Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 069 (The Lord’s Prayer)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
2. XUDO OLDIDAGI BURCHLARIMIZ (Matto 6:1-18)

c) Rabbiyning Ibodati (Matto 6:9-13)


MATTO 6:13
13 … [Saltanat, kuch-qudrat va shon-shuhrat to abad Senikidir. Omin.]
(1 Solnoma 29:11-13)

Rabbiyning Ibodatining oxiridagi Otaning ulug'ligi jamoatning javobi, minnatdorchiligi va sajdasidir.

Masihiylar samoviy Otalari dunyoning egasiligini tan olishadi, chunki U buning yaratguvchisidir. U abadiylikdan yashab hukmronlik qiladi. Uning haqiqati barcha odamlarda yashayapdi, hatto ular Uning haqiqatini bilmasalar ham.

Kapitalizm va ijtimoiy tuzim yolg'onchi kuchlar bo'ldi. Farovonlik, qazilmalar va boyliklar odamlar tomonidan o'zlashtirilmagan. Ular osmondagi Otamizning buyumlaridir. Bu nima uchun biz boylik xudosiga sig'inmasligimiz, balki pulimizni va vaqtimizni samoviy Otamizga berishimizdir. Biz yerdagi narsalarga yopishib olmasdan balki barhayot Xudoga yopishib olishimiz kerak. U o'lmaslikning molikidir.

Samodagi Otamiz chek-chegarasi yo'q kuchlidir. Quyosh yadro kuchida so'nmasdan kunu tun nurlarini sochgani kabi, xuddi shunday Xudo ham barcha insoniyatni nurlantirish uchun ularga sevgisi bilan porlaydi, ularni asraydi va hatto ular rad etsa ham ularni himoya qiladi. Xudoning kuchi bizning tushunchamizdan buyukroqdir. Biz ba'zan yer qimirlaganda yoki chaqmoq chaqqanda buning muhimligini sezamiz. Hamma bombalar Jabborning buyuk kuchiga qarshi hech narsani birga shakillantirmaydi. Siz Xudoning ishiga, donoligiga, huzuri siz bilan ekaniga, va Uning xohishi sizni qutqarishiga ishonasizmi? Qudratli Xudo Otangizdir, shuning uchun siz qanchagacha Uning hurmati va sevgisi haqida ongsizligingizcha qolasiz?

Osmondagi Otamiz ulug'dir. Uni hech kim ko'rolmaydi, chunki biz tanaviymiz. Har bir tabiatdan bo'lgan inson Xudoning shohligiga kirishga qodir emas. Unga yangilanish, ruhan tug'ilish va Masih bilan tirilishi kerak. Xudoning So'zidan va Muqaddas Ruhning kuchidan qaytadan tug'ilmasdan, biz Xudoning ulug'vorligini ko'rolmaymiz. Lekin Samoviy Otaning ruhidan yangi tugiladigan kishi quyoshdek ajoyib bo'ladi. Bu o'zidan kelmaydi, balki bu ulug'vor otamizga yaqin bo'lishidandir. Shunda u ulug'likning yuragi muqaddas sevgi ekanini va bu biz Otamizga o'xshab ulug' bo'lishimiz uchun bizni Uning surati tomon o'zgartirishni xohlaydi. Najodimizning maqsadi ulug' bo'lishimiz emas, balki sevgi bo'lgan ulug'vorlikning man'basiga ko'ra o'zgarishimizdir.

Masih bizga Xudo Otaning qonuniy shaklidagi sevgi ekanini o'rgatgan. U bizni qimmatbaho hazina bo'lgan bu mashxur ibodat bilan ishontirgan. Bu ibodat haqiqatdan ham “otalik ibodat” dir, chunki bu otani ulug'lash uchun va Uning yagona ismini ulug'lash uchun Uning shaxsiga qaratiladi. Isoning e'lon qilish maqsadi biz Otani bilishimi, Uning farzandlari bo'lishimiz va ishonchimiz bilan Uni ulug'lab yer-yuziga shohligi kelishida Uni ko'rishni istaydigan otani bilishimizdir.

