Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 056 (Forbidding Oaths)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
1. INSONLARGA BO'LGAN BIZNING VAZIFALARIMIZ (Matto 5:21-48)

c) Qasam ichishni Taqiqlash Haqiqatni gapirishni Anglatadi (Matto 5:33-37)


MATTO 5:33-37
33 <<Yana qadimgilarga: “Qasamdan qaytma. Ichgan qasamlaringni Xudovand oldida bajo keltir”, - deb aytilganini eshitgansizlar. 34 Lekin Men sizga aytaman: hech qanday qasam ichmanglar – na osmon haqi, chunki u Xudoning taxtidir; 35 na yer haqi, chunki u Xudoning payondozidir; na Quddus haqi, chunki u Buyuk Podshohning shahridir. 36 Boshing haqi ham qasam ichma, chunki sen bironta sochingni oq yoki qora qilolmaysan. 37 Sizlarning so'zingiz faqat <<ha>> yoki <<yo'q>> bo'lsin. Bundan ortig'i esa shaytonlikdir>>. (Levilar 19:12; Sonlar 30:3; Matto 23:16-22; Yoqub 5:12)

Bu dunyo yolg'on, tilyog'lamalikdan va lofdan to'lib toshgan. Har bir kishi boshqaga tilyog'lamalik qiladi. Talabalar imtixonlarida aldaydilar. Yolg'on va tilyog'lamaning mikrobi ijtimoiy hayotning har-hil tomonlariga, siyosatga va savdo hududlariga kirib kelmoqda. Eng buyuk yolg'on odamlar guvohliklaridagi kuchsizliklari tufayli yolg'on gapirishlari uchun Xudo tomonidan qasam ichishlaridir. Shoshilib tez-tez qasam ichish yashiringan yolg'onni ko'rsatadi.

Ba'zi odamlar aqillimiz va fikrlarimiz shubhasiz to'g'ridir lekin Xudoning o'zi har bir sirni biladi deb oldini olishadi. Xudo Jabbordir va harakatlarimiz uchun haqiqiy sabablardan va maqsadlarimizdan xabardordir. Bizning bilimimiz komil emas, balki chegaralangan va hukmlarimiz har doim ham to'g'ri emas. Xudoning yordamisiz, bilimimiz va hukmlarimiz osmon dunyomizdan uzoq bo'lgani kabi Xudonikidan uzoqdekdir.

Bir kishining munosabatini yoki so'zlarini bilish qiyin, hatto ular ont orqali isbotlangan bo'lsa ham. Biz ba'zan haqiqatni bilmasligimizni tan olishimizga to'g'ri keladi. Keyin biz boshqalrni fikrlarini tinglaymiz va do'stlarimizdan o'rganishga tayyor bo'lamiz, hatto hammamiz foydasiz xizmatkor ekanimizni bilib, oddiy insonlardan va ularning ijobiy tajribalaridan o'rganishga tayyor bo'lamiz (Luqo 17:10). Mag'rur kishi yoki aqidaparast qasam ichadi chunki u o'zimga ishonaman deb o'ylaydi; lekin imonli o'ziga emas balki Rabbiysi bo'lgan Najodkoriga ishonadi.

Muqaddas Ruh bizga har doim lof urmasdan kamtarlik bilan haqiqatni gapirishni o'rgatadi; va bizni Xudoni ulug'lashga boshlaydi. Shu yerda biz yolg'onchilar va bizning o'rtamizdagi dastlabki farqni topamiz. Ular buyukdek o'zini tasavvur qilib o'zini-o'zi aldagan yovuz otalari bo'lgan Shayton mashxurlikni istab, mag'rur bo'lib ko'rinadi; biz Masihda Uning boshqaruvini qidirib, Xudoning najodi va inoyatiga yopishib kuchsizliklarimizni va gunohlarimizni tan olib, kamtar bo'lamiz.

Iso bizni mashxur kishilarga xizmat qilishdan ozod qildi va haqiqatda har bir kishiga xizmat qilish uchun bizni boshqaradi. Haqiqatsiz sevgi yolg'ondir. Shunga o'xshab, sevgisiz haqiqat o'ldirishga o'xshash bo'ladi. Haqiqatga asoslanib sevgini mashiq qilayli va sevgining donoligida Xudoning haqiqatini taqdim etaylik.

Faqat Masih har bir yolg'on va lofdan bizlarni saqlashga qodir. Ilohiy haqiqat haqida Uning maktabiga kiradigan kishi yolg'onlarni rad etishni o'rganadi, hatto “oq yolg'onlarni” va Xudoning ismini bekorga chaqirmaslikni ham o'rganadi. Biz tillarimiz haqiqat bo'lishi uchun va ongimiz muqaddas bo'lishi uchun to'g'ri guvohliklar bilan Uni ulug'lashni o'rganishimiz kerak, chunki yolg'onchilar otasining bolalari emasmiz, balki haqiqat Otasining bolalarimiz. Biz gapirishga to'g'ri kelganida keragidan ortiq gapirmasligimiz kerak, gapimiz Muqaddas Ruhning donoligida qisqa va aniq bo'lishi kerak.

IBODAT: Ey Samodagi Ota, bizning tilimiz tez-tez yolg'on gapirib turadi. Iltimos har bir lofni, har bir ulardan chiqadigan yolg'onni yondirib tashla. Biz Muqaddas Ruhingda haqiqat bo'lishimiz uchun bizga kamtarlikni o'rgat. Haqiatni bilishimiz uchun bizni yorit. Bizni haqiqatga boshla va noming bilan bizni to'ldir, chunki Sen haqiqatsan, biz maqsadlarimizda va fikrlarimizda to'g'ri bo'laylik va haqiqatda, to'g'rilikda va odillikda yuraylik. Haqiqat Ruhi fikr va so'zlarimizda hukmronlik qilsin. Omin.

SAVOL:

  1. Biz qanday qilib nutqimizda, hatti-xarakatlarimizda va hulqimizda to'g'ri bo'la olamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:09 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)