Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 053 (Forbidding Murder)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
1. INSONLARGA BO'LGAN BIZNING VAZIFALARIMIZ (Matto 5:21-48)

a) Yarashishda Qotilning Maqsadlarini Taqiqlash (Matto 5:21-26)


MATTO 5:21-26
21 <<Qadimgilarga: “Odam o'ldirma; kim odam o'ldirsa, javobgarlikka tortiladi”, - deb aytilganini eshitgansizlar. 22 Lekin Men sizga aytaman: kimki birodariga behuda g'azablansa, javobgarlikka tortiladi. Kimki birodariga ahmoq desa, oliy mahkamada javob beradi. Kimki birodariga telba desa, jahannam olovida javob beradi. 23 Shunday qilib, sen hayr-ehsoningni qurbongohga olib kelganingda, agar u yerda birodaring sendan hafa ekani yodinga tushsa 24 hayr-ehsoningni u yerda, qurbongoh oldida qoldir va borib, avval birodaring bilan yarashgil. Shundan keyin kelib, hayr-ehsoningni bajo keltir. 25 Sen raqibing bilan qozixonaga borarkansan, yo'l-yo'lakay u bilan kelishishga shoshil, toki raqibing qoziga, qozi esa mirshabga topshirib, seni zindonga tashlamasin. 26 Senga chinini aytayin: oxirgi tiyiningni bermaguningcha, u yerdan chiqolmaysan!>> (Chiqish 20:13; 21:12; Mark 11:25; Matto 18:23-35; Luqo 12:58-59; 1 Yuhanno 3:15).

Masih hokimyati orqali Muso Qonunini isbotladi. U yuragimizning yashiringan maqsadlarini ochib tashlab, porlayotgan nuriga bizlarni qo'ydi. U Xudo shohligining qoidasining qonuniy izoxlariga urg'u qo'ymadi, va imon e'tiqodining qoidalarini tasvirlab bermadi, balki U ilohiy sevgisini bizning kunlik hayotimizning haqiqiy o'lchovi qildi. Muqaddas sevgi qonunning amalga oshishi va osmon shohligining poydevorli imonidir.

Bizning dunyomizda qotil kishi hukmga va qattiq jazoga loyiq. Agar u kishi tavba qilmasa va Masih orqali oqlanmasa, oxirgi hukmda Xudoning g'azabiga yo'liqadi va abadiy farog'atsiz yashaydi.

Masih bizga mulohazasiz g'azab oltinchi amrni buzadigan, yurakdan ko'rinadigan qotillikka o'xshashini aytadi. G'azab tabiy ehtirosdir va bu ba'zan qonuniy va arziydigan bo'la oladi, lekin bu biz sababsiz g'azablanganimizda gunohdir. Misol uchun, biz bolalarimizdan yoki xizmatkorlarimizdan xatolar yoki unutishlar uchun g'azablanganimizda, o'zimiz ossonlikcha ayibdor bo'lgan bo'lamiz, bu “sababsizdir”. G'azab to'g'ri bog'liqliklardan buyukroq bo'lganda, biz g'azabimizda chidamli va o'zboshimcha, zo'ravon, g'azabnok va itoatsiz bo'lganimizda va biz yoqtirmaganlarning yuragini og'ritishni izlaganimizdagi bu g'azab “sababsizdir”. Bu oltinchi amrni buzishdir, chunki agar u oqibatsiz azoblanishini bilsa, bu u kishini o'ldiradigan g'azabdir. Qobilning ukasini o'ldirishi g'azab bilan boshlangan. Bu kishi qotillik yurakdan chiqishini va yuraklarimizni biladigan Xudoning fikridagi qotildir (Matto 15:19).

Birodarimizga qo'pol tilda gapirish bu qotil tildir. Xudo yuragingizni tekshirganda, U yuragingizda nimani topadi? Sevgi yoki nafratnimi? Shunday til boshqalrni mag'rurliklariga va ahmoqliklariga ularni ishontirish uchun yuvoshlik bilan va yaxshi natija uchun berilganda, bu gunoh emas. Hatto Yoqub deydi, “Ey aqlsiz odam” (Yoqub 2:20); va Pavlus, “Ey nodon” (1 Korinfliklarga 15:36); va Masihning O'zi, “Ey farosatsizlar” (Luqo 24:25). lekin bu g'azabdan va yovuzlikdan chiqqanda, bu do'zaxdan ko'tariladigan va qotillik hislati ostiga qulaydigan olovdan bo'lgan tutundir.

“Raka” nafratli so'z bo'lgan va mag'rurlikdan kelib chiqqan. Bu shunday deydi, birodariga faqat hasisdek va hurmat qozonish uchun emas, balki nopok va sevilmaslikdek qarab, “Siz ahmoq kishisiz”. Yovuz tanbehlar yashirincha va sekin-asta o'ldiradigan “til ostidagi zaxardir”. Achchiq so'zlar to'satdan yaralaydigan (Zabur 63:3), yoki suyaklardagi qilichdek bo'lgan o'qlarga o'xshaydi.

