Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 046 (The Beatitudes)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami

a) Bahtiyorliklar (Matto 5:1-12)


MATTO 5:8
8 Pokdil bo'lganlar bahtlidir, chunki ular Xudoni ko'rur. (Zabur 23:3 5, 50:12-13; 1 Yuhanno 3:2-3)

Sizning yuragingiz pokmi? Kunu tun nimani orzu qilasiz? Masih sizning yuragingizni tozalashni, ichki fikrlaringizni poklashni istaydi va hirs va ochko'zlik sizni yengmaslik uchun Muqaddas Ruhning pokligi bilan to'ldirishni xohlaydi. U sizni Xudoning bolalarining ozodligiga kirishingizni istaydi va o'zingizni harakatlaringiz bilan poklikda yashash siz uchun imkonsiz ekanini tan olishingizni istaydi. Biroq, Xudo Ruhi tanangiz va qalbingizning yovuz xohishlarini yengib, tilingizni to'g'ri qiladi, fikrlaringizni nazorat qiladi va tuyg'ularingizni poklaydi.

Haqiqiy imon yurak pokligini olib keladi. Tubdan pok bo'lganlar o'zlarini pok kuch ostida va buzilmagan e'tiqod ostida bo'lishni ko'rsatadilar. Haqiqiy Masihiylik yurakda, yurakning pokligida va yovuzlikdan yurakni tozalanishida yotadi. Biz faqat toza qo'llarga emas balki pok yurakka, Xudoga ko'z tikishimiz kerak (Zabur 23:4, 5).

Iso “Yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino ishlar, o'g'rilik, sohta guvohlik va haqoratlar bari yurakdan chiqadi” deb aytadi “Matto 15:19). Agarda yuraklarimiz nopoklikning manbayi bo'lsa, bizga yangi yurak kerak, va Muqaddas Ruhdan bo'lgan Isoning qutqarishi orqali beriladigan sovg'asi kerak.

Xudo siz savob ishlar qilganingiz yoki solihligingiz tufayli emas, balki gunohlaringizdan Masihning qoni sizni tozalagani uchun Uning ulug'vorligini ko'rishingizga va'da beradi (1 Yuhanno 1:7) va Uning kuchli Ruhi tanangizning tushunchasini yengish uchun sizga yordam beradi. Xudoni ko'rish quvonchi faqat “yuragidan pok” bo'lganlarga va'da qilinadi. Faqat yurakdan pok bo'lganlar Xudoni ko'rishga muyassar bo'ladi va Xudoni ko'rmaydigan nopoklar uchun doimiy hursandchilik bo'lmaydi. Muqaddas Xudoning ko'rinishida muqaddas bo'lmagan qalb qanday rohat qiloladi? Xudo ularning gunohlariga qaray olmaganidek, xuddi shunday ular ham Xudoning muqaddasligiga qaray olmaydilar. Hech qanday nopok narsa yangi osmonga kira olmaydi, faqat “yuragi pok” bo'lganlar, va faqat Xudoning ko'rishi qondiradigan, ularda ishlagan narsalarni istab, barcha muqaddas qilinadiganlar bu yangi osmonga kirishadi. Ilohiy inoyat qanoat qilmaganni xohlaydiganlarni tark etmaydi.

Siz gunohlaringizga qarshi Xudo Ruhining kurashida qatnashasizmi? Iso nomi bilan yengadigan kishi samoviy Otamiz Xudoni ko'radi va abadiy U bilan birga bo'ladi. Siz Xudoni ko'rishni istaysizmi yoki eski nopok va buzuq hayotingizga qaytishni izlaysizmi? Rahimdil Xudoyingizga keling va U barcha gunohlaringizdan sizni tozalaydigan Iso Masihning qoni orqali sizni poklaydi (1 Yuhanno 1:7). U sizga sodiqdir, agar siz hatto xohlamasdan yana gunohga qulasangiz ham.

SAVOL:

  1. Siz qanday qilib pok bo'lishingiz mumkin? (1 Yuhanno 1:7)

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)