Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 050 (Purpose of the Sermon on the Mount)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami

b) Tog'dagi Va'zning Maqsadi: Xudo Qonunining Talabi (Matto 5:13-16)


MATTO 5:13
13 “Siz – yerning tuzisizlar. Agarda tuz kuchini yo'qotsa, uni yana qanday sho'r qilish mumkin? U endi chiqitga tashlab yuboriladi, oyoq ostida poymol bo'lishdan boshqaga yaramaydi. (Mark 9:50; Luqo 14:34-35)

Tuzsiz ovqatda lazzat yo'q. Shunga o'xshab dunyoda Masihning faol izdoshlari bo'lmaganda dunyo ham shundaydir. Bu haqiqiy sevgini yo'qotadi. Tuz ovqatni aynishdan saqlagani kabi, Masihning xabari va uning xabarchilari bu dunyoni umumiy qorong'ulikda nihoyasiga yetishdan saqlaydi. Tuz tananing ba'zi moddalarining yo'qolishini tuzatgani kabi, xushxabar ham gunohda halok bo'lganlarda yangi hayot quradi. Tuzsiz inson hayoti davom etmaydi. Imonlilarning hayotlari xushxabar bilan totli bo'lishi kerak. Xushxabarning ta'limoti bu “tuz” dir, bu chuqur, tez, yorqin va kuchlidir. Bu yurakkacha yetib boradi. Bu tozalanish, buyuk hursandchilikdir va bu aynishdan saqlaydi.

Tuzni qurbonliklarda ham talab qilishgan (Levilar 2:13) va Hizqiyoning yashirin ma'badida ham talab qilingan (Hizqiyo 43:24). Endi Masihning shogirdlari o'zlari xushxabarning ta'limini o'rganib va buni boshqalarga o'rgatish uchun mehnat qilib, tuzdek bo'ldilar. Fikrlar va ta'sirlar, so'zlar va xatti-harakatlar, hammasi inoyat bilan mazali bo'lishi kerak (Kolosaliklarga 4:6).

Bu ular o'zlarida bo'lishi kerak bo'lgan narsalardir. Ular boshqalarga nima bo'lishlari kerak? Ular faqat solih emas balki yaxshi ishlar qilishlari va odamlarning fikrlariga ta'sir qilishlari kerak, ular o'zlarining dunyoviy qiziqishlariga xizmat qilish emas, balki boshqalarni xushxabarning buyuk hursandchiligiga va ta'miga o'zgartirishlari kerak. Nodonlikda va yovuzlikda yotgan insoniyatning ishtahasi buzilyotgandi, va aynib qolishga tayyor edi, lekin Masih hayotlari va guvohliklari orqali bilim va inoyat bilan bunga ta'm berish uchun shogirdlarini jo'natdi.

Agar ular tuzdek bo'lishmasa, ta'mini yo'qotgan bo'ladi. Agar boshqalarga ta'm beradigan siz o'zingiz tuzsiz bo'lsangiz, ruhiy hayotdan, inoyat va hayotdan maqsadsiz bo'lasiz, sizning holatingiz achinarlidir, chunki siz halokatli holatdasiz. Bu nima bilan mazali bo'ladi? Tuz tamsiz ovqat uchun davodir, lekin tamsiz tuz uchun davo yo'q. Masih insonga xizmat beradi; lekin bu inson olib, bu xunarni davom ettirsa, biroq ahmoqligicha va mazasiz qolsa, boshqa ta'limot va boshqa yo'l bu kishini mazali qilish uchun ishlatilmaydi.

Agar tuz o'z kuchini yo'qotsa, u hech narsaga yaramaydi. Uni nimaga ishlatish mumkin? Bu oyoq ostida paymol bo'lishdan boshqaga yaramaydi. Tuyg'usiz bir insonga o'xshab, bu kishi inoyatsiz Masihiydir. U harobalikka va raddiyaga yuz tutadi. U kishi “tashlab” yuboriladi –to'siq bo'lib turgan jamoatdan va sodiq imonlilarning gruhidan olib tashlanadi, va ko'plarning oyog'i ostida paymol bo'lgandek rad etiladi.

Masih xalqimizning buzuqliklarida yangi bir dunyoni qurishda va himoya qilishda qatnashishga sizni taklif qilaypdi. Shuning uchun qobilyatlaringizning yo'li bilan dunyomizning odamlarini o'zgartirolaman degan fikr bilan aldanib qolmang, chunki insoniy harakatlariga ishonadigan kishi xabarini yo'qotadi, so'zda va xatti-harakatda foydasiz bo'ladi, va odamlar uning ustidan kulishadi. Shuning uchun xushxabarni rad etmang chunki faqat yerning tuzi bo'lishingiz uchun sizda qobilyatni yaratadi; aks holda odamlar yolg'ondakam sevgingiz tufayli sizni rad etishadi.

SAVOL:

  1. Masih sizni “yerning tuzi” bo'lishingiz uchun taklif qiladi degani nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)