Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 041 (The Beatitudes)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami

a) Bahtiyorliklar (Matto 5:1-12)


MATTO 5:1-2
1 Iso talay xaloyiqni ko'rib, toqqa chiqib o'tirdi. Shogirdlari Uning oldiga kelishdi. 2 Iso ularga ta'lim berish uchun og'zini ochib, dedi:

Masih na Rabbiylarini va na o'zlarini biladigan xalqiga mehr ko'rsatdi. U shogirdlarini yo'qolgan bu xalqdan tanlab oldi. Iso ularni chaqirib, O'zi o'tirgan tepalikka ularni boshladi va tanlab olgan shogirdlariga va atrofidagi xaloyiqqa ta'lim berdi. In the midst of nature, Christ declared the principles of the divine kingdom and revealed His heavenly constitution. Masih tabiatning o'rtasida ilohiy shohlikning qoidalarini e'lon qilib, samoviy tuzumlarini ochib berdi.

Biz ilgarigi bobning oxirida o'qiydigan Jalilada Masihning ko'plab ajoyib shifolari bu poydevorli va'z uchun bu yo'lni tayyorlash uchun va ilohiy kuch, yaxshilik va mehr ko'ringan Masihdan qoidalarni qabul qilish uchun xalqni boshqarish uchun maqsad qilingan edi. Balki, bu va'z Iso Jalilaning bir necha ibodatxonalarida voizlik qilgan va'zlarining xulosasi bo'lgan. Uning asosiy mavzusi “Tavba qiling, chunki osmon shohligi yaqindir” edi. Iso bu va'z orqali faqat harakatlarimizni emas balki maqsadlarimizni ham o'zgartirishni istaydi. U Xudoning bu so'zidan bizni ruhlantiradi: “Menga qayting, va Men sizga qaytaman, deydi Qudratli Xudo” (Malaki 3:7).

Voizlikning joyi Jaliladagi tepaliklardan biri bo'lgan. Masihda voizlik qilish uchun “boshini qo'yishdan” ko'ra qulay joy bo'lmagan. Xattotlar va Farziylarda barcha imkoniyatlar, ulug'lik va qulay holatlar bilan o'tirish uchun Musoning taxti bo'lgan, va u yerda buzilgan qonun bo'lgan, haqiqatning buyuk Uztozi Rabbimiz Iso O'zining minbaridek bir tepalikni tanlashiga to'g'ri kelgan. Bu tepalik Sion tog'idek muqaddas joy bo'lmagan. Masih bu yo'lda insonlar ibodat qilishi va hamma joyda muqaddas Xushxabarni voizlik qilishi kerakligini e'lon qiladi.

Masih bu va'zni tog'da ilohiy qonuning sharhidek e'lon qildi, chunki “tog'” da Eski Ahd qonuni berilgan. Lekin farqlarga qarang. Musoga qonun berilganda, Xudo toqqa “tushgan, va Xudo “chiqib ketgan”. Xudo Sinay tog'ida chaqmoq va momaqaldiroqlarda gapirgan, lekin jalilada U mehrli ovozda gapirgan. Oldin xalqlarga masofa saqlashga buyurilgan, endi bo'lsa ular yaqin kelishlari uchun taklif etilganlar, qanday qutlug' o'zgarish! (2 Korinfliklarga 3:7; Ibroniylarga 12:18)

Isoga yaqin turgan tinglovchilar Uning chaqiruviga ergashgan shogirdlari edilar (Mark 3:13; Luqo 6:13). Iso so'zini ularga qaratgan edi, chunki ular muhtojlikdan emas, sevgi uchun Unga ergashdilar, holbuki boshqalar Isoga faqat shifo topish uchun diqqatlarini qaratishgan. Iso izdoshlariga ta'lim bergan, chunki ular tinglashni xohlashgan edi. Ular Iso aytgan har bir so'zni tushunishni xohlashgan. Chunki ular kelajakda boshqalarni o'rgatishi, va bu o'zlari uchun Uning Qonunining barcha tafsilotlarining aniq bilimi bo'lishi kerak edi.

Iso Tog'dagi Va'zini “Bahtli” degan yagona so'z bilan ochdi. U bizga hursand bo'lib quvonish Uning shohligining qonunining siri ekanini e'lon qilib, osmondan cholinyotgan qo'ng'iroqdek o'n marotaba qaytarib o'tdi. Siz Xudoning shohligiga kirish uchun og'ir amrlarni va qoidalarni bajarishingiz shart emas yoki aniq bir udumlarni bajarishingiz shart emas, balki siz oddiy imon bilan Masihning mehribon so'zlarini qabul qilishingiz kerak. Shunda siz ilohiy hukmdan qutqarilasiz va abadiy jazodan ozod qilinasiz. Masih hursandchilikka burkanishingiz uchun sizni taklif qiladi chunki U gunohkorlarni yo'q qilish uchun emas balki ularni qutqarish uchun kelgan. Insonzod uchun Xudoning tuzimi abadiy quvonchga, minnatdorchilikka va hursandchilikka asoslangan, ko'z yoshiga yoki qonunga emas.

SAVOL:

  1. Masihning qonuni nima uchun “Siz” yoki “Siz emas” ni o'rniga “Bahtlidir” so'zi bilan boshlaydi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:06 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)