.

SAVOL:

  1. Siz Tiberiya ko'lining nargi tomonida jinga chalinganlarni ozod qilishdan nimani o'rgandingiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:42 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)