Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 054 (Forbidding Adultery)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
1. INSONLARGA BO'LGAN BIZNING VAZIFALARIMIZ (Matto 5:21-48)

b) Zinoni Taqiqlash Poklikni Qidirishni Anglatadi (Matto 5:27-32)


MATTO 5:27-30
27 <<Qadimgilarga: “Zino qilma”, - deb aytilganini eshitgansizlar. 28 Lekin Men sizga aytaman: kim bir ayolga shahvat bilan qarasa ham allaqachon ko'nglida u bilan zino qilgan bo'ladi. 29 Agar sening o'ng ko'zing gunoh qilishinga sabab bo'lsa, uni sug'urib tashla. Chunki butun badaning jahannamga tashlanishidan ko'ra, a'zoyingdan birining nobud bo'lgani sen uchun yaxshiroqdir. 30 Agar sening o'ng qo'ling gunoh qilishingga sabab bo'lsa, uni chopib tashla. Chunki butun badaning jahannamga yo'liqishdan ko'ra, a'zoyingdan birining nobud bo'lgani sen uchun yaxshiroqdir. (Chiqish 20:14; 2 Shomuil 11:2; Yoqub 31:1; 2 Butrus 2:14)

Masih Yangi Ahddagi ilohiy qonun Chiqaruvchidir. U eski qonunning muhim ma'nolarini tasdiqlab tushuntirdi va sevgisining muqaddasligi bilan ularni rivojlantirdi. U buringi amrlarni bekor qilmadi balki hatti-harakati orqali va ta'limi orqali ularni amalga oshirdi. Unda buni e'lon qilish uchun huquq bor edi, “Lekin Men sizga aytaman.” Bu oyatlarda, biz asl qonunni o'rnatgan bir hil qo'l orqali berilgan yettinchi amrning ta'rifini o'qiymiz. Unda buning izoxi bo'lish uchun huquq va donolik bor. Bu qonun buringini ustidan ergashadigan har qanday nopoklikka qarshidir. Bunisi gunohkor harakatlar ustidan tiyilishni qo'ygan, unisi esa gunohkor maqsad ustidan tiyilishni qo'ygan, ikkalasi ham har doim agar qondirilish birdek yomon bo'lsa, sabab va vijdonning hokimyati ostida bo'ladi.

Masih gunohkorlarni sevadi va ularni najodga taklif etadi. Shuning uchun, biz hech qanday gunohkordan nafratlanmasdan balki ularni sevishimiz kerak. Odamlar odatda gunohga berilib, qonunsiz o'g'il tuqqan ayolga ular u ayoldan ko'ra yovuzroq ekanliklarini bilmasdan, uning yovuz ishlarini hukm qilib, u ayolni qo'llari bilan ko'rsatadilar, chunki kimki hirsli ko'zlar bilan boshqa kishiga qarasa Xudo oldida zinokor hisoblaniladi. Insonlarning yuragi hirsga, nopok maqsadlarga va iflos xohishlarga to'ladir. Hammamizning maqsad va orzularimiz buzuqdir. Birorta ham solih odam yo'q (Zabur 13:3; Rimliklarga 3:12). Shuning uchun ikkiyuzlamachidan ehtiyot bo'ling va rad etilganlardan va nafrat etilgan zinokorlardan yaxshiroqman deb da'vo qilmang. Shunday deb ayting, “Xudoyim, men gunohkorga rahim qil!” (Luqo 18:13).

Siz haqiqatdan ham har bir kishi o'z tabiatida gunohkor ekanini bilib oldingizmi? Masih shunday deb vasvasaga tushgan gunohkorga murojat qilgan, “Agar sening ko'zing gunoh qilsa, uni sug'irib tashla.” Masih yuraklarning maqsadlaridan va yovuzning maqsadlaridan xabardordir. Biz shifo topish uchun va yolg'on gapiradigan yuraklarimiz yangilanishi uchun ruhiy shifokorga muhtojmiz. Hatto U “bizda toza yurak yaratadi va bizda mustahkam ruhni yangilaydi” (Zabur 50:2).

Agar siz gunoh qilyotgan qo'lingizni chopib tashlasangiz, tilingiz qoladi, bundan qat'iy nazar, u yolg'on va yovuz so'zlar bilan ifloslangan. Havoriylarning hech biri Masihning bu amrini bajarishmagan, lekin ular yangi yurakni, Muqaddas Ruhning tozaligini va ilohiy poklikni olishgan. Iso “Ko'zingizni sug'irib tashlang” va “qo'lingizni chopib tashlang” deganda, U bizga amalda qilishni aytmagan, balki U bizga holatimizni ochib berishni va bizni kutib turgan yolg'on har birimizni do'zaxga boshlaydigan havf-hatarning darajasini ko'rsatishni istagan.

Bizning tanamiz nopok va qalbimiz yoshligimizdanoq yovuzdir. Lekin Masihning qoni har bir o'lik harakatimizdan vijdonimizni tozalashga qodirdir, va Uning Muqaddas Ruhi bizda otash bo'lyotgan hirslarimizni yengib chiqadigan yangi xoshishni quradi. Agar siz gunohga qulasangiz, uning balchig'ida qolmang. O'rningizdan turib, Rabbingizga qayting. U poklik uchun xohishingizdan xabardordir va U buning ustidan g'alaba qozonish uchun sizga yordam beradi. Masihda qoling, chunki faqat U pok hayotga bo'lgan yo'ldir. U haqiqiy Najodkor va sizni hukm qilmasdan balki doimo sizni sevguvchi sodiq Yordamchingizdir. U sizni kutadi!

IBODAT: Ey Muqaddas Xudo, biz Sening poklik va muqaddasliging oldida nopok bo'lib ko'rinamiz. Iltimos bizning har bir nopok fikrlarimizni, yomon so'zlarimizni va nato'g'ri harakatlarimizni kechirgin. Bizni butunlay poklagin. Bizda Muqaddas Ruhingni yashashi orqali toza yurakni yarat. Gunohlarimizni kechirgin va biz boshqaruvinga ergashaylik. Bizni ahloqsizlik va zinokorlikka yetaklaydigan holatlardan o'zimizni olib qochish uchun bizga yordam ber. O'zingdan bizni ajratmasliging uchun bizni to'la muqaddaslagin. Omin.

SAVOL:

  1. Bizni nopoklikka va zinokorlikka yetaklaydigan vasvasalardan qanday qilib ozod bo'lamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:07 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)