Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 074 (He Who Knows His Lord)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
3. YOVUZ MAQSADLARIMIZ USTIDAGI G'ALABA (Matto 6:19-7:6)

c) Rabbiysini Biladigan Kishi, Boshqalarni emas, O'zini Hukm Qilsin (Matto 7:1-6)


MATTO 7:1-5
1 “Boshqalarni hukm qilmanglar, siz ham mahkum bo'lmaysiz. 2 Sizlar qanday hukm qilsangiz, sizga ham shunday hukm o'tkaziladi. Sizlar qanday o'lcho'v bilan o'lchasangiz, sizga ham shunday o'lchov tadbiq etiladi. 3 Nega sen birodaring ko'zidagi cho'pni ko'rasanu, lekin o'z ko'zingdagi xodani sezmaysan? 4 Sening ko'zingda xoda bor ekan, qanday qilib birodaringga: 'Kel, ko'zingdagi cho'pni chiqarib olay', - deysan? 5 Ey ikkiyuzlamachi! Oldin o'z ko'zingdan xodani chiqarib ol, keyin birodaring ko'zidan cho'pni qanday chiqarmoq uchun ko'zing ochiladi.
(Ishayo 33:1; Mark 4:24; Rimliklarga 2:1; 1 Corinfliklarga 4:5)

Masih xalqida va shogirdlarida bo'lgan tosh yuraklikdan, ikkiyuzlamachilikdan va mag'rurlikdan azoblandi. U ularga boshqani hukm qilmasdan balki birinchi o'zlarini hukm qilishni buyurdi. Masihning Qonuni bizning yomonligimizni va nopok maqsadlarimizni ochib beradi, bularning sabablari va qarorlari bulardan chiqadi. Iso fikrlarimizning manb'asini o'zgartirishni xohlaydi va birinchi fikrlarimiz, nutqlarimiz va harakatlarimizning hammasi o'zgarishi uchun yuragimizni yangilashni istaydi.

Biz birinchi o'zimizni va xatti-harakatlarimizni hukm qilishimiz kerak, lekin aka-uka va opa-singillarimizni hukm qilmasligimiz kerak. Rabbiy bizga boshqalarni hukm qilish uchun huquq bermagan. Biz har bir kishiga so'zimizni qonun qilish uchun hukm kursida o'tirmasligimiz kerak.

Biz aniq sababsiz agar bu o'zimizning qizg'anchiqligimiz va nosog'lom tabiatimizning hosili bo'lsa aka-uka va opa-singillarimiz ustida hukm o'tkazdirmasligimiz va hukm qilishda shoshilmasligimiz kerak. Biz odamlar haqida yomon o'ylamasligimiz kerak, yoki ularni adashtirish orqali so'zlaridan shunday yoqimsiz narsalarni tushunmasligimiz kerak.

Biz shavqatsizlik bilan, mehrsizlik bilan yoki g'azab ruhi bilan va ahloqsizlik qilish uchun xohish bilan hukm qilmasligimiz kerak. Biz bir harakat bilan insonning holatini yoki bizga ko'ra undagi narsani hukm qilmasligimiz kerak, chunki biz asl holatimizda komilsiz bo'lish uchun mos kelamiz.

Biz boshqalarning yuraklarini, yoki maqsadlarini hukm qilmasligimiz kerak, chunki bu yuraklarni harakatga keltirish Xudoning huquqidir, va biz Uning o'rniga Hukmdordek qadam tashlamasligimiz kerak. Biz ularning abadiy holatlarining hukmdorlari bo'lmasligimiz kerak, yoki ularni ikkiyuzlamachilar, zinokorlar, buzuqlar yoki uyatsizlar deb atamasligimiz kerak.

Agar biz boshqalarni hukm qilsak, biz ham bir hil tarzda hukm qilinamiz. Kursilarni haqoratlaydigan kishi ovga chaqiriladi. Hukm qilayotganlar o'zlari tez-tez hukm bo'ladilar; har bir kishida o'ziga otiladigan tosh bo'ladi. Har bir kishiga qarshi qo'li va tili bo'lgan odamda har bir kishining unga qarshi qo'li va tili bo'ladi. Boshqalarning hurmatiga shavqat ko'rsatmaganlarning hurmatiga hech qanday shavqat ko'rsatilmaydi.

Biz boshqalarni shoshilib va yuzakiylik bilan hukm qilishimizni va ularni kuchsiz yoki kuchli, yomon yoki yaxshi, foydali yoki zararli deb hisoblashimizni tan olishimiz kerak. Biz tez-tez ular haqida yomon so'zlar aytib, ulardan nafratlanib rad etamiz. Inson barhayot Hukmdor bo'lgandek harakat qiladi. U boshqalarni hukm qilib, o'zini yaxshi, tushunishga loyiq va boshqalarni tan olishga loyiqman deb hisoblaydi. Masih shunday o'yni rad etadi va ko'p sabablar uchun buni itoatsizlik deb hukm qiladi.

