Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 082 (The Leper Healed)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

1. Mohov Shifo topdi (Matto 8:1-4)


MATTO 8:1-4
1 Iso tag'dan tushgach, tumonat xaloyiq Uning orqasidan ergashdi. 2 Shu o'rtada bir moxov Unga yaqinlashib, sajda qildi-da: - Hazrat, agar istasang, meni moxovlikdan pok qila olasan, - dedi. 3 Iso qo'lini uzatdi va unga tegizib: - Istayman, pok bo'l! - dedi. Moxov shu zahoti dardidan forig' bo'ldi. 4 Iso unga: - Ehtiyot bo'l, buni hech kimga aytma. Lekin borib o'zingni ruhoniyga ko'rsat va sog'ayganingni tasdiqlatgin, Muso payg'ambar buyurgan qurbonlikni keltirib ber, - dedi.
(Mark 1:40-44; Luqo 5:12-14)

Bu mo'jiza Masihning mo'jizalarining birinchisi bo'lib o'rinli yozilgan, chunki moxov Yahudiylar orasida Xudoning hukmining asosiy belgisidek ko'ringan. Shu yerdan biz ba'zi asosiy gunoh uchun moxov bilan mubtalo bo'lgan Miryam, Gehazi va Uziyoni topamiz. Shuning uchun, Masih Xudoning g'azabini gunohni olishi bilan qaytarish uchun kelgan ochib berib va moxovni sog'aytirishni boshladi.

Chunki bu kasallikni darhol Xudodan keladi va bu U orqali ham olib tashlanadi deb taxmin qilishgan. Shuning uchun bu kasallikni vrachlar davolaydi deb taxmin qilinmagan, balki tekshirishga va Xudo qiladigan ishni ko'rishga to'g'ri kelgan Rabbiyning xizmatkorlari, va ruhoniylarining ko'rigi ostiga qo'yilgan (Leviylar 13:1 – 14:57). Isoning izdoshlari Masih qanday qilib moxov Uning oldiga kelishiga, uni qaytarib yubormaganiga va Masih bu nafratlangan va rad etilgan kishini qutqarish uchun xalqlarining urf-odatlarini va qoidalarini oyoq osti qilganiga ajablandilar. Masih ko'plab moxovlarni sog'aytirishi bilan va havoriylarini O'zining nomi bilan shunday qilish uchun boshqarib O'zini Xudo deb isbotlab berdi (Masih 10:8). Bu Masih bo'lishidan isbotlarining biridir.

Rad etilgan moxov Masihning kuchiga butun yuragi bilan ishondi, chunki bu kishi Isoning mo'jizaviy harakatlari haqida eshitgandi va Uning ilohiy qobilyatiga ishondi. U kishi hammaning oldida Isoni “Rabbiy” deb Unga sajda qildi. Bechora kishi Isoning buyuk kuchiga ishonib va Uning muruvvatiga yuragini va qalbini ochib, sajdasida tozalanishni so'rab shivirladi. U yana qo'shib qo'ydi, “agar Sen istasang, meni moxovlikdan pok qilolasan.” Masih darhol O'ziga bo'lgan bu yakuniy sodiqlikka javob berdi. Iso yuqib qolishdan qo'rqmadi, balki qo'rquv bilan orqaga chekingan olomonning g'arazidan qat'iy nazar bu tanaga tegdi. Masih bu teginish orqali U uni poklab shifolaganda moxovga “istayman, pok bo'l,” deb aytib O'zining Xudoligini isbotladi. U Elisha Naamanga “Bor, O'rdun darhosida yuvin” deb aytganidek gapirmadi; Iso unga tibbiy davoning talab qiladigan yo'lini, notinch va zerikarli narsani uning ustiga qo'ymadi, balki U aniq vokolatning kuchli so'zini gapirib, uni o'sha ondayoq shifoladi.

Bu qisqa bayonda, biz Xudoning muhim irodasini va ta'sirli e'lonini ko'ramiz. U bizni yaratgan va bizni boshqaradi, bizga shifo beradi, qutqaradi, poklaydi va himoya qiladi. Xudo istaydi va bizni buzuqlikdan tozalash uchun ishlayapdi va Unda bizni qutqarish uchun kuch bor. Masih “Istayman; pok bo'l” deb aytgan aniq so'zlar bilan moxovning ibodatiga javob berganini hech qachon unutmang. Rabbiyning kuchi bilan, moxov darhol bu insonni tark etib, kasallangan tanasi yangilandi, va tanasining harakatsizligi va ishlamayotgan asablari o'sib ketdi.

Olomon qaltirab ketdi va Isoning kuchiga va Uning qudratli sevgisining buyukligiga hayron qolishdi. Ular ilohiy kuchning xuzurini boshlaridan kechirdilar va eng buyuk vrachning ilohiyligining isbotini bu mo'jizada ko'rdilar. Shuningdek U sizni poklash uchun sizga teginadi, siz Rabbiy sizni haqiqatdan ham sevishiga va butun yuragi bilan sizga yordam berishiga va muqaddas kuchi bilan sizni poklashiga ishonishingiz uchun qo'lingizni olib sizga yordam beradi.

Najodkor bu shifo topgan kishini ruhoniylarning oldiga ular bu qo'rqinchli kasallik ustidan Xudoning zafarini tasdiqlab, doyim Isoga ishonib, U gunoh va uning natijalari ustidan hokim ekaniga dalolat berishlari uchun jo'natdi. Masih Qonunni va uning amrlarini bekor qilmadi balki sevgisi va kamtar ruhi bilan buni bajo keltirdi.

IBODAT: Ey Ota, biz Senga rahmat aytamiz, chunki Sening irodang har doim najodimizni va poklanishimizni qidiradi. Sen bizlarni poklanishimizni, Senga sajda qilishimizni va Isodagi najod uchun rejangni e'lon qilishimizni xohlaysan. Iltimos biz poklanib, najodimiz uchun gunohlarimiz va kasalliklarimiz va muammolarimizni Unga berishimiz va Uning oldiga kelishimiz uchun bizga imon jasoratini va to'liq ishonchni o'rgat, chunki Sen bizni poklanishimizni va abadiy qutqarilishimizni xohlaysan. Omin.

SAVOL:

  1. Matto nima uchun Masihning mo'jizalarining birinchisidek, moxovning shifo topishini eslatib o'tgan?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)