Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 078 (The Two Ways)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
4. OSMON SHOHLIGI QOIDASINING HULOSASI (Matto 7:7-27)

c) Ikta Yo'l (Matto 7:13-14)


MATTO 7:13-14
13 “Tor eshikdan kiringlar! Chunki halokatga eltuvchi yo'l ko'p enli, darvozasi esa kengdir. Ana shu tomon yurayotganlar ko'p. 14 Hayot sari eltuvchi yo'l esa tang, eshigi juda tordir. Bu yo'lni topadiganlar oz.
(Matto 19:29; Luqo 13:24; Havoriylar 14:22)

Xudo sizni Uning oldiga kelishingiz uchun taklif etadi. Lekin jannat eshigi qayerda? Masih degan, “Men eshikman” va agar kim Isoda bo'lgan Xudoning sevgisini qabul qilmasa hech kim jannatga kirolmaydi. U bizning gunohlarimizni olgan. Isoda siz gunohlaringizdan tozalagan bo'lib Xudo oldiga kelolasiz. Gunohlaringiz bartaraf bo'lmasdan, siz tor eshikdan o'tolmaysiz. Xudo bizni poklashi uchun gunohlarimizni tan olishimizga to'g'ri keladi. Xoch faqat jannatga yetaklovchi eshikdir.

Keng enli yo'lda, sizda erkinlikning mo'l-ko'lchiligi bo'ladi. Bu eshik yolg'on yo'llarida to'g'ri borishlari uchun ko'plarni jalb qildirish uchun keng ochiq turadi. Siz butun hirslaringiz bilan bu eshikdan borishingiz mumkin. Bu sizning ishtahangizga va ehtiroslaringizga hech qanday hisob bermaydi. Siz “yuragingizning yo'llarida va ko'zlaringizning qarashida yurishingiz” mumkin (Voizlik 11:9), bu eshik yetarli xona beradi. Bu keng yo'ldir, chunki bu yo'lda yuradiganlarni himoya qilish uchun hech narsa yo'q, biroq ular yo'qolgan va cheksiz adashganlar. Keng yo'lda kop yo'laklar bor, gunohkor yo'llarning tanlovi, va bir-biriga qarama-qarshilik bor, lekin bu keng enli yo'lda barcha yo'laklar oxirlaydi.

Bu Yo'ldan va bu eshikdan boruvchilar ko'p. Agar biz olomonga ergashsak, biz yovuzlik qilamiz. Agar biz xalq bilan borsak, bu nato'g'ri yo'l bo'ladi. Bu biz uchun ko'plar borganidek oqim bilan borish uchun tabiy bo'ladi. Keng enli yo'ldan boruvchilar aniq do'zaxga tushadi. Biz ularga qo'shilmasligimiz kerak, chunki biz jannatga boradigan yo'limizdamiz.

Isoga ergashadigan yo'l osson emas. Bu har doim agar vodiylar o'ng va so'l tomondan safar qiluvchilarni yutish uchun og'izlarini ochib tursalar to'glardagi yo'l ko'rsatuvchilarga yaqindan ergashish uchun buyuk e'tiborni talab qiladi. Hayotingizning cho'qqi va vodiylaridan yurganingizda havf-hatardan qo'rqmang. Yo'l boshqaruvchingiz Isoga ergashing. Chuqurga qulamasdan balki hayotingizning maqsadi, Xudo bo'lgan cho'qqiga yetib borishingiz uchun imon arqoni bilan Unga bog'lanib oling.

Masihning izdoshlari juda kam. Xudoning sevgi yo'li chiroyli ekanini odamar tushunishmaydi. Ular mehribon najodkorga muhtojmasmiz, biz to'g'ri yo'ldan ergashib, yaxshi, solih kishilarmiz deb o'ylab, chuqurning tubiga tushadigan keng enli yo'lda yurib Xudoga itoatsizlik qilib, yolg'on hirs va umidlarning yo'llariga mag'rurlarcha shoshiladilar. Xudosiz yashaydigan kishilarda haqiqiy hursandchilik va hech qanday baht yo'q. Ular yayrashadi, ichishadi va zino qilishadi, shunda ularning yo'llari abadiy do'zaxga ularni to'g'ri boshlaydi.

