Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 075 (He Who Knows His Lord)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
3. YOVUZ MAQSADLARIMIZ USTIDAGI G'ALABA (Matto 6:19-7:6)

c) Rabbiysini Biladigan Kishi, Boshqalarni emas, O'zini Hukm Qilsin (Matto 7:1-6)


MATTO 7:6
6 Muqaddas bo'lgan narsani itlarga bermang, marvaridlaringizni cho'chqalar oldiga tashlamang. Tag'in bularni oyoq osti qilib, so'ngra o'zingizni tilka-pora qilmasinlar!”
(Matto 10:11; Luqo 23:9)

Xochning dushmanlariga najodni taklif etishda shoshilmang va buzuq kishini qutqarolaman deb o'ylamang chunki Masihning O'zi Najodkordir, bizlar faqat Uning mehribon qo'lidagi qurollarmiz holos. Ko'p dunyoviy fikrlagan odamlar ular mazxara qilib rad etadigan, yoki Muqaddas Uch Birlikning birligini qabul qilishga tayyor bo'lmaganlar va Xudoning Kalomini eshitishga tayyor emaslar. Tezda xushxabarning mag'zini ularga aytmaslik uchun ehtiyot bo'ling, chunki ular darhol buni tushunolmaydilar. Agar ular buni rad etgan bo'lsalar Najodkor haqidagi ruhiy fikringizni qabul qilishga ularni majbur qilmang. Yangilanish va o'zgarishingiz haqida kengaytirilgan tilda gapirmang chunki ular agar Rabiyning Ruhi quloqlarini ruhiy sirlarga ochmasa, ular bu haqiqatni tushunolmaydilar va ular sizning ustingizdan kulib, vasvasaga yo'liqtiradilar va sizni yo'q qilish uchun qopqon ochadilar.

Xudoning Ruhi ular ustidan o'tib, ular yorishishlari uchun va ular uchun yaxshi narsani payqay olishlari uchun Uning so'zini qabul qilishlariga yuraklarini tayyorlash uchun ibodat qiling.

Haqiqatning har bir izlovchilarini o'zingizning xudojo'yligingizga emas, balki Masihga boshlang. Yovuz ruh odamlarni yo'q qilish uchun pisib yotadi va agar bu ruhlar Isoni rad etayotgan kishini ushlab olsa, ular bu kishida yashaydilar va u hayvonlarga va bundan yomonrog'iga o'xshab harakat qiladi. O'zingiz kuchingiz bilan yo'ldan adashgan shunday kishini qutqarib qolaman deb o'ylamang. Biz ularni Masihning nomidan sevishimiz kerak va qamrab olinganlarni hurmat qilishimiz kerak. Hatto ular Masihni rad etib, kufrlik qilishsa ham va Uning kechirimini bilishmasa ham, Iso ularning gunohlari uchun ham o'ldi.

Insonlarni hukm qilmang yoki uni o'z kuchingiz bilan najodga olib kelishga urunmang, chunki bu ikkalasi ham faqat Xudoning ishi. Xudo sizni Masihiga ergashishga, Uning vakolatini e'lon qilishga va imoningiz orqali kuchini sezishga sizni taklif etadi. O'ylashingizdan ko'ra ko'proq ibodat qiling. Gapirishingizdan ko'ra uzliksiz xushxabarga kirib boring. Hech qachon hukm qilmang, balki seving, duo qiling va Xudoning sevgisi unda o'zini ochishi uchun u uchun ibodat qiling.

Gunohga bo'lgan bizning g'ayratimiz ehtiyotkorlik bilan boshqarilishi kerak. Biz qotib qolgan nafratlanadiganlarga tanbeh berish uchun, maslahat berish uchun va yo'l-yo'rig' berish uchun bormasligimiz kerak. Bu aniq yaxshi bo'lmaydi balki bu bizga nisbatan g'azablantiradi.

IBODAT: Ey Ota, iltimos bizning hukmlovchi ma'g'rurliklarimizni kechirgin. Biz odamlarni haqiqatdan bilmaymiz va tushunmaymiz va biz ulardan ko'ra yaxshiroq emasmiz. Biz Sening muqaddas bolalaring bo'lishimiz uchun, yo'qolganlarni sevishimiz uchun va himoyang ostida muqaddaslanishimiz uchun takabburligimizdan va nopokliklarimizdan bizni tozala. Iltimos yovuzlarga shavqat ko'rsatib ularni sevishni bizga o'rgat. Biz yovuz ruhlarga chalinganlar uchun va Sen ulardan yovuz ruhlarni olib tashlashingni va Muqaddas Ruhing kelishi uchun ibodat qilamiz. Iltimos bizlarni Isoning qimmatbaho qonu ostida saqlagin. Omin.

SAVOL:

  1. Xudoning So'zini eshitishni istamaganlarni qanday qilib sevishimiz kerak va ularga qanday qilib xizmat qilishimiz kerak?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)