Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 062 (Prayer)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
2. XUDO OLDIDAGI BURCHLARIMIZ (Matto 6:1-18)

b) Yolg'izlikdagi Ibodat (Matto 6:5-8)


MATTO 6:5-8
5 Ibodat qilayotganingizda, odamlarga ko'rinish uchun ibodatxonalarda va ko'cha burchaklarida turib, ibodat qilishni yaxshi ko'radigan ikkiyuzlamachilarga o'xshamanglar. Sizlarga chinini aytayin: ular o'zlariga yarashasini olib bo'ldilar. 6 Sen esa ibodat qilayotganingda o'z hujrangga kir va eshikni berkitib, yashirin bo'lgan Otangga ibodat qil. Shunda yashirin bo'lganlarni ko'ruvchi Otang seni aniq taqdirlaydi. 7 Ibodat qilayotganingizda, majusiylar kabi ortiqcha so'zlarni takrorlab turmanglar. Ular: ko'p so'zlasam, ibodatim ijobat bo'ladi, deb o'ylaydilar. 8 Ularga o'xshamanglar, chunki Otangiz nimalarga muhtojligingizni Undan so'rashingizdan oldin biladi. (Ishayo 1:15)

Har bir dinda ibodat dinning asosiy turidek ibodat qilishda mashq qilish uchun mahsus urf-odati bor. Yahudiylar ularga to'g'ridan-to'g'ri tushadigan Xudoning marhamatini darhol olish uchun qo'llarini ko'targanlar. Ba'zan ular o'zlariga diqqatni qaratish uchun ko'chalarda va yo'laklarda ibodat qilishgan. Lekin biz Masihiylarda ibodat qilish uchun tayinlangan rejalashtirilgan til biriktirish yo'q, chunki Masih bizni urf-odatlardan ozod qilgan. Biz Xudoning ko'zi oldida qullar emasmiz. Biz o'g'illarmiz va biz Samoviy Otamiz bilan o'tirib, yurib, turib yoki tiz cho'kib gaplashamiz. Ibodatning mazmuni boshqalar uchun yolvorish, ibodat qilish va kechirim so'rash bilan birga, gunohlardan tavba qilib, ibodat qilib va Unga rahmatlar aytib, otasi bilan gaplashadigan o'g'illardek Xudo bilan gaplashishdir. Siz tanaviy otangiz bilan gaplashganingizdek, siz Samoviy Otangizga sevgingizni ifodalab Unga gapirishingiz kerak.

Ibodatda biz hayir-ehson berishdan ko'ra Xudo bilan darhol ko'proq bajarishimizga to'g'ri keladi va shuning uchun biz shu yerda yo'naltiriladiganga samimiy bo'lish uchun hanuz imtihon qilinishimiz kerak. Bu Masihning barcha shogirdlari ibodat qilish uchun berilganligi uchun olinadi. Pavlus o'zgarishi bilan, u haqida deyishdi “qaranglar u ibodat qilyapdi.” Siz ibodat qilmaydigan tirik Masihiydek, nafas olmaydigan tirik bir kishini topishingiz mumkin.

Odatda, biz odamlar ichida ibodat qilmaymiz. Yashirin xonada ibodat qilmaydigan kishi guruh bilan ham ibodat qilmaydi, chunki biz odamlarga emas, balki to'g'ri Xudoga ibodat qilamiz. Samoviy Otangiz har doim sizni eshitadi va Undan so'rashingizdan oldin nimaga muhtojligingizni biladi. Ibodat vaqtida sizning gunohlaringiz, yolg'on umidlaringiz va xohishlaringiz yo'qoladi, chunki siz Xudoning huzuri siz bilan ekanini bilasiz. Tizza cho'kish tavsiya etiladi, lekin siz o'zingizni harakatlaringiz bilan emas, imoningiz orqali saqlanib qolasiz. Siz Masih Getsemaniyada qilgandek o'zingizga sajda qilishga huquqingiz bor, lekin Xudo tiz cho'kishingiz va sajda qilishingiz uchun sizni qutqarmaydi. U sizni sevgani uchun sizni qutqaradi. Siz Unga sajda qilishingizdan oldin siz uchun O'z O'g'lini qurbon qilgan.

Agar siz ibodat qilishni istasangiz, sokin bo'lgan yashirin joyga boring. Eshikni berkitib olib, Otangiz oldida yuragingizdagi havotirlarni va og'irliklarni to'kib soching. Agar sizda yashirin xona bo'lmasa, adirga borib u yerda Samoviy Otangiz bilan gaplashing va U sizni eshitadi. Siz ibodatsiz yashay olmaysiz. Tanangiz nafas olmasdan yashay olmagandek, qalbingiz ham ibodatsiz yashay olmaydi. Agar mumkin bo'lsa Muqaddas Kitobda fikr yuritish bilan kunda bir necha marta ibodat qiling, ibodatingiz sizga bo'lgan Otangizning so'zlariga javob bo'ladi. Agar siz ibodat qilishni yoqtirmasangiz, Xushxabarni o'qishdan bosh tortasiz, shunda siz buyuk havf-hatarning qirg'og'ida turgan bo'lasiz, chunki bu Xudo bilan yolg'iz bo'lishni istamaganingizni bildiradi. Siz Samoviy Otangiz bilan gaplashishni istamaysizmi? U sizning so'zlaringizni, minnatdorchiligingizni va ishonishingizni kutyapdi.

