Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 045 (The Beatitudes)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami

a) Bahtiyorliklar (Matto 5:1-12)


MATTO 5:7
7 Rahimdil bo'lganlar bahtlidir, chunki ular rahm-shavqat topur. (Matto 25:35-46; Yoqub 2:13)

Xudojo'ylar va ochiqqo'llilar rahm-shavqatlidir, ular xorlikda boshqalarga yordam beradilar. Noz-ne'matga boy va ochiq ko'ngilli bo'lmagan inson haqiqatdan ham “rahm-shavqatli” bo'lishi mumkin, Xudo bu ochiq fikrni qabul qiladi. Biz faqat o'zimizning azoblarimizga sabr-toqat bilan chidamasligimiz kerak, balki birodarlarimizning azoblarida ham qatnashishimiz kerak. Achinish ko'rsatilishi kerak va rahm-shavqat zeb-ziynat qilib taqib olinishi kerak (Kolosaliklarga 3:12).

Biz boshqalarning qalbiga ham mehr ko'rsatishimiz kerak va ularga yordam berib, nodonlarga achinishimiz kerak, va e'tiborsizlarni o'rgatib, gunohda bo'lganlarni ogohlantirib, yonishdan uni ushlab qolishimiz kerak.

Biz g'am-qayg'uda bo'lganlarga ham mehr ko'rsatishimiz kerak va ularga qattiq turmasdan, balki dalda berishimiz kerak. Biz muhtoj bo'lganlarni bilib olib, donolik bilan muhtojliklariga yordam berishimiz kerak. “Och bo'lganlarga qalbingizni keng qiling va azoblangan qalblarni qondiring … noningizni och qolganlar bilan bo'lishing” (Ishayo 58:7, 10). Ha, “solih hayvonga ham mehribonlik qiladi” (Hikmatlar 12:10).

Masihning qoni bilan oqlangan kishining yuragida Xudoning rahm-shavqati yashaydi. Isoning buyuk yarashtirish sevgisi uchun Uni sevadigan kishi barcha dushmanlarining ayiblarini ihtiyoriylik bilan kechiradi. Muqaddas Ruhdan moylanishi bo'lgan kishi, oddiy odamdan nafratlanmaydi, balki u bu kishiga yordam beradi va uni duo qilib unga dalda beradi. Bu kishi u odam uchun nimasi bo'lsa qurbon qiladi. Shunday qilib, Xudo sevgidir! Osmondagi Otamizga ishonadigan kishi bu sevgiga kiradi. Xudoni tanimaydigan kishi nafratda va hukm ostida qoladi. Siz eng rahm-shavqatli bo'lgan Masihga o'xshab rahm-shavqatli bo'lganmisiz? Agar shunday bo'lsa, Xudoning qudrati yuragingizga halok bo'layotgan dunyomizga oqib chiqadi. Siz Masihga bo'lgan imoningiz tufayli oqlanasiz va o'limdan abadiy hayotga tirilasiz. Sizga berilgan Muqaddas Ruh orqali yuragingizga quyilgan Xudoning sevgisi orqali seziladigan faqat Uning mehri orqali oxirgi hukmdan qutqarilasiz. Siz o'zingizning savob ishlaringiz bilan emas, balki sizni seyukli xizmatkorga aylantiradigan Iso Masihning qoni orqali qutqarilasiz.

Rahm-shavqatlilarda “Bechoraga joni kuygan kishi bahtlidir” (Zabur 41:1) degan gapni Eski Ahdda o'qiganimizdek aniq yorliq bor. “Shunday qilib, Otangiz rahimdil bo'lgani kabi, sizlar ham rahimdil bo'linglar” (Luqo 6:36) ni Iso bizga amr berganidek, biz Xudoga o'xshaymiz. Hatto biz barkamol bo'lishga taklif etilganmiz, Xudo barkamol bo'lganidek (Matto 5:48). Bu Xudo sevgisining dalilidir. Dunyodagi eng poklardan va eng poklangan zavqlardan biri savob ishlar qilish rahm-shavqatidir. “Rahimdil bo'lganlar bahtlidir” degan bu so'zda, Masihning so'zi “Olishdan ko'ra berishning bahtiyorligi katta” (Havoriylar 20:35) faqat havoriylarning shahodatlarida topiladi va buni o'z ichiga oladi.

SAVOL:

  1. Biz qanday qilib o'zimizni o'ylashdan rahimdillikka o'zgaramiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)