Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 070 (Seeking Reconciliation)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
2. XUDO OLDIDAGI BURCHLARIMIZ (Matto 6:1-18)

d) Kechirimni aniq Izlash (Matto 6:14-15)


MATTO 6:14-15
14 Agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirsangizlar, samoviy Otangiz ham sizni kechiradi. 15 Biroq, agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi.
(Mark 11:25)

Iso bizga ko'pincha faqat kechirim sevgisi Qonunning bajarilishidir deb aytishiga to'g'ri kelganligi qanday uyatli. Agar biz mustaqil ravishda Xudoning sevgisidan bosh tortsak, Qudratli bizga kuchliroq bo'ladi, agar biz Unga qarshi yuraklarimizni tosh qilib olsak, biz hukmga duchor bo'lamiz.

Iltimos aziz do'stim o'zingizni tekshirib ko'ring. Xudo sizni yangiladimi va O'zining mehriga to'ldirdimi? Va bu yangilanish qanday qaraydi?

Osmondagi Otamiz sizni atrofingizda samoviy tinchlikni tarqatish uchun sizni chaqirgan, chunki Xudoning bolalari tinchlik o'rnatuvchilardir. Siz nafratlanadigan birorta ayol yoki erkak kishi bormi? Bu sizning hayotingizda eng muhim inson bo'ladi, chunki Xudo u kishini sizni sinash uchun va yuragingizni imtihon qilish uchun jo'natgan, holbuki qasos va g'azab hali ham ichingizda bor. Qudratli Ruh sizning nafratingizni parchalab tashlashni qidiradi, qasdingizni yengib chiqib, siz bu qattiq kishini qabul qilishingiz uchun, uni haqiqatdan ham sevishingiz uchun, u kishi bilan uchrashib qolganingizda hursand bo'lishga, uyingizga uni taklif qilishga va uydagidek o'zini his qilish uchun sizni sabr-toqatga, kechirimga, ehtiyotkorlikka, bardoshga va yumshoqlikka o'rgatadi. Xudoning kechirimi har bir kishiga keltirildi, va bir-birimiz uchun kechirimimiz Yangi Ahdning asosidir. Qayerda bu holat sezilmasa, u yerda Xudoning shohligi yashamaydi. Dushmaningiz uchun sevgi imoningizning hosilidir. Siz kechirimingiz kamligida sizda va atrofingizda Muqaddas Ruhning ishlariga qarshi turasiz. “Dushmaningizni seving, sizni la'natlaganlarni duo qiling, sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qiling va sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun, sizga jabr-zulm o'tkazganlar uchun ibodat qiling.” Bu kechirim amrini bajaring, shunda siz Xudoning o'g'li yoki qizi va Masihning ukasi yoki singlisi bo''lib qolasiz.

Lekin agar siz yuragingizni tosh qilishda, qasos olishda, dushmaningizdan g'azablanishda va unga nafar bilan, qo'pollik bilan va qattiq qo'llik bilan muomala qilsangiz, siz Xudoga dushmansiz va Masihdan yana bir bor tonyotgan bo'lasiz. Sizning hamma ibodatlaringiz va xudojo'yligingiz ikkiyuzlamachi va yolg'onchidek ko'rinadi.

Pavlus do'sti Sila bilan zindonga tashlanganda, ular Xudoga madhiya kuylashgan, hatto oyoqlari zahiralarda bog'langan, shunda ular qonab ketgan. Biroq, ular o'zlarining kaltaklovchilarini va zondonbonlarini sevishgan va ular uchun ibodat qilishgan. Yer qimirlab ketgan, yuraklar o'zgargan, va zindonbonlar tavba qilishgan. Stefanni toshbo'ron qilishganda, u o'zining qotillari uchun ibodat qilgan, chunki Xudoning hamma bolalari xochga Mixlanganning nolasiga ergashadilar, “Ota, ularni kechirgin, chunki ular nima qilyotganlarini bilmaydilar” (Luqo 23:34).

Xudoning sevgisi bizning hamma gunohlarimizni kechirdi. Bunga qo'shilgan kishi va yuragini dushmanlariga ochadigan kishi Stefan osmon ochilganini ko'rgani kabi, u kishi ham osmon ochilishini ko'radi, va u kishi Xudoni Ota deb bilishga va o'zgarishga sabrlari ko'plab odamlarni boshlaydigan Pavlus va Silaga o'xshab, Xudoning kuchini ishda ko'radi. O'zingizni tekshirib ko'ring. Siz hayotingizda Xudoning Ruhi yashashiga va harakat qilishiga ruhsat berasizmi?

IBODAT: Ey Ota, biz yuraklarimiz achishib va haqiqiy qaror bilan tavba qilamiz. Iltimos bizning mag'rurliklarimiz uchun bizni kechir va bizga muqaddasligingni, kechirimingni va O'g'lingning yumshoqligini o'rgat. Sen kechirganing kabi biz ham har bir gunoh uchun har bir kishini kechirishimiz uchun bizga yordam ber, chunki Sen bizga mehribonchilik va yaxshilik bilan buni bizga tekinga berding. Bizdagi nafratni sevging va mehring bilan o'zgartirgin. Omin.

SAVOL:

  1. Osmondagi Otamiz bilan bo'lgan birlikda doim bo'lishimiz uchun nima muhim?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:26 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)