Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 067 (The Lord’s Prayer)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
2. XUDO OLDIDAGI BURCHLARIMIZ (Matto 6:1-18)

c) Rabbiyning Ibodati (Matto 6:9-13)


MATTO 6:12
12 Bizga gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin.
(Matto 18:21-35)

Gunohlarini tushunib yetadigan va ularni tan oladigan kishi bahtlidir. Sizni yovuz fikrlaringiz va harakatlaringiz uchun Osmondagi Otangiz kechirishini Undan so'rang, va ibodatingiz ijobat bo'lishiga ishoning, chunki Masih bularni xochda tozaladi. Yuragingizga Masihning inoyatini qabul qiling. Muqaddas Ruh sizni yupatadi va Xudoning tinchligini sizga beradi. Barcha gunohlaringizni tan olib, ular Masihda kechirilganiga ishoning. U sizni abadiy oqlagan. Siz Masihning to'lovining asosida sizga berilgan kechirim uchun osmondagi Otangizga rahmat aytingizmi?

Kechirimning so'rovi faqat jinoyatchilarga va xudosizlarga bog'liqmi yoki bu Masihning oqlangan farzandlarini ham qoplaydimi? Agar Muqaddas Ruh ichingizda yashasa, U sizga yovuz xohishlaringizning tubini, gunohlaringizning darajasini, ig'volaringizning ko'pligini, nafratingizning zaxarini va mag'rurligingizning tog'ini ochib beradi. Xudoning farzandlari har kuni har minut Masihning qonida tozalanishni izlashga judayam muktojdirlar. Xudo oldida hech kim o'zining ishlari bilan pok emas. Masihning qurbonligi U bilan hayotimiz uchun yagona asosdir. Biz uchun qurbon bo'lgan Qo'zi qonidan boshqa qalbimiz uchun yupanch yo'q. Masih faqat gunohkorlarga Rabbiyning ibodatini o'rgatmagan, balki U Xudo bizning Otamiz deb bilib tan olgan izdoshlariga birinchi bo'lib buni o'rgatdi. Bu biz har kuni U bizni har bir yovuz fikrdan, yovuz so'z va harakatdan poklaydigan ibodatdir.

Agar siz Najodkorning inoyati orqali gunohlaringizning kechirimini qabul qilgan bo'lsangiz, takabburligingizni yengishda dalda olib nopok harakatlaringizdan ozod bo'lgan bo'lsangiz, siz Iso sizni faqat shaxsiy gunohlaringiz uchun kechirimini so'rash uchun emas, balki siz taniydigan boshqa gunohkorlarni ham kechirish uchun Undan so'rashingizga ham sizni boshqaradigan Rabbiy Ibodatining beshinchi so'rovida topasiz. Solih odam yo'q. Har bir odamga sodiq Najodkor kerak. Sizdan har bir qonunning gunohlari uchun iltijo qilish talab qilinadi, shuning uchun sodiq iltijochi bo'linglar.

Masihning O'zi bu so'zlarni aytgan. U sevgisi tufayli, U dunyoning butun gunohini O'ziga oldi va U ibodatida, “Biz gunohkorlarni kechirgin!” deb so'rab, biz uchun shafoat qildi. Masih shogirdlarini, odamlarni va barcha insonzodlarni bu shafoat orqali ifodaladi. U bizlarning qarzlarimizni O'zinikidek va bizning o'rnimizga jazo olgandek qabul qildi. Bizning og'irliklarimizda qatnashadigan Muqaddas Rabbiyning kamtar sevgisi qanday buyuk (2 Korinfliklarga 5:21).

Bu yagona iltijo uchun Rabbiy Isoga shon-sharflar bo'lsin, bu haqiqatdan gunohkorligini va Xudoning jazosiga loyiq ekanini tan olish uchun bu haqida ibodat qiladigan har bir kishiga yordam beradi. Ishonch bilan bu so'rovni aytadigan har bir tavba qilgan inson mag'rurligicha qolmaydi chunki u kishi barcha insonlar qatori ayibdor ekanini tan olgan. Bu so'rov agar biz gunohkorlar Iso Masihning inoyati orqali oqlanganligimizni tan olsak, mag'rurlik va ikkiyuzlamachilikdan bizni ozod qiladi.

