Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 083 (The Centurion’s Servant)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

2. Masih Yuzboshining Xizmatkorini Shifolashi (Matto 8:5-13)


MATTO 8:5-13
5 Iso Kafarnahum shahriga kirib kelayotganida, bir yuz boshi Uning oldiga keldi va yolvorib: 6 – Hazrat, mening xizmatkorim uyda shol bo'lib g'oyat qiynalib yotibdi, - dedi. 7 Iso unga: - Men borib uni sog'aytiraman, - dedi. 8 Yuz boshi javob berib:- Hazrat! - dedi, - Kulbamga oyoq bosishing uchun men munosib emasman. Sen birgina so'z aytsang bas, hizmatkorim sog'ayib ketadi. 9 Chunki men ham buyruqqa tobe odamman, shungdek, mening buyrug'imga bo'ysunuvchi askarlarim ham bor. Biriga 'ket' desam, ketadi. Boshqasiga 'kel' desam, keladi. Biron xizmatkorimga 'shuni qil' desam, qiladi. 10 Iso buni eshitgach hayron qoldi. Orqasidan ergashib kelyotganlarga: - Sizlarga chinini aytayin, - dedi, - Men bunchalik buyuk ishonchni Isroilning biron joyida ham topmadim. 11 Sizlarga shuni aytaman: qiyomatda sharqu g'arbdan ko'plar kelib, Osmon Shohligida Ibrohim, Ishoq va Yoqub bilan birga ziyofatga o'tirishadi. 12 Lekin Shoh ahlining o'zlari esa tashqi qorong'ulikka otiladilar. U yerda zor yig'lab, tish g'ichirlatadilar. 13 Keyin Iso yuz boshiga: - Bor, sen ishonganingdek bo'lsin, - dedi. Yuzboshining xizmatkori esa o'sha zahoti sog'ayib ketdi.
(Mark 6:6; Luqo 7:1-10; 13:28-29; Yuhanno 4:46-53)

Yahudiy urf-odati hamma G'ayriyahudiylarni moxovga o'xshab nopok deb hisoblaydi. Yuzboshining xizmatkorining shifo topishi Muso Qonunining murakkab izoxlariga qarshi Masih orqali yangi hujumni anglatgan, chunki U mamlakatining egasi Rim hukumat xizmatchisini hamma odamlarning oldida qabul qilgan edi. Bu xushxabar faqat Yahudiy xalqini emas balki g'ayriyahudiylarni ham chegaralaganini isbotlab berdi.

Bu hukumat xizmatchisi hokimyatni egaligini ifodalab, Kafarnahumdagi eng buyuk kishi bo'lgan. U xizmatkorini shifolash uchun Isodan so'rab, shifolovchi Isoning oldiga keldi va u ochiqchasiga “hazrat, kulbamga oyoq bosishing uchun men munosib emasman” deb aytib noloyiqligini tan oldi. Isoni O'zini past olishga va G'ayriyahudiyning uyiga kirishga ruhsat bermasdan Yahudiy urf-odatini qabul qildi. U Masihni uyaltirib qo'yishni istamadi. Bu bu yuzboshi dono va inson ekanini, Rimliklar nafratlangan Yahudiylarning urf-odatini hurmat qilganini va kamtar sevgisi bilan xizmatkorini o'g'illarining biridek hisoblab xizmatkorlariga bo'lgan g'amho'rligini ko'rsatadi.

Hatto u Rim yuzboshi bo'lgani bilan Yahudiylar orasida yashashi Rim zulmiga bo'lgan ularning hokimligining ramzi edi, biroq “Yahudiylarning Shohi” bo'lgan Masih, uni marhamatladi. Bu orqali Masih bizga dushmanlarimizga yaxshilik qilishga va o'zimizni milliy dushmanlikda chegaralamaslikka o'rgatadi. Hatto bu kishi G'ayriyahudiy bo'lsa ham, Masih u bilan uchrashib, uning ochiq talabiga javob berdi.

