Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 039 (First Two Disciples)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
C - MASIH JALILIDA XIZMATINI BOSHLAYDI (Matto 4:12-25)

2. Masih Shogirdlikka Birinchi Ikki Aka-ukani Chaqirishi (Matto 4:18-22)


MATTO 4:18-22
18 Jalila ko'li yonidan o'tayotganida, Iso ko'lga to'r tashlab turgan ikki aka-uka – Butrus deb ataluvchi Simun va uning ukasi Idrisni ko'rib qoldi. Ular baliqchi edilar. 19 Iso ularga: “Mening orqamdan yuringlar, Men sizni inson ovchilari qilaman”, - dedi. 20 Aka-uka darhol to'rlarini qoldirib, Uning orqasidan ergashdilar. 21 U yerdan o'tayotib, Iso boshqa ikki aka-uka – Zabadiyning o'g'li Yoqib va uning ukasi Yuhannoni ko'rib qoldi. Ular otalari Zabadiy bilan birga qayiqda to'rlarini yamab o'tirishgan edi. Iso ularni ham chaqirdi. 22 Ular ham darhol qayiqni va otalarini qoldirib, Isoning orqasidan ergashdilar. (Mark 1:16-20; Luqo 5:1-11; Yuhanno 1:35-51)

Masih voizlik qilishni boshlaganda, birinchi eshituvchi bo'lgan shogirdlar to'planishni boshladilar va mo'jizalar bilan Uning ta'limotining voizchilari ularga qo'shilishni boshlashdi. Bu oyatlarda, bizda Iso O'zi bilan birlikka chaqirgan birinchi shogirdlarning hisobi bor.

Masih O'zining voizligida hamma odamlar uchun oddiy chaqiriq bergan, lekin Iso bu oyatlarda Ota tomonidan Unga berilganlarga mahsus chaqiriqni bergan. Bu Masih inoyatining kuchidir, bu yuraklarga ta'sir qiladi va bu hamma narsani qoldirish uchun yashaydi va xushxabar uchun Xudoning mahsus chaqiruviga bo'ysunadi. Hatto barcha mamlakat chaqirilgan bo'lsa ham, bularga jar solingan va ularning orasidan qutqarilganlar. Buyuk Uztoz bo'lgan Masih maktabini o'rnatganda, birinchi ishlaridan biri buyrug' ishida band bo'lish uchun uztozlar ostida tayinlanish edi. Endi Iso insonlarga in'om berishni boshladi va yerli idishlarga ilohiy hazinalar qo'yishni boshladi. Bu jamoat uchun Uning g'amho'rligining yerli daf'asi edi.

Chaqirilishdan oldin lekin Isoning voizligini eshitishdan oldin, shogirdlar shaharlariga qaytib ketib, o'zlari va oilalariga ishlash uchun baliqchilik qildilar. Biroq, Iso va ular o'rtasidagi a'loqa buzilmadi, vaqti kelganda Iso ularning oldilariga bordi va ikki aka-ukalarni chaqirdi. Ular falsafachi, teologchi, boy kishilar, yoki siyosatchilar bo'lishmagan. Ular savdo sotiqlari bilan kelgan qiyinchilikka va qulay sharoyitga o'rganib qolgan oddiy baliqchilar edilar. Ular Xudodan qo'rqib, g'ayrat bilan Masihning kelishini sezishgan.

Iso rad etishga ahmoq bo'lishlari uchun ularga taklif bergan, “Menga ergashing, va Men sizlarni inson ovchilari qilaman.” Hatto baliq tutishning fikri sobiq hunarlariga o'xshash bo'lgan bo'lsa ham, ilohiy chaqiruv yangi hayot olishga o'xshar edi. Ular o'zlariga berilgan bu yangi e'tibor tufayli mag'rurlikka to'la bo'lmasliklari kerak edi – ular hali ham baliqchi edilar. Ular uchun Isoda bo'lgan yangi ishdan qo'rqmasliklari kerak edi – ular baliq tutishga odatlanishgan va hanuz baliqchi edilar. Bu Uning nama deyotganini aytish uchun ularga taqdim etilgan oddiy narsalardan foydalanib, shunday yashirin ma'nolar bilan samoviy va ruhiy narsalar haqida gapirish uchun Masihning sifati edi.

