Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 061 (Almsgiving)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
2. XUDO OLDIDAGI BURCHLARIMIZ (Matto 6:1-18)

a) Sirli Ravishda Savob Ishlar Qilish (Matto 6:1-4)


MATTO 6:1-4
1 <<Ehtiyot bo'linglar, savobli ishingizni odamlarga ko'rinish uchun hammaning ko'z o'ngida qilmanglar. Aks holda osmondagi Otangizdan mukofot ololmaysizlar. 2 Shunday qilib, sen birovga sadaqa bermoqchi bo'lsang, o'tgan-ketganga jar solma. Ikkiyuzlamachilargina odamlardan olqish uchun ibodatxonalarda va ko'cha-kuyda shunday qiladilar. Sizlarga chinini aytayin: bular o'zlariga yarasha mukofotni olib bo'ldilar. 3 Sen sadaqa berayotganingda chap qo'ling o'ng qo'ling nima qilayotganini bilmasin. 4 Ya'ni sening muruvvating yashirin bo'lsin. Shunda yashirin bo'lganlarni ko'ruvchi Otang seni aniq taqdirlaydi>>. (1 Korinfliklarga 13:3; Matto 25:37-40; Rimliklarga 12:8)

Matto Kafarnahum shahridagi Rim urf-odati bo'yicha solih yig'uvchi bo'lgan. U sayohatchilar va savdogarlarning yolg'onini ochib tashlashda usta bo'lgan. U odamlar qanday qilib pullarini sevishlarini va buni saqlashlarini nazorat qilgan. Shuning uchun, u har bir solih kishi ehsonini Xudoga taqdim etishi kerak bo'lgan sajda haqida Masihning va'zidan buni aniq tushunib yetgan. Matto sajda qiluvchilarning haqiqatligi ular taqdim etgan pul miqdorida va bu yo'lda ko'ringanligiga ishonch hosil qildi.

Iso imonli tomonidan bo'lgan hayr-ehsonning qimmati haqida ko'p gapirmadi, balki nima uchun va qanday qilib berish uchun uning fikrining maqsadiga qaratib, buni bajarish yo'liga urg'u berdi.

Masih izdoshlaridan ushur to'lashni so'ramadi. U gunohkorlar uchun to'la O'zini qurbon qilgandek, sevgi sababi bilan mehrli yurakdan chiqadigan asl qurbonlikka daqiqqatini qaratdi. Shuningdek Iso izdoshlaridan sevgilariga va qobilyatlariga ko'ra, jamoatning javobgarligida qatnashishlarini kutdi. Bu maqsad harakatdek muhimdir va ko'p sevadigan kishi o'zida boriga ko'ra ko'p qurbonlik qiladi. Biroq, sevmaydigan kishi ziqnaligicha qoladi. Muhtoj bo'lgan tul ayol o'zining boridan berdi. U bergan pulning miqdori oz bo'lgan, lekin bu Xudo oldida buyuk miqdor edi. U ayol faqat pullaridan ortiq ushurni bergan barcha boy odamlardan ko'ra ko'proq berdi. Xudo yurakka qaraydi. Xudo oltindan qilingan butlaridek bo'lgan pullariga ishonadiganlarni ozod qilishni istaydi. Xudo uchun bo'lgan sizning sevgingiz sizni boyligingizga yopishib olishingizdan ozod qiladimi va muhtojlar uchun yordam berishga va xushxabarni tarqatish uchun moddiy qurbonlikka boshlaydimi? Xudoning Ruhi yashirincha va ochiqchasiga haqiqiy qurbonliklarni Rabbiyga berish uchun sizni undaydi. Masihiylikda berish bu burch emas, balki imonlilarning ruhiy o'sishini ifodalash uchun imtiyozdir.

Masih har bir kishiga bildirilgan sov'gani beradigan homiyning xotiralaridagi nomlarsiz, miqdorni qo'yishsiz va hech kim bilmasdan yashirincha hayr-sadaqani berishning mavzusini berdi. O'zini ko'rsatadigan va hadyalar uchun insondan hurmat-e'tibor kutadigan kishi ilohiy marhamatni yo'qotadi. Iso shogirdlariga ular ehson berishganda beruvchi mag'rurlanib ketmasligi uchun oila a'zolari va do'stlariga aytmasliklariga turtgi berdi.