Siz qayerga ketyapsiz? Qaysi yo'ldan ketyapsiz? Xudoga boshlaydigan yo'ldanmi yoki shaytonga boshlaydigan boshqa yo'ldanmi? Tezda javob bermang, chunki xudojo'y Farziylar Masih davrida osmonning chiptasi hamyonimizda deb ishonishgan. Ular shekishdan va ichishdan tiyilganlar, odobli kiyimlar kiyishgan, to'xtovsiz ibodat qilishgan, bir necha kunu tun ro'za tutishgan, ehson va qurbonliklar keltirishgan va dalillar berishgan. Lekin bu narsalardan qat'iy nazar, shunday sajdaning harakatlari yetarli emas edi. Ular do'zax otashiga eng yaqin insonlar bo'lishgan, chunki ular mag'rurlikda yurishgan. Shayton ularni o'z solihliklari orqali, to'g'ri do'zax o'tiga uloqtiradi.

Ruhiy hursandchilik bu biz imon va xudojo'ylik hayotini boshlashdagi tor yo'ldan boradigan yo'ldir. Biz yangi tug'ilish orqali gunoh holatidan inoyat holatiga o'tamiz. Bu degani ikki qoya o'rtasidagi yo'lakka o'xshagan o'tish uchun qiyin va topishga qiyin bo'lgan “tor eshik” dir. Xudo sizga yangi yurak va yangi ruh beradi, lekin eski narsalarni o'ldirish kerak. Qalbning moyilligi o'zgaradi, butun kunimizda qilinyotgan buzuq qiziqishlar va buzilgan urf-odatlar to'xtatilishi kerak. Ba'zan inson o'ziga qarshi turishidan butun dunyoga qarshi turishi ossonroqdir, va bu o'zgarishda shunday bo'lishi kerak. Bu “tor eshik” dir, chunki biz engashishimiz kerak, yoki bu yo'lda borolmaymiz. Biz kichkina bolalardek bo'lishimiz kerak. Yuqori fikrlar pasayishi kerak. Biz o'zimizdan kechishimiz kerak, dunyoni va eski kishini to'xtatish kerak. Biz Masihdagi qiziqishimiz uchun hammasini qoldirish uchun tayyor bo'lishimiz kerak. Bu eshik hamma uchun tordir, lekin bu boylarga yoki dinga qarshi uzoq zararlanganlarga ko'ra torroq tuyiladi. Bu eshik tordir. Xudoga shukurki, bu eshik alangali qilich bilan qo'riqlanmaydi, yoki yaqin orada bo'ladigani kabi bu eshik bizga qarshi berkitilib qo'yilmaydi (Matto 25:10).

Bu ish odilona ifoda etiladi. Hayot va o'lim, yaxshi va yomon, ikkala yo'l va ikkalasining nixoyasi oldimizga qo'yilgan. Bu ish o'zining har bir yo'lida olinadi va bu odillik bilan hisoblaniladi, va siz yuradigan yo'lingizni tanlang. Bu yo'l o'zini tayinlaydi va munozaraga ruhsat bermaydi. Hech qanday kishi o'zining tuyg'ularida osishga hukm bo'lish uchun borishni tanlamaydi, chunki unda tekis va yoqimli yo'l bor, yoki u taxt va saroyning taqdimini rad etadi, chunki bunda notekis, iflos yo'l bor. Biroq shunday bema'niliklar insonning qalblaridan bo'lgan ayiblaridekdir. Shuning uchun kechikmang; endi hayolga cho'mmasdan, balki tor eshikka kiring; bu eshikni doimiylik ibodatlar va harakatlar bilan va samimiylik bilan taqillating, shunda bu eshik ochiladi. Bu haqiatdir, biz ilohiy inoyatning yordamisiz na kirolamiz, na davom etolamiz. Lekin bu inoyat izlaydiganlarga tekinga berilishi va kechiktirilmasligi ham to'g'ridir. Qayta tug'ilish mantiqiy emas, balki ruhiydir. Bu osmondagi Otamiz orqali tekinga beriladi.

IBODAT: Ey buyuk Ota, Sen muqaddas sevgisan. Iltimos mening tanaviy g'amlarimni va boshqalarni mensimaganim uchun meni kechir. Men Tinchlik Shahzodasiga barcha farzandlaring bilan muqaddaslik yo'lida birga borishimiz uchun, bo'yinturug'imning og'irliklaridan meni ozod qilishing uchun xochga mixlangan Masihinga qaytish uchun menga yordam ber. Qo'rquv va vasvasalardan qat'iy nazar O'zinga meni yaqinlashtir, chunki O'g'ling yangi ahdida meni O'zi bilan bog'ladi. Omin.

SAVOL:

  1. Osmondagi Otamizga boshlaydigan eshik va yo'l nima uchun tor?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)