Ayniqsa, biz Rimlik yuzboshi har bir kasallikni shifolash uchun Masihning kuchiga ishonganligini topamiz. U askarlari ketishiga va ular unga bo'ysunishiga buyrug' beradigan komandirdek ruhlarga va kasalliklarga buyrug' beradi. Bu imon Isoning harakatlari va gaplari haqida xabarlarni to'plaganda, Uni kuzatganda va bu Nasroniylikda ruhlar, jinlar va kasalliklar ustidan buyuk ruhiy hokimyat borligini aniqlaganida bu yuzboshida o'sdi. Bu yuzboshi Isoning so'zlari qudratli va Iso kasalni shifolash uchun uyga kelishi shart emasligini bilar edi. Iso uzoqdan turib birgina so'z aytsa bo'ldi, kasal sog'ayib ketar edi, chunki barcha samoviy hokimyatlar Uning ixtiyoridadir.

Masih O'zining izdoshlari va xalqi orasida topmagan bu buyuk imonga qoyil qoldi. Biz bu komanderga ergashishimiz, kamtar bo'lishimiz, xizmatkorimizni sevib, Masih kulbamiz ostiga kelishiga o'zimizni noloyiq hisoblashimiz mumkin. Shu bilan birga, biz Iso bizni sevishiga va bizga yordam berishni xohlashiga ishonishimiz kerak. Shuningdek biz Unga o'zimizni topshiramiz, do'stlarimizda va hayotimizda Uning samoviy kuchlarining egaligini ko'ramiz va samoviy dalillar bilan Isoning e'lonida haqiqiy imonni tan olamiz. Iso Uning oldiga keladigan kishiga barhayot najodni e'tirof etgan. U keyinroq imonlilar hordiq chiqarib, Ibrohim, Ishoq va Yoqub bilan umidimizning markazi bo'lgan Xudoning huzurida ular bilan o'tirishlarini ochib bergan. Biroq, Masihning kuchiga ishonmaydiganlar Xudoning sevgisini qabul qilmaganliklari uchun doim noumidlikka qaytadilar.

Shol uning ishini qishidan chegaralangan ximatkoredi va u buni boshqa kasallikdek nochor va zerikali qilib qo;ymadi, lekin u bu odam kasal bo'lganda uni haydab yubormadi. Yuzboshi uni yaqinlarining oldiga jo'natmadi yoki uni e'tibor bermasdan yotishiga yo'l qo'ymadi, balki u uchun eng yaxshi yordamni izladi. Bu xizmatkor u uchun shu yerda qilgan ustozidan ko'ra ustozi uchun ko'p g'amho'rlik qilolmagan. Yuzboshining xizmatkorlari unga itoatkor edilar, va shu yerda biz ularni nima shunday qildi, ularning boshliqlari ularga mehribon ekanligini ko'ramiz. Biz xizmatkorlarimiz biz bilan kurashganda, ularning harakatidan nafratlanmasligimiz kerak, shuningdek biz Xudo ular bilan kurashganda ularning holatidan nafratlanmasligimiz kerak. Biz bir hil loydan, bitta qo'l orqali yaralganmiz, hatto ular rivojlangan mamlakatlardan kelsalar ham, Xudo oldida ular bilan bir hil darajada turamiz.

Yuzboshi xizmatkori uchun kelajakni aytib beradiganlardan yoki yolmog'izlardan foydalanmasdan, balki Masihning oldiga bordi. Shol kishi vrachning mahorati ish bermagan kasal edi. Shuning uchun bu ta'sir etishni anglatadigan tabiy kuchlar ustidan bo'lgan shifo uchun Masihning oldiga kelish uchun Uning kuchidagi imonining buyuk dalili edi. Qonunning imoni faqat gunohkorlarga najodni tuhfa etmaydi. Uning Isoga bo'lgan bag'ishlanishi abadiy najodga bo'lgan sifatidir. Iso darhol uning xizmatkorini ularning o'rtasidagi masofadan qat'iy nazar shifoladi. Shu yerda biz Masihni vaqt yoki joy bog'lab turmasligini o'rganamiz. U olamning Rabbiysidir va bizga shifo beroladi, bizni qutqaroladi va bugun ham bizni muqaddas qiloladi, chunki U taxtida Otasining o'ng tomonida o'tiribdi. U darhol abadiy sevgisida ibodatlarimizga javob berish uchun qarindoshlarimiz va do'stlarimiz shifo topishini Undan imon bilan so'rab, Xudoga yaqinlashishimiz uchun bizni kutyapdi.