Siz hayir-ehson berganingizda “O'ng qo'lingiz berayotganini chap qo'lingiz bilmasin”. Balki bu kirish va chiqish paytida ma'bad xazina yashigini uzatib yuboryotgan o'ng qo'l bilan qilingan narsani ma'bad xazinasida Xudoga ehson berishni eslatadi. Yoki o'ng qo'l bilan ehson berish noqulay ikkilanishdan ko'ra berish uchun inoyatli xohishni ko'rsatadi. O'ng qo'l bechoralarga yordam berishda, ularni ko'tarishda, ularning og'riqlarini shifolashda va moddiy hissalardan ko'ra yaxshi hatti-xarakat qilishda ishlatilishi mumkin. Lekin, bechoralarga sizning o'ng qolingiz qandaydir yaxshilik qilsa, o'ng qo'lingiz qilgan ishni chap qo'lingiz bilmasin. Mumkin qadar buni oshkor qilmang; buni yashirin saqlashga harakat qiling. Shunday qiling chunki bu sizga yaxshi nom berish uchun emas, balki bu savob ishdir.

Biz o'zimizdan quvonib va sharaflab, qilgan ishimiz haqida ko'p diqqatimizni qaratmasligimiz kerak. Bizning soyamizni sevishimiz va bundan qoniqishimiz mag'rurlikning shohlaridir. Biz hurmatlari uchun yaxshi ishlari esga olgan bularni o'zlari unitgan kishilarni topamiz. Biz yaxshi hatti-xarakatimizga ozgina diqqat etganimizda, Xudo bularga ko'p diqqat qaratadi.

Biz jannatda ko'proq marhamatlarga va aniq bir mukofotga erishish uchun hadyalarimizni beramizmi? Xudoyimiz samoviy bankdan hayr-ehson uchun qiziqmaydi va U savdogar emas. Biz Unga hadyalarimizni berishimizdan oldin, U biz uchun allaqachon O'zining yagona O'g'lini to'liq qurbon qilgan. Rabbiyning O'zi bizning mukofotimizdir! Biz najotga erishish uchun qurbon bo'lmaymiz, balki biz hissamizni qo'shamiz chunki biz allaqachon najodga erishganmiz, shuning uchun biz pulimizni va o'zimizni Otaga beramiz, va O'g'il Muqaddas Ruh orqali boshqariladi. Masihiylikda berishning maqsadi bizning tekinga berilgan najodimiz uchun minnatdorchilik va hamdu-sanodir.

Ota Xudoning ismining e'loni muhim hayr-ehsonni berishni yaratadi. Bolalar Otalariga hayr-ehson sovg'a qilishadimi? Yoq, ammo ular Unga minnatdorchiliklarining ramzlarini hadya etishadi va ular Otalariga to'liqligidan ularga bergan hosilning ulushidan Unga berishadi. Xudoyimiz bizning hadyalarimizga muhtoj emas, chunki U boy Xudo, Beruvchidir lekin U bolalari farovonlikning hosilini Unga hadya etishlariga ruhsat beradi va U bilan birga xushxabarni yoyishda qatnashishlariga va bechoralarga donolik bilan yordam berishlariga ruhsat beradi. Rabbiy bizga jamoatning javobgarligida doim qatnashishimiz uchun bizga katta javobgarlikni qo'ygan. Shunday qilib kim harakat qiladi va kim uzliksiz va xohlab berib turadi?

Ba'zi boy Yahudiylar odamlar ichida ehsonlarini to'lashga odatlanganlar, hatto parad ularning nomlaridan chiqishi mumkin edi, trubalar yangrardi va dombaralar cholinar edi. Lekin bugunlik kunda, so'zsiz yashirincha hayotimizni Xudo uchun qurbon qilamiz. Xudo uchun yuragingizni va pulingizni qurbon qiling va xizmatlaringiz haqida hech kimga aytmang, chunki siz Xudonikisiz va Xudo siznikidir.

IBODAT: Ey Samoviy Xudo, bizga sabr-toqat bilan chidaganing uchun Senga rahmat. Iltimos bizning ikkiyuzlamachiliklarimizni va kichkina qurbonliklarimizni kechirgin va doim kambag'allarga, kasallarga va muhtojlarga yurdam berishimiz uchun Senga hamdu-sanodek minnatdorchilikda butun hayotimizni berishni bizga o'rgat. Seni qidiradiganlarni va Seni tanimaydiganlarni duo qil va hayr-sadaqamizni berganimizda jim bo'lishga bizni o'rgat va kamtarlikka, o'zimizdan kechishga bizni bog'la. Jamoat a'zolarimizdan so'ralgan moddiy yordamlarda doim hissa qo'shishlari uchun ularga yordam ber. Omin.

SAVOL:

  1. Ota Xudo oldida qilingan hadya qanday bo'lishi kerak?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:20 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)