Dovud podalarni boqishdan Xudoning xalqini boqishga chaqirildi va shohdek u cho'pon deb e'lon qilindi. Masihning izdoshlari inson ovchilaridir, ular insonlarni tutib barbod qilish uchun balki ularni Xudo shohligiga olib kelish orqali ularni saqlash uchun shundaydirlar. Uning izdoshlari boylik uchun, hurmat-e'tibor va imtiyoz uchun o'zlariga insonlarni olish uchun emas, balki ularni Masihga erishtirishtirish qalblari uchun ovlashlari kerak. Men oldingizga borishga tayyormanu, sizlarga og'irligimni tushurmayman, chunki o'zlaringizni istayman.” (2 Korinfliklarga 12:14).

Dengizda baliqchilarning ishini tomosha qilgan kishi ular ishlarini bajarish uchun turli hil usllardan foydalanishlarini ko'rgan. Ba'zilari qirg'oqda turishadi va qarmoqqa qo'yilgan ovqat bilan qarmog'ni suvga tashlab, uni tishlash uchun baliqni kutishadi. Ular bitta baliq qarmoqqa tushishini sabrlik bilan kutishadi va tushganda uni o'rashadi. Biz bu qoidani Xudoning shohligida ko'ramiz. Masihning shogirdlari xushxabarga qiziqqanlari uchun sabr-toqat bilan kutishlariga to'g'ri keladi, keyin ularni birma bir Masihga yetaklash mumkin.

Baliq tutishning boshqa oddiy yo'li to'rlar bilan. Baliqchilarning guruhi suvga katta to'rni tashlash uchun qayiqlarda jo'nab ketishadi. Ular ko'p baliq tutishni umid qilib, suvga to'rlarini tashlab uni sudraydilar. Bu inson faqat bu ishni qilish uchun qobilyatli emas deb aytmasdan harakatlanadi. “Xushxabar to'ri” bilan “insonlarni ovlash” uchun imonlilar guruhi yoki jamoat a'zolari Isoga ko'plarni olib kelish uchun ibodat qilib va xushxabarni boshlab, birgalikda ishlashlari kerak. Bu guruhdagi har bir a'zo Rabbiyning ishida qatnashish uchun ilohiy in'omlaridan foydalanishlari kerak.

Bu ikki uslga qo'shimcha tarzda, biz gunohkorlarni Xudoga olib kelish uchun boshqa yo'llarni topamiz. Ularga kelish uchun baliqni kutmaydigan baliqchilar ham bor, lekin buning o'rniga ular baliqlarni ta'qib qiladilar. Ular baliqni tezda olishga umid qilib, atrofiga yopishtirilgan to'r bilan qasqonni tashlashadilarn, ular sayoz suvda yurgan baliqni ko'rishadi. Agar Xudo bizni to'g'ridan to'g'ri kimdirga yaqinlashishga, hayot xushxabarini u bilan bo'lishishga va Najodkorimiz Xudo tomon uni boshqarishga bizni chaqirsa, toki u odam o'zi Xudoga kelish uchun o'zini tayyorlagunicha kutmasligimiz kerak.

Biz ochiq to'r yoki simli qafas qo'yadigan ba'zi baliqchilarni topishimiz mumkin. Ular buni bir yoki ikki tun qoldiradilar, va keyin ular baliq tushganmi yoki yo'qmi buni ko'rish uchun keladilar. Shu tarzda, Masihning ba'zi izdoshlari kimki bu xabarni o'qib eshitsa Najodkorga ishonib ergashadi deb Xudoning sevgisining to'liqligini ommaga hadya etish uchun matbuotning ba'zi shaklidan foydalanishadi.

