Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 084 (Peter’s Mother-in-law)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

3. Butrusning Qaynonasi Shifo topdi (Matto 8:14-17)


MATTO 8:14-17
14 Iso Butrusning uyiga kelganida, uning qaynonasi isitmalab yotganini ko'rdi. 15 Iso uning qo'liga tegishi bilan isitmasi tushdi. Ayol esa turib, Unga xizmat qila boshladi. 16 Kech kirishi bilan, jinga chalingan bir talay kishini Isoning oldiga keltirishdi. U so'z bilan yomon ruhlarni quvib chiqardi, dardga yo'liqqanlarning hammasining sog'aytirdi. 17 Shu tariqa Isha'yo payg'ambarga vahiy bo'lgan ushbu oyat bajo keldi: “U bizning kasalliklarimizni ko'tardi, dardlarimizni esa O'zi chekdi”.
(Ishayo 53:4-6; Mark 1:29-34; Luqo 4:38-41)

Matto Masih yolg'izlarni, rad etilganlarni va nafratlanganlarni sevib, nopok deb hisoblangan G'ayriyahudiylarni rad etmasligiga diqqatini qaratgandan keyin, u Iso mag'rurlangan kishilar haqida bir kuchsiz ayolga mehr ko'rsatganligini ham bizga ko'rsatib beradi. Shogirdlarning eng botiri bo'lgan Butrus uylangan, va u Isoga ergashganda, u turmush ahdini bekor qilmadi, chunki turmush gunoh emas, balki Yaratguvchining inoyati va asosiy tuzim tabiatda. Masih havoriyning turmushini ma'qullagan.

Butrusning xotinining onasi kasal bo'lib qolganda uning uyida qiyinchilik ko'paydi. Shayton bu shogirdni xizmatdan qaytarishga harakat qildi; lekin Iso chaqirilmasdan u ayolning oldiga keldi. Iso uning istmalagan qo'liga tegib, hech narsa demasdan uni shifoladi. Isoning kuchi unga kirib, darhol isitma uni tark etdi. Shuning uchun, Masih izdoshlarining qarindosh-urug'lari uchun qayg'uradi va hech narsa qilishni so'ramasdan ularni da'volaydi, bu ular uchun bo'lgan Uning buyuk mehrining natijasidir.

Shifo to'liq bo'ldi, va u ayol o'rnidan turib ularga xizmat qilishni boshladi. Tabiat kuchi bilan isitmadan tuzaladiganlar tez-tez kuchsiz bo'ladilar va buyuk ish uchun noloyiqdirlar. Shuning uchun bu shifo tabiatning kuchidan yuqori ekanini ko'rsatish uchun, u darhol uy ishlarini qilishga kirishdi.

Rahm-shavqat muqaddaslandi, va shunday mehribonchiliklar haqiqatdan ham barkamoldir. Hatto u ayol o'zgacha marhamat orqali ulug'langan bo'lsa ham, biroq u ahamiyatni o'ylamasdan, balki boshqa xizmatkorga o'xshab muhtojlik bormikan deb dasturxonda kutishga tayyordir. Masih ulug'laganlar kamtar bo'lishlari kerak. U ayol qutqarilib qayta berishni o'rganadi. Bu Masihning kamtar xizmatkorlaridek, U shifo bergan odamlar butun kun Unga xizmat qilishlari uchun juda to'g'ri keladi.

Odamlar Isoning kuchini sezishdi, Uning oldiga barcha kasallarni olib kelishdi va oylalariga, qarindoshlariga va qo'shnilariga ular orasida yashayotgan buyuk Najodkor haqida aytib berishdi. Va Iso ularning hammalarini shifoladi! U hech kimni rad etmadi, hatto kichiklaridan birini va imoni kamlarni ham rad etmadi. Biroq, ozgina imon Iso uchun yovuzlarning maqsadlarini va atrofimizdagi uning xatti-harakatini yengib chiqish uchun yetarlidir.

Xushxabarchi Matto ko'plab jinga chalinganlarni yovuz ruhlarning huquqlaridan qutqarishi uchun ularning asosan kelishini eslatib o'tdi. Iso ruhlar ustidan bo'lgan Rabbiy hamdir va ular shubhasiz Uning so'zlariga bo'ysunadilar. Biz itoatsizlikning o'g'illari davrida yashayapmiz, va qarindoshlarimizning va do'stlarimizning onglaridan va qalblaridan nopok ruhlarni quvib chiqarish uchun bizga Isoning so'zining kuchi kerak. Biz Iso ularni qutqara olishiga ishonib, doimiy ibodatlarimiz orqali ularni Uning oldiga olib kelishimiz mumkin.

Matto gunohlarimizdan bizni tozalagan va kasalliklarimizni olgan Rabbiyning Xizmatkori haqida o'qiydigan Ishayoning 53 buyuk payg'omida Masihning qutqarish harakatiga bo'lgan izoxni topdi. “Haqiqatdan ham U bizning og'riqlarimizni oldi … Lekin U gunohlarimiz uchun jarohatlandi, ayiblarimiz uchun haqoratlandi, bizga tinchlik olib kelgan jazo Uning ustida edi, va Uning yaralaridan biz shifo topdik” (Ishayo 53:4-5).

Isoning mo'jizalarining va harakatlarining siri Uning sevgisida bizning o'rnimizga barcha gunoh va kasalliklarimizni olish uchun tayyorlanishida topildi. Biroq kim Unga rahmat aytadi, Uni ulug'laydi va Unga imon bilan ishonadi?

IBODAT: Osmondagi Otamiz, biz qalbimizda kasalmiz. Biz kuchsizligimizni va nopok fikrlarimizni tan olib Sening oldinga kelamiz. Ayibdorligimiz uchun bizni kechir, gunohlarimizdan bizni tozala va ichimizda yovuz ruh yashashiga yo'l qo'yma. Do'stlarimiz va qarindoshlarimiz uchun ibodatlarimizga javob ber. Ulardan Muqaddas Ruhinga qarshi bo'lgan ruhlarni olib tashla va pok sevging bilan ularni to'ldir. Nomingni ulug'lashimiz uchun bizni duo qil va har turli muammolarimiz uchun bizga yordam ber. Masihning nomi bilan bizga yordam ber. Ibodatlarimizga javob berganing uchun Senga rahmat. Omin.

SAVOL:

  1. Butrusning qaynonasining sog'ayishi nimani ko'rsatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:39 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)