Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 079 (False Prophets)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
4. OSMON SHOHLIGI QOIDASINING HULOSASI (Matto 7:7-27)

d) Sohta Payg'ambarlar (Matto 7:15-20)


MATTO 7:15-20
15 “Sohta patg'ambarlardan ehtiyot bo'linglar! Ular sizning oldingizga qo'y kiyimida keladilar, lekin ichlaridan yirtqich bo'rilardir. 16 Ularni mevalaridan bilib olasizlar. Tikanakdan uzum, yoki yantoqdan anjir terisharmikan? 17 Har bir yaxshi daraxt yaxshi meva berar, yomon daraxt esa yomon meva berar. 18 Yaxshi daraxt yomon meva berolmas, yomon daraxt ham yaxshi meva berolmas. 19 Yaxhsi meva bermaydigan har bir daraxt esa kesilib, olovga tashlanadi. 20 Shunday qilib, soxta payg'ambarlarni mevalaridan bilib olasizlar.
(Matto 24:4-5; Yuhanno 15:2.6; 2 Korinfliklarga 11:13-15; Galatiyaliklarga 5:19-23)

Masih bizni baland so'zlari bilan solihlikni qidiradiganlarni adashtiradigan sohta ustozlarga qarshi ogohlantiradi. Shayton insoniy va bilimni da'vo qilib yolg'on va qalbaki, ikkiyuzlamachilarni ishlatadi. Bu kishilarni Shayton ular orqali dono mo'jizalarni ko'rsatadigan tilsim kuchlari orqali va payg'om va ko'rinishlar bilan xalqni tortishlari uchun umumiy gapiradigan in'om bilan ularni ilhomlantiradi. Odamlar mo'jizalar ko'rishni yoqtiradilar va bunga tezda ishonadilaru lekin yuzaki ishonadilar.

Ehtiyot bo'ling va boshqa ruhga o'zingizni topshirmang yoki hamma dinlarga ham ishonavermang. Xushxabar orqali ehtiyotkorlik bilan boshqa aqidalarni tekshiring, chunki jamoat va uning cho'ponlari sizni qutqarmaydi, barhayot Masih yagona Najodkordir.

Boshqa xushxabarni voizlik qiladigan va Masihning qoni bilan gunohlarni kechirimini taqdim qilmaydigan kishi zararli yurak bilan bo'lgan bo'riga o'xshaydi, hatto u qo'zining kiyimida ko'rinadi. Shunga o'xshab Masihning Ruhi orqali yangi tug'ilishni voizlik qilmaydigan har bir ruhoniy boshqalarga jinoyatdir, chunki Masih biz imon orqali abadiy hayotni qabul qilishimiz uchun o'lgan.

Sizni ro'za tutish, ziyorat qilish va hayr-ehson berish orqali sohta poklanishga va yolg'on gap bilan sizni adashtirishga harakat qiladigan kishi yolg'onchidir, chunki inson o'zining harakatlari bilan oqlanmaydi, balki faqat Xudoning inoyati orqali oqlanadi. Agar siz najodni qidirsangiz, aniq kunlarni saqlab va insoniy xizmatlar orqali Xudoni qoniqtirish uchun qonun va urf-odatlarning bog'liqligiga sizni olib keladigan voizxonlar va dindorlarga yopishib olmang. Shunday qonunshunostlik muqaddaslikni olib kelmaydi. Siz faqat Masihning o'limi orqali oqlanasiz va U qonida imoningiz bilan qoniqadi.

Farishta ko'rinishlarini, yorqin ko'rinishlarni, porloq nurlarni va ruhshunostlikning har bir turlarini chetga surib qo'ying. Yagona Masihga qayting, chunki Shayton insonlarni jalb qilib, ko'plarni tortish uchun mo'jizalarni ko'rsatib va ularni xochga mixlangan Isodan uzoqlashtirib, o'zini nurli farishtaga o'zgartiroladi. Agar siz ovozlarni eshitsangiz yoki tushlarni orzu qilsangiz, bular haqida tashvishlanmang, chunki Shayton siz o'zingizni tanlangan payg'ambar va qudratli islohatchi deb o'ylashingiz uchun ongingizga yomon fikrlarni tuzishga qodirdir. Natijada siz o'zingizdan mag'rurlanib, boshqalarga mag'rurlik bilan qaraysiz. Siz yer-yuzidagi buyuk gunohkor ekaningizni yodda tuting. Vasvasachiga siz kuchiz va kichkina ekaningizni lekin Masihda qutqarilganingizni yodda tuting. (Matthew 16:24) Sizda “Agar kim Menga ergashishni istasa, o'zidan kechsin va o'z xochini ko'tarib, orqamdan yursin” (Matto 16:24) deb sizga aytadigan Masihning najodida hech qanday dunyoviy hurmat, joy yoki holat yo'q.