Farziylar Xudoga qaraganda insonlarga ibodat qilganlar. Ibodatlarining hududi insonlarning hurmat-e'tiborini so'rash va muruvvatlaridan g'olib chiqishga harakat qilish edi. Farziylarning xuddi shu tajribalariga qulab tushmang. Doim sizni eshitishga, sizga javob berishga, yordam berishga va ta'minlashga tayyor bo'lgan osmondagi Otangizdek, Otadek Xudoga ibodat qiling. Sizni kutadigan Otangizga ibodat qiling.

Ko'p gapirish, uzoq ibodatlarni sevish mag'rurlikning yoki xurofotning natijasidir, yoki bu Xudoga biz bilan tortishish yoki xabardor bo'lish kerak yoki bu oddiy ahmoqlik va qo'pollikdan chiqadi degan nato'g'ri fikrdir, chunki insonlar o'zlarining gaplarini eshitishni sevadilar. Uzoq ibodat qilish taqiqlanmaydi; Masih butun tun ibodat qilgan (Luqo 6:12). Ishlarimiz va sevgimiz g'oyat darajada bo'lganda ba'zan ibodatlarga muhtojlik bo'ladi; lekin Xudoga ma'qul kelish uchun ibodatni cho'zish shu yerda rad etiladi. Uzun ibodat hukm qilinmaydi; yo'q, bizga har doim ibodat qilish taklif qilinadi. Bu hatoning havf-hatari bu o'ylamasdan gapiryotgan ibodatlarimizdir. Bu Sulaymon tomonidan tushuntiriladi (Voiz 5:1), “So'zlaringiz qisqa bo'lsin,” fikrlab yaxshi o'lchangan bo'lsin; “so'zlardan tanlab oling” (Ayub 9:14) va ichingizdan chiqadigan hamma narsani aytmang. Butparastlar Xudoga aytilganini U tushunishi uchun Unga ko'p so'zlar kerak bo'ladi yoki U kuchsiz va o'tinib so'rashga qiyindek talablari bilan itoat qilishni Unga olib kelish kerak deb o'ylashgan. Baalning ruhoniylari “Ey Baal, bizni eshit; Ey Baal, bizni eshit” deb behuda qaytarib, ertalabdan tungacha buni qattiq tutganlar, va ular behuda takrorlaganlar. Biroq Elisha juda qisqa ibodat bilan va ovozning tuzilgan shaklida osmondan olovni va yomg'irni so'rab, buni olgan (1SHohlar 18:26-45). Agar ibodat Xudo bilan samimiy aloqa bo'lmasdan, balki faqat chegarali ish bo'lsa, bu yo'qolgan ishdir.

Biz ibodat qiladigan Xudo yaratilish orqali, ahd va Muqaddas Ruh orqali bo'lgan Otamizdir. Shuning uchun Unga bo'lgan so'zlarimiz osson, tabiy va samimiy bo'lishi kerak. Bolalar biror narsa xohlashganda ota-onalariga uzun gaplar gapirishlari kerak emas. “Boshim, boshim” deb aytish yetarli (2Shohlar 4:19). Otamizning oldiga bolalarning hislati bilan, sevgi bilan, buyuk hurmat bilan va bog'liqlik bilan kelaylik. Shunda biz ko'p so'zlarni gapirmasdan balki “Otamiz!” deb aytishni bizga Ruh o'rgatadi.

Xudo oldida gunohlaringizni tan oling va “Rahmat Senga, ey Samoviy Ota, barcha in'omlaring uchun” deb aytishni unutmang. Hayotingizdagi sevgini tushunish uchun aql-idrokni, kuchni va donolikning payida bo'ling. Siz o'zingizni bilishingizdan ko'ra Otangiz sizni yaxshiroq bilishi sizga bilinsin.

Siz ibodat qilasizmi? Bu imoningizni tekshirish uchun keskin savoldir, chunki siz qachon bo'lsa ham ibodat qilmasangiz qalbingiz va vijdoningiz kasal bo'ladi. Tezda Rabbingiz oldida gunohlaringizni to'liq tan oling. Sizni yurak ibodatiga o'rgatadigan Muqaddas Ruhi bilan to'lishingiz uchun chuqur poklikni va shifo topishni izlang. Siz ibodat qiladigan Unga ishoning. Osmondagi Otangiz eshitib javob beradi. Keyin Xudoning hursandchiligi yuragingizni to'ldiradi va siz faqat o'zingiz uchun ibodat qilmaysiz, balki Xudo yuragingizga solganlar uchun ham ibodat qilasiz. Otangizning Ruhi to'g'ri yo'lda sizga ibodat qilish uchun yordam beradi.

IBODAT: Ey Samoviy Xudo, Seni “Otamiz” deb chaqirish uchun bizga ruhsat berganingdan minnatdormiz. Iltimos to'g'ri ibodatni bizga o'rgat va biz har doim Seni va Iso Masihni ulug'lashimiz uchun Muqaddas Ruhing bilan bizni boshqargin. Do'stlarimiz, qarindoshlarimiz va dushmanlarimiz Senga yaqinlashib, “Osmondagi Otamiz!” deb aytishga jur'at etishlari uchun ularga yordam ber. Omin.

SAVOL:

  1. Qanday turdagi ibodat osmondagi Otamiz tomonidan javob beriladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:21 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)