Bizning maqtovimiz qayerda? Siz qanday qilib Unga rahmat aytasiz? Uning umumiy kechirimini qachon ulug'laysiz?

Inson Yaratguvchi uning gunohlarini kechirganini qayerdan biladi? Va inson Hukm Kuni kelishidan oldin gunohlari to'liq yuvilganiga qanday ishonch qabul qiladi? Siz qanday qilib Xudo va Uning farishtalari oldida abadiy oqlangansiz? Siz xochga mixlangan Iso Masihsiz Undagi abadiy ishonchni qo'lga kiritmaysiz. U bu dunyoning gunohini olgan Xudoning Qo'zisidir. U hukmdagi sizning muoviningizdir. U sizning o'rningizga azob chekkan Zotdir. Uning to'lovi sizning to'liq solihligingizni o'rnatdi. U dunyoni Xudo bilan yarashtirdi. Unga ishongan kishi tekinga kechirimga va abadiy oqlanishga erishadi.

Agar siz Masihga Uning gunohlaringizning kechirimi va to'lovi uchun rahmat aytishni istasangiz, Iso Masih sizni kechirgani kabi siz ham dushmanlaringizni kechiring. Uning sevgisi dushmanlaringizni sevish uchun sizni yetaklaydi. Bu orqali, siz Uning sevisida kechirimning sirini ko'rasiz.

Otangiz har bir kishini kechirishingiz uchun, uni dou qilib unga Xudoning mehri yor bo'lishi uchun ibodat qilishingiz uchun sizni chaqiryapdi. Bu tusdagi chuqur o'zgarish xochda Masihning o'limi bilan boshlandi va bu har kuni imonningiz va kechirimingiz orqali seziladi.

Agar siz dushmanlaringizning barcha gunohlarini kechirmasangiz, siz Otangizning inoyatidan o'zingizni mahrum qilasiz, chunki siz Rabbiyning ibodatidagi so'rovingizda “Qarizdorlarimni kechirganim kabi, meni ham kechirgin” deb aytasiz. Agar siz ularning gunohlarini unutmasangiz, siz “Ey Ota, meni kechir, lekin men boshqalarni gunohlarini unutmaganim kabi, mening ham gunohlarimni unutma” deb o'zingizni hukm qilayotgandek, bu ibodatning qoidasini buzasiz. Agar siz chamasi ularni kechirsangiz, shunda siz Xudodan xuddi shu yo'lni sizga tutishini so'rayapsiz. Bu “dek” bo'lgan kichkina so'z Rabbiyning Ibodatidagi eng havfli so'zdir, shuning uchun siz buni hayotingizda amaliy ta'sir qilishingizga ishonch hosil qiling.

Xudo sizdan Unga bo'ysunishingiz uchun mumkin bo'lmagan harakatni talab qilmaydi. U sizdan yangilanishni va Unga o'xshab mehribon bo'lishingizni kutadi. Bu faqat o'zingiz uchun yashash uchun emas, balki loyiq bo'lmaganlarni o'z ichiga olgan boshqalar uchun ham yashashingiz uchun sevgi qoidasidir. Sizning barcha gunohlaringiz kechirilgan shuning uchun osmondagi Otangiz kechirgan kabi, dushmaningizning sizga qarshi bo'lgan gunoh va ayiblarini qayta qayta kechiring.

IBODAT: Ey Muqaddas Ota, biz Senga madhiya aytamiz, ulug'laymiz va kamtar Ruhingda quvonamiz, chunki Sen bizni, hamma tavba qilganlarni va hamma gunohlarni xochda suyukli O'g'lingning o'limi orqali kechirding. Biz sevging oldida bosh egamiz, va buni hayotimizda qo'llashni qidiramiz. Sen bizlarni duo qilganing kabi, biz ham dushmanlarimizni duo qilishga harakat qilamiz. Iltimos buyuk sevgingda bizlarni kechirganing kabi, biz ham bizga qarshi bo'lgan ularning gunohlarini kechirishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL:

  1. Kechirim uchun ibodatdagi sirlar nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:25 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)