Ishonmaslikka turib olgan ko'plab Yahudiylar “Shohlikning bolalari” orqali tug'ilgan bo'lsalar ham, ular Masih jamoatining a'zolari bo'lishdan olib tashlanadilar. Ular bolalarimiz deb mag'rurlangan “Xudoning shohligi” ulardan olib qo'yiladi, va ular rad etiladilar. Buyuk kunda bu Yahudiylarga ham Masihiylarga ham “shohlikning bolalari” bo'lish uchun insonlarga yordam bermaydi, chunki insonlar chaqirilganlari bilan emas, balki qanday bo'lganliklari bilan hukm qilinadilar. “Agar o'g'il bo'lsa, vorisdir” (Gallatiyaliklarga 4:7). Ammo ko'plar farzand bo'lishga da'vo qilishadi. Ular bu oilada yashashadi, lekin bunga tegishli emaslar va ruhiy merosni olmaydilar. Da'vo qiladigan ota-onada tug'ilish bizga ruhiy inoyatni beradi, lekin biz bunda hordiq chiqarib, samo uchun bizda ko'rsatadigan hech narsa bo'lmasa, biz haydalamiz.

Matto 8:5-13 dan yuzboshi Masihning oldiga xizmatkorini shifolash uchun Undan o'tinib Uning oldiga kelganligi va Iso unga “Men borib, uni sog'aytiraman” deb aytganida, yuzboshi Unga “Hazrat, kulbamga oyoq bosishing uchun men munosib emasman” deb aytib javob bergani tushunarlidir.

Biroq, Luqo 7:2-10 yuzboshi Masihning oldiga Yahudiy oqsoqollarini yuborganligini va Iso uydan uzoqda bo'lmaganida, yuzboshi Unga “Hazrat ovora bo'lma, chunki men kulbamga kirishinga munosib emasman” deb aytib Uning oldiga do'stlarini yubordi.

Qarama-qarshi bo'lish uchun yuzaga keladigan narsaga javob bu Matto Masihga o'tinib so'ragan kishidek yuzboshini aniqlab beradi chunki yuzboshi o'zining o'rniga Masih bilan gaplashish uchun o'qsoqollariga buyuradi. Bu Sulaymon ma'badni qurgan deb aytilgan, holbuki buni u o'zi qurmagan, balki bu uchun boshqalarga ishongan. Yuhanno 4:1 dagi o'xshash bayon Iso suvga cho'mdiryotganini bayon etadi. Yuhanno 4:2 dagi tushuntirishga ko'ra bu Isoning O'zi emas balki shogirdlari ekanini bildiradi. Bu Pilat Isoni qamchilaganini aytgan. U o'zi qilmadi bu ishni balki askarlari qildi. Shuning uchun Yahudiy o'qsoqollari yuzboshidan ko'rgan Masih haqida so'rashdi, lekin uning “Hazrat kulbamga kirishinga noloyiqman” degan so'zlarini Masihga o'zi aytgan edi. Birinchi, Masih uning uyidan uzoqda bo'lmaganda, Luqo eslatib o'tganidek do'stlari orqali gapirdi va keyin u uyga yaqin Uni kutib olganida ularga o'zi gapirdi. Biroq, Iso yuzboshining imoniga ko'ra xizmatkorlarini shifoladi.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen jannatda azizlar bilan bir bo'lish uchun Masihda bizni tanlading. Iltimos bizning kam imonimiz va kuchsiz bo'lgan ishonchimiz uchun bizni kechir. Bizni va do'stlarimizni gunoh va ishonmaslikdan shifo berishga tayyorliginga ishonishni bizga o'rgat. Biz Senda boshqalrning najodini qidirishimiz uchun bizda kamtarlikni, siniqlikni va ular uchun haqiqiy sevgini yaratgin. Omin.

SAVOL:

  1. Yuzboshining imoni nima uchun buyuk edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:38 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)