Sevgi bilan o'ziga tamoshobinlarini jalb qiladigan har bir ruhoniy yoki voizxon pasroq ruhdandir, chunki haqiqiy elchilarni Masih o'zlariga qarashdan Masihning shaxsidagi imonga imonlilarni o'zgartiradi. Shuning uchun kimdirning buyukligidan qoyil qolmang, faqat xochga Mixlanganing izini izlab, Unga ergashing. Siz ularning shaxslarining, so'zlarining va xatti-harakatlarining hosillaridan ularni bilib olasiz.

Agar siz ularni haq yoki nohaq ekanini bilmoqchi bo'lsangiz, ular qanday qilib yashashiga diqqat eting. Ularning ishlari ular uchun va ularga qarshi dalolat beradi. Ulamolar va Farziylar Musoning kursida o'tirishgan va qonunni o'rgatishgan, lekin ulardan ko'plari mag'rur, ochko'z, sohta va jinoyatchi bo'lishgan. Shuning uchun Masih shogirdlarini bulardan va ularning “hamirturushidan” xabardor bo'lishga ogohlantirgan. Agar kimdir payg'ambar bo'lishga da'vo qilsa, uning hayoti da'volarini yolg'onligini isbotlaydigan buzuqlikdir. Sohta payg'ambarlar Masihning xochidan nafratlanadilar. Ular nimani e'lon qilsalar, ularning Xudolari ularning qorinlaridir. Ular haqiqiy Xudodan yuborilmaganlar yoki ilhomlanmaganlar. Ularning hayotlari ularni nopok ruh yetaglashiga dalolat beradi. Ular Xudoning qonunini e'lon qilishlari mumkin, lekin harakatlari o'zlari gapiryotgan narsalarga qarama-qarshidir.

Ehtiyot bo'ling, o'zingizning kuchingiz bilan odamlarni Masihga boshlayman deb o'ylamang. Agar siz imon bilan tavba qilish orqali barcha gunohlaringizdan bosh tormasangiz va ruhiy o'limning manbalaridan o'zingizni chetlatmasangiz, siz adashgan darbadar bo'lib qolasiz. Siz o'zingizning fikrlaringizni voizlik qilmasdan, balki Muqaddas Ruhning kuchida kamtar va qoniqib yashashingiz uchun sizga O'zining muqaddasligini va mehrini berishini Undan so'rang. Dushmanlaridan va nodonlardan nafratlanadiganlar Xudodan emaslar. Barhayot gunohkor bechoralarni qutqarish va kuchlantirish uchun bu dunyoga mehribon O'g'lini jo'natdi. Shon-shuxratni va oliy hurmatni izlaydiganlar Masihning izdoshlari emaslar. Masih har doim Otasi Uni e'zozlagani kabi, Otasini e'zozlagan. Iso pul yig'magan, balki qoniqqan, biz ham boyliklarimizdan maqtanib o'zimizni aldamasligimiz kerak, balki mehnat qilib hayotimizga kundalik oziq-ovatni yetkazish uchun harakat qilishimiz kerak. Pavlus o'zini misol qilib ko'rsatgan. Yuragingizning pokligi va gapingizning tozaligi sizning aslingiz Xudodan ekaniga aniq dalildir, chunki Muqaddas Ruhning kuchi bilan gapiradigan kishi hursand yashaydi va himoyalanadi.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, biz Sendan minnatdormiz chunki O'g'ling bizni yolg'ondan va takabburlikdan qutqardi, va Uning xabarchilari bizni Senga boshladi. Iltimos biz adashmasdan ruhlarni farqiga bora olishimiz uchun, yaxshi hosillar keltirishimiz uchun, hech kimni hafa qilmasdan, balki yagona Najodkor Isoga ularni boshlashimiz uchun Haqiqat Ruhinga yuraklarimizni ochgin. Omin.

SAVOL:

  1. Yolg'onchi kim?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)