IBODAT: Osmondagi Otamiz! Sening isming ulug'lansin. Sening shohliging kelsin. Osmonda bo'lgani kabi yerda ham irodang bajo bo'lsin. Kundalik rizq-ro'zimizni bergin. Biz qarzdorlarimizni kechirganimiz kabi, biz qarzdorlarni ham hechirgin. Vasvasaga duchor qilmagin, ammo yovuz shaytondan halos qilgin. Saltanat, kuch-qudrat abadiy Senikidir. Omin.

SAVOL:

  1. Otangiz Xudoni qanday qilib ulug'laysiz?

Rabbiy Ibodatining Yakuni


Agar siz Muqaddas Kitobdagi eng muhim ibodatga sodiqlik bilan kirib borsangiz, qimmatbaho so'zlar ustida fikr yuritib bu uchun yuragingizning tubidan ibodat qilsangiz, siz sizni hech qachon tark etmaydigan va siz uchun qayg'uradigan Otangizga yaqinlashasiz. Siz bu ilohiy misol ibodatidan nimani juda uzoq tushundingiz va nazorat qildingiz? Qudratli Xudo hayotingizda va tushunchangizda Samoviy Otangiz bo'ldimi? Siz U bilan to'g'rima to'g'ri gaplashasizmi? Siz Uning sevimli farzandlaridan biri bo'ldingizmi? Yoki siz hali ham Undan uzoqdamisiz? Siz imon va loyiq haqiqat bilan O'zining Otaligida sizni qabul qilgani uchun Unga rahmat aytasizmi?

Masih bizga faqat qudratli Xudo buyuk Najodkor, Jabbor va barhayot Hukmdorligini e'lon qilmadi. U bizni birinchi bu ahdning Rabbiysiga va Ulug'vor Ustozga ibodat qilishni o'rgatmadi. U bizni O'zining Otasiga abadiy oilasining a'zolari bo'lish uchun shaxsiy huquqlarini biz bilan bo'lishib, bizni sifatli qilib Uning oldiga boshlaydi. Iso Masihning to'lovi orqali biz Xudoni Otamiz deb chaqirish uchun imtiyoz olamiz, chunki Masih bizni U bilan yarashtirdi. U bizga Otaning ismini ulug'lashni va U bizning hayot va umidlarimizning mohiyati bo'lishi uchun fikrlarimiz va umidlarimiz uchun markazdek Uni qabul qilishimizni buyurdi.

Biroq, Muqaddas Ruh biz bilan “Abba, Ota!” deb baqiradi. Ruhning O'zi bizning ruhimiz bilan biz Xudoning bolalari ekanimizga guvohlik berib turadi (Rimliklarga 8:15b-16). Chunki samoviy Ota bizni O'g'lining to'lovi tufayli asrab oladi va Muqaddas Ruh bizda yashashi uchun U orqali qayta tug'ilishni bizga hadya etadi. U bizni O'taligiga loyiq qiladi va O'zining shohligida xizmati bilan turtki beradi va abadiy sevgisi bilan bizni muqaddaslaydi. Bu dunyoning negizi oldida Masihda tanlangan, noloyiq bo'lgan bizlar Uni ko'rishga va U bilan abadiy qolishga ko'z tikyapmiz. U O'zining har bir farzandini sevadi va intikadi. Siz ham Uni sevasizmi, Unga rahmat aytasizmi va Uni ulug'laysizmi? Rabbiy Ibodatining eng chuqurini ko'rsatadigan kishi butun xushxabarning mohiyatini oladi. Biz taniy olmagan, bizdan uzoq va qo'rqinchli bo'lgan xudoga ishonmaymiz, balki yaqindagi va Yangi Ahdda abadiy bizga O'zini ko'rsatgan sevgi Otasiga ishonamiz.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:26 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)