Siz necha marotaba bir insonni hayvon deb chaqirib hurmatsizlik qilgansiz? Ishoning bunday tarzda siz shunga o'xshagan har bir so'z uchun do'zax o'tiga loyiq bo'lasiz. Xudo sevgidir va Unga o'xshab sevmaydigan kishi Uning qonuniga qarshidir. Uning sevgisiga asoslanmaydigan hamma maqsadlar qulab tushadi, chunki ular takkabburlik bilan to'qiladi. Sevmaydigan kishi qotilning maoshini qabul qiladigan, yuragidan qotildir. Bu so'zlarni falsafa va homhayollar deb o'ylamang; ular hukmdorning O'zidan bo'lgan ilohiy qonunning tushunchasidir. Siz Rabbiyning ko'z o'ngida qotil ekaningizni va qotilning yuragi sizda uryotganini tushunib yetdingizmi?

Biz Masihiy sevgida o'zimizni o'rgatishimiz kerak va ehtiyotkorlik bilan birodarimiz bilan tinchlik saqlashimiz kerak. Agar qachondir buzuqlik sodir bo'lsa, biz aybimizni tan olish bilan birodarlarimizga kamtar bo'lib, so'zda va hatti-harakatda qilingan xato uchun qoniqishni taklif etib yoki kechirishlarini so'rab, yarashish uchun harakat qilishimiz kerak. Biz tezda ikki sabablar uchun tavba qilishimiz kerak:

Biz yarashish uchun sodiqlik bilan harakat qilgunimizcha, muqaddas qonunda Xudo bilan birligimizni to'liq ta'kidlaymiz.

Agar biz g'azabda, hasdda, yovuzlikda, va jahl qilishda davom etsak va sevgisiz harakat qilsak, Xudoga noma'qbul bo'lamiz. Bu gunohlar Xudoga jirkanchdir, chunki nafrat va dushmanlikni qoldiradigan hukmron yurakdan chiqadigan narsalar Uni mamnun qilmaydi. G'azabdan qilingan ibodat behuda taqdim etiladi (Ishayo 1:15; 58:4).

Dushmaningizni sevasizmi? Agar ha, sevaman deb aytsangiz, buni isbotlang. Uning oldiga borib, u bilan yarashing. Buni yuzaki aytmang, o'rtamizda hech qanday nato'g'ri narsa yo'q. Uning uyiga borib eshigini taqillating va uning uyiga tashrif buyuring. Agar sizdan o'tgan bo'lsa, hatto bu ishda bir foiz o'tgan bo'lsa ham, o'zingizni kamtar tutib kechirimini so'rang. Siz birinchi qadamni bajarasiz, chunki bu sizni boshqaradigan Xudo sevgisining yo'nalishidir. Siz kimdir bilan achchiq dushmanlikda yashaganingizda Xudoga qanday qilib ibodat qilasiz? Hukm hech qachon tavba qilmagan gunohkorlarga qaraganda yuraklarida nafrat bo'lgan imonlilarga qattiqroq bo'ladi. Xudo oldida ikkiyuzlamachilik haqoratdan ko'ra jirkanchlikdir. Agar siz Xudoni ulug'lab birodaringizdan nafratlansangiz holingizga voy! Xudodan mag'rurligingizni kechirishini so'rang va to'liq yarashishga sizni boshlashini so'rang. Xudo sevgidir, va agar siz Uning sevgisiga to'lsangiz, U sizni mehribon, sabrli va O'zining kamtar bolasi qiladi. Agar siz Xudoning bu maqsadiga javob bermasangiz, qotil bo'lgan nafratli ruh uchun o'ljaga tushasiz. Xudo tosh bo'lgan yuragingizni yumshatishi uchun Unga ruhsat berdingizmi? Darhol dushmaningizning oldiga yarashish uchun boring.

IBODAT: Ey Muqaddas Rabbiy, men kimman? Yuragimning tubida men rad etilgan, nafratlanarli va qotildirman. Iltimos mening yovuzligimni kechir. Yuragimni poklab, biz hatto Uning dushmani bo'lgan bo'lsak ham o'limgacha bizni sevgan yagona O'g'lingning qoni bilan yuragimni tozala. Biz Muqaddas Ruhingning kuchi bilan yuraklarimizni yangilashing uchun ibodat qilamiz, shunda biz donolik bilan dushmanlarimiz bilan yarashishimiz uchun va ular bilan tinchlikda yashashimiz uchun sevging va maqsad bilan to'lamiz. Omin.

SAVOL:

  1. Masihning Qonuniga ko'ra kim qotil?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:06 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)