Qo'llanma ishi yuqori dengizlarda amaliy emas, fabrikalarga katta idishlar baliq tutadilar. Ular xushxabarni taqsimlash uchun hamkor guruhlar bo'lgan Masihiy eshitirish vokzallari va nashryotlarga o'xshaydi. Ular imkon qadar ko'p odamlarga najod dunyosini olib kelish uchun va olomonni Isoga “ovlash” uchun birgalikda mehnat qilib, hammalari bitta idishda bo'ladilar. Xushxabarlashning har bir usulida, biz Isosiz hech narsa qilolmasligimizni tushunishimiz kerak.

Iso Jalila Dengizi bo'yidagi to'rt kishini ko'rdi. Iso ularni bilar edi va ularni chaqirdi, ular galga solmasdan Unga itoat qildilar. Ular o'rinlaridan turib, yashashlarining ma'nosini qoldirib, Isoga ergashdilar. Ular tayinlangan maoshni kutmadilar yoki ular ish soatiga bo'lgan kelishuvni belgilamadilar. Rabbiyning xizmati uchun o'z ishini tashlash uchun Iso tomonidan chaqirilgan kishi pulga, boylikka yoki hurmat-e'tiborga qaramasligi kerak. U kishi abadiy u uchun javobgar bo'ladigan faqat Uztoz tomon burilishi kerak. Siz Rabbiyga xizmat qilish uchun Uning chaqirig'ini eshitasizmi?

Ular hozirgi ishlarini qoldirishga yoki oilalari bilan majburiyatlarini o'tkazib yuborishga e'tiroz bildirmadilar. Ular bajarish uchun qobilyatsizliklari yoki bunga chaqirilgan xizmatning qiyinchiliklaridan havotirlanishmadi. Ular chaqirilib itoat qildilar va Ibrohimdek “qayerga ketayotganini bilmasdan jo'nab ketgan” dek, ular ketishdi lekin ular kimga ergashyotganliklarini juda yaxshi bilishar edi.

Masihga to'g'ri ergashadigan kishilar “hamma narsani qoldirishlari” kerak. Har bir Masihiy Rabbiyga ergashishga halal beradigan barcha ta'sirlarni qoldirishi kerak. Masih boshqa barcha munosabarlardan shunday uzoq bo'lishi kerak shunda U uchun sevgi “oila azolari tomon nafrat” (Luqo 14:26) dek qiyosiy fikr bo'lishi mumkin. Asosan xizmat ishiga bag'ishlanganlar “butun inson” deb talab qiladigan ishiga o'zlarini butunlay berishlari uchun bu hayotning barcha ishlaridan o'zlarini ozod qilishlari kerak.

Iso faqat U haqida bo'ladigan mahsus ishga shogirdlarini chaqiryapdi. Boshqa hech kimda unga ergashish uchun odamlarni ishlaridan, oilalaridan, uylaridan va qo'shnilaridan ajratib, o'ziga ularni to'plashga haqlari yo'q. Iso ularni zo'rlik bilan emas balki kuchli so'zi orqali to'plagan va U hali ham bu yo'lga xizmatkorlarni va shogirdlarni chaqriyapdi.

IBODAT: Rabbiy Iso, Sendan minnatdorman chunki Sen xizmat qilish uchun shogirdlaringni chaqirding. Iltimos menga qara, hatto men yovuz va qobilyatsiz bo'lgan bo'lsam ham meni kuchlantirib ruhlantirgin. Men ko'plar Seni bilib, Senga ishonishlariga yordam berishim uchun odamlarni qanday qilib tutishni menga o'rgatgin. Muqaddas Ruhing orqali meni boshqar. Omin.

SAVOL:

  1. “Men sizlarni inson ovchilari qilaman” degan Isoning gapining ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:52 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)