Biz insonning ichini yoki otabobolaridan meros bo'lib olgan holatini yoki bolaligidan beri o'sish jarayonida qatnashgan atrof muhitining ta'sirlarini bilmaymiz. Kim hukm qilsa xuddi shu o'lchov bilan hukm qilinadi. Shuning uchun, shavqatsiz hukmlaringiz orqali o'zingizni hukm qilmasligingiz yoki barbod qilmasligingiz uchun biror kimsa ustida shoshilib hukm yuritmaslikka ehtiyot bo'ling.

Bu boshqalarning buzuq jamiyati tufayli gunoh qilganida yoki nopoklik qilganida ularga tanbeh berishdan bizni to'xtatmaydi. Ba'zi do'stlar kechirimda yashaydigan jamiyatdan foydalanib ifloslikni va zinoni amalda qiladilar. Aka-uka va opa-singillar, biz ularga shunday deb aytishimiz mumkin, “Siz dunyoni va boshqalarni hukm qilmasdan o'zingizni hukm qilishingiz kerak.”

Daxshatliroq narsa shundaki, bu dunyo bilan ehtiyotsizlik qilib teng bo'ladiganlardir. Ular qumor o'ynaydilar, quvonadilar va zinoga beriladilar, va agar siz ularning hulqlari haqida ulardan so'rasangiz, ular shunday deb javob beradilar, “Bu kelajakdagi suyanchig'im bilan kelishuvda yashashni o'rganishim orqali bo'lgan ijtimoiy muhtojlikdir, achinishdan ko'ra yaxshiroq bo'ladi.” Bularga biz aytishimiz mumkin, “Bu suyanchig' keyinchalik va'dasida turishini va o'z xohishini qondirib bo'lgandan keyin siz bilan turmush qurishini kim sizga aytdi, sharbatini izlab bir guldan boshqasiga uchadigan aridek boshqalarning oldiga harakatlanmang.

Xudo shavqatlidir. U hatto zinokorlarni va o'g'irilarni sevadi va ularni qutqarishni izlaydi. Agar siz kimdirni hukm qilishga majbur bo'lsangiz, keling bu zo'ravonlik, qattiq qo'llik va nafrat bilan emas, balki sevgi va to'g'rilik bilan sekin-asta qilinsin. Boshqalar so'zlaringiz va xatti-harakatlaringiz orqali sevgingizni va hurmatingizni sezishi kerak.

Agar har bir kishi Xudo ularni bilgani kabi o'zlarini bilishsa, ular o'zlarining nopokliklaridan, mag'rurliklaridan, ziqnaliklaridan, chegaralangan bilimlaridan va ilm va san'atlaridagi qobilyatlaridan uyalgan bo'lar edilar. Har bir kishi boshqalarni hech qachon hukm qilmasdan balki birinchi o'zini hukm qilib, gunohlaridan, buzilgan holatidan, o'zidan jirkanganidan va mag'rur qalbida singanidan xabardor va kamtar bo'lishi uchun Xudoning muqaddasligining nurida birinchi o'zini odilona imtihon qilishi kerak. O'zidan kechib har kuni xochini olib Isoning ortidan ergashadigan kishi baxtlidir. Shunda uning mag'rurligi oxiriga yetadi va u boshqalarni hukm qilmaydi, u kishi oldin birinchi buzuqqligini bilib buni tan olgan. Tavba qilish o'zaro tushunishni va sevgini tayyorlaydi va ruhan singan kishi mehri va sevgisi bilan sinmaganlarga yordam beroladi va ularni eng buyuk ruhshunost bo'lgan suyukli Najodkorlariga boshlaydi.

Masih o'zini boshqalardan ko'ra yaxshiroq deb o'ylaydigan har bir kishini ikkiyuzlamachi, haqiqiy ishlardan bexabar deb nomlaydi, chunki bu kishi hali o'zining holatini bilmagan. Bir tomondan, Masih Unga qaytadigan kishini qutqaradi, bu o'z mag'rurligidan Uni qabul qilish uchun tayyorlangan va sevgisining barhayot uyiga uni olib boradi. Xudoning O'g'liga ishonadigan kishi hukm bo'lmaydi, lekin Xudoning O'g'liga ishonmaydigan kishi allaqachon mahkum bo'lgan, chunki u oxirgi hukmda takabburligini rad etadi va dunyo uchun tayyorlangan Xudoning abadiy to'lovini mensimagan.

IBODAT: Ey barhayot Hukmdor, buyuk gunohkor bo'lgan menga rahm qil! Men ko'p do'stlarimdan va yo'l boshlovchilarimdan nafratlanib ularni hukm qildim. Iltimos mag'rurliklarimni kechir va men o'zgarib Sen bizga shavqatli bo'lganing kabi men ham hammaga shavqatli bo'lishim uchun meni mag'rurlikdan tozala. Agar men birorkimning hayoti haqida qarorlar qilsam, birinchi irodangni o'rganishim uchun iltimos menga donolik, sevgi va ogohlik bergin. Iltimos men o'zimni birinchi hukm qilib va o'zimdan kechib, har kuni xochimni ko'tarib Senga ergashishim uchun menga yordam ber. Omin.

SAVOL:

  1. Masih nima uchun boshqalarni hukm qilishdan bizni taqiqladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)