Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 086 (Principles of Following Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

4. Isoga Ergashishning Qonun-qoidalari (Matto 8:18-22)


MATTO 8:21-22
21 Shogirdlardan boshqa biri Isoga: - Hazrat, oldin borib otamni ko'mib kelishimga ijozat ber, - dedi. 22 Lekin Iso unga: - Sen Mening orqamdan yur. O'liklarni qo'y, ularni o'zicha o'lik bo'lganlar ko'msin, - dedi.
(Matto 10:37)

Olomon Masihning oldiga kelishdi, Uning yupanchli so'zlari va shifolash kuchi orqali kelishdi. Ko'plar U aytgan har bir so'zlarni eshitish uchun va U qilgan mo'jizalarni ko'rish uchun U bilan yurdi. Ular Uning buyuk sevgisini va hokimyatini his qilishdi va Uning ilohiy ulug'vorligini sezishdi. Uning so'zi ularga chuqur tegindi, chunki Iso ularni tavba qilishga, ishonishga va bag'ishlanishga chaqirdi, va U ulardan to'liq imonni talab qildi.

Isoning tinglovchilaridan biri keksa otasi bilan a'loqasini uzishni istamadi. U kishi otasi vafot etgunicha u bilan qolishni va keyin Rabbiyga ergashishga tayyor bo'lishini istadi. Lekin Masih bu yosh kishi agar qarindosh-urug'larining oldiga qaytib borsa fikri o'zgarishini va u O'zi bilan a'loqasi yo'qolishini bilar edi. Shunda Iso bu ikkilanuvchi shu onda otasini qoldirib Unga ergashishini buyurdi. Iso uni oilasining javobgarliklaridan osmon shohligining xizmatiga chaqirdi.

Ba'zi sharxlovchilar bu yosh kishi to'satdan otasining o'limi haqida eshitib qolgan va ko'mish urf-odatlarida yo'q bo'lsa haqorat hisoblagan deb aytishadi. Biroq Masih achingalarga Isoning izdoshlarida halokatli jamiyat bilan qiladigan hech narsa yo'qligini, chunki Xudoning O'g'liga ergashadigan kishi o'limdan hayotga va g'am-qayg'udan hursandchilikka o'tishini tushuntirgan. Qonun ostidagi oliy ruhoniylar va Rabbiyning xizmatiga berilganlarga birorta o'lik tanaga yaqin bormasligiga yoki otalari uchun o'zlarini iflos qilmasliklari uchun ruhsat berilmagan, chunki ular Rabbiy uchun muqaddas bo'lgan (Leviylar 21:11; Sonlar 6:6). Isoga ishonadigan kishi o'lim yoki azob orqali ta'sir qilmasligi kerak. U kishi ilohiy hayotning hidi undan taralishi uchun to'liq vaqt Isoga xizmat qilishdan unga halal beradigan oilasining vazifalaridan ozod bo'lishi uchun unda yashayotgan Xudoning hayoti haqida dalolat berishi kerak. Bu shogirdning talabi odil bo'lib tuyuldi va biroq bu ruhiy emas edi. U Iso uchun ishlashga g'ayrat bilan to'lmagan edi, va shuning uchun unga ishonchli bo'lib tuyulgan o'tinchni birinchi oilasiga xizmat qilish uchun o'tinib so'radi.

Ikkilanuvchi yurak bahonalarni yaratadi. Biz bu talab uchun turtki uning otasi uchun haqiqiy bo'lim ta'siridan va hurmatdan kelib chiqishini tahmin qilamiz, biroq bu hokimyat Masihga berilishi kerak.

Ulomo Masihga dedi, “Men Sening orqangdan yuraman” (Matto 8:19). Masih izdoshlarining biriga dedi, “Mening orqamdan yur” (22.oyat). Ularni birga solishtirish, bu “Shunday qilib, tanlanish insonning orzu yoki tashabbusiga emas, balki Xudoning marhamatiga bog'liqdir” (Rimliklarga 9:16) degan gap Unga bo'lgan, va'dalarimiz tufayli emas, bizga Uning chaqiruvi orqali Unga kelganligimizni e'lon qilgan. U istaganini chaqiradi.

Masih tabiatdan bo'lgan odamlarni ilohiy hayotdan bartaraf bo'lgan, tirik o'liklardek hisoblaydi. Ularning barcha harakatlari ularni oxir oqibat o'limga yetaklaydi, chunki o'lim ruhi ularning fikr va harakatlarida ishlaydi. Madanyat, iqtisodiy va siyosatlar haqidagi barcha ta'limlar insonlarni abadiy hayotga yetaklamaydi, balki ularni oxir oqibat do'zaxga itaradi. Dunyomizda hech qanday umid yo'q, lekin cheksiz hayotni bizga beradigan tirik Masihda umid bor. Unga ergashadigan kishi yangi Otani va ruhiy aka-uka va opa-singillarni topadi. Xudoning oilasidagi hursandchilik insonlarning oilasidagi g'am-tashvishdan ko'ra buyukroqdir. Butun yuragingiz bilan Rabbiyga ishoning va Xudoning irodasini bajarishdan sizga hala berib turadigan hurmat qozongan oilangizga yopishib olmang.

Dunyoviy lovozimlar dunyoviy odamlarga qolsin. O'zingizni ular bilan chegaralamang. O'likni ko'mish, va asosan o'lik otani ko'mish bu tabii yaxshi ish, lekin ba'zi vaqt bu sizning vazifangiz emas. Bu Masihga xizmat qilish uchun sizga o'xshab chaqirilmagan boshqalar tomonidan qilinishi mumkin. Sizda bajarish uchun ba'zi narsalar ham bor va buni kechiktirmasligingiz kerak.

IBODAT: Ey Muqaddas Ota, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen biz O'g'lingga yopishib olishimiz uchun va hech qachon Uni tark etmasligimiz uchun Undagi abadiy hayotni bizga berding. Iltimos biz Sendan ko'ra oilamizni muhimroq deb hisoblamasligimiz uchun bizga yordam ber. Bizning dunyoviy lovozimimiz Sen uchun bo'lgan bizning xizmatimiz kamaytirmasligi uchun bizga yordam ber. Bizni o'limdan bo'lgan qo'rquvdan ozod qil va abadiylikni qidiradiganlar bilan hayotingning hursandchiligida bizni mustahkamla. Omin.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun bu yosh kishini otasining ko'mish urf-odatini qilishdan to'xtatdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)