Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 037 (Temptation of Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
B - YAHYO PAYG'AMBAR MASIHNING YO'LINI TAYYOR LAYDI (Matto 3:1-4:11)

4. Isoning vasvasa qilinishi va Buyuk G'alabasi(Matto 4:1-11)


MATTO 4:8-11
8 Iblis Isoni yana juda baland toqqa olib chiqib ketdi. Dunyoning barcha saltanatlarini hamda ularning hashamatini Unga ko'rsatib: 9 – Agar tiz cho'kib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman, - dedi. 10 Shunda Iso: - Yo'qol ko'zimdan, shayton! Chunki Tavrotda: “Egang Xudovandga sajda qil, birgina Unga itoatda bo'l”, deb yozilgan, - dedi. 11 Shundan so'ng iblis Isoni tark etdi va farishtalar esa kelib, Isoga xizmat qila boshladilar. (Qonunlar 6:13; Yuhanno 1:51; Ibroniylarga 1:6, 14)

Iblis Xudoga qarshi ochiq yovdek ikki boshlanyotgan vasvasalarda zohir bo'lmadi. U birinchi xuddi Iso Xudoning O'g'li ekanligini Undan isbotni izlagandek namoyon bo'ldi. Keyin u haqiqatni va Xudo so'zining kuchini isbotlashni Undan xohlagandek namoyon bo'ldi. Lekin uchinchi vasvasada uning maqsadi oshkor bo'ladi. U agar bu imkon bo'lsa, Najodkorimizni yo'q qilish uchun harakat qilayotgan Xudoning dushmani ekanini ko'rsatib beradi. Biz tushunmaydigan ajablanarli tarzda Shayton Isoga barcha shohliklarni va bir vaqtda dunyoning ulug'vorligini ko'rsatgan (Luqo 4:5) va agar Iso unga sajda qilsa bularni Unga berishni taklif qilgan. Lekin Iso shu zahoti shunday deb uni haydadi, “Yo'qol ko'zimdan, Shayton!” va U yozuvdan “Birgina Egang Xudovandga sajda qil” degan oyatdan dalil keltirdi. Xudo va dunyo o'rtasida to'liq qarama-qarshilik bor. Dunyoning do'sti bo'lishni istagan kishi o'zini Xudoning dushmaniga aylantiradi (Yoqub 4:4). Iblis insonni sinaydigan eng buyuk vasvasa bu dunyodir. Iblis Xudoning so'zidan foydalanib, ikta boshlanyotgan vasvasalarda Masihni vasvasa qilish uchun omadsizlikka uchraganda, U vasvasasini shiddatini oshirib, Isoga so'zlarni taqdim etdi; lekin Iso hech qachon undan bu so'zlarni qabul qilmadi. Shubhasiz, bu Isoga Ota tomonidan va'da etilgan (Zabur 2:7-9), va bu aniq vaqtda Uning shohligi bo'ladi (Vahiy 11:15); chunki U Inson O'g'lidek va oxirgi Odamdek hamma narsaga ega bo'ladi (Ibroniylarga 2:5-9). U buni to'g'rilik bilan o'limga, hatto xochdagi o'limgacha bo'lgan to'liq itoatkorligi uchun Xudodan mukofotdek oladi. Iso birinchi tikonli tojni kiymasdan ulug'vor tojni kiyishni kutmagan.

Biz Rabbiyning Ibodatining oxirida shunday deb ibodat qilamiz, “Sening shohliging, kuching va ulug'vorliging.” Bu ulug'lash bilan biz Xudoga o'zimizni topshiramiz. Iblis bunga umuman qarshi. U o'zi uchun barcha yaratilganlardan sajdani qidirgan mag'rur ruhdir. U Masihning oldiga dunyoning butun shohligini olib kelib, sovg'adek bularni Unga taqdim qilganida yolg'on gapirdi, chunki u egallash uchun da'vo qilgan narsalarni taqdim etish uchun unda huquq yo'q edi. O'zining kuchlarini va ulug'ligini o'z ichiga olgan dunyo Xudo va Uning Masihinikidir.

Masih iblisning yolg'onlariga ishonmadi. Masih O'zini Xudoga qo'shib, Otasida qoldi. Na kuch va na ulug'lik Uni o'ziga rom etdi chunki U O'zini va ilohiy suratini ovoza qilmadi. Iso barcha insonzodni qutqarish uchun nafratga uchradi. U Otasi bilan birlikda qolish uchun va Xudoning maqsadlarini bajarish uchun boylikni va mashxurlikni rad etib, qashshoqlikni va nafrat yo'lini tanladi.

Bir millioner shunday degan: “Har bir kishida vijdoniga zid chiqadigan narsani qilish uchun narx bor.” Lekin Masih O'zining solihligini yolg'on pul uchun sotmadi. U O'zidan kechib, xochini olib, Otasining itoatkorligida va hursandchiligida davom etdi.

Iblis bu itoatkor munosabat bilan mag'lubiyatga uchradi va Masih Shayton yolg'onchi, o'g'iri va qotil ekanini ko'rsatib, maqsadini bajardi. Shayton barcha insonlar tomonidan sajda qilinishni xohlaydi. U o'zidan xudo yasab, Xudodan ko'ra boshqa hamma narsani sevish uchun insonni sinaydi. Kitoblar, moshinalar, farovonliklar va mol-mulklar hammasi vasvasadir bu Yaratguvchimizdan yuqori bo'lgan butlardek ko'tarilishi mumkin. Shayton Xudo tomon g'alayon dunyosida hukmronlik surishi uchun Xudo va Uning O'g'liga o'zlarini bag'ishlashdan insoniyatni to'xtatishda davom etadi. Iblis podalarda itoatsiz bolalarni do'zaxga taklif qiladigan haqiqiy g'alayonchidir.

Isoning oxirgi vasvasasi Shayton Isodan unga sajda qilishni so'rash bilan tugaydi. Lekin Iso Shayton ustidan O'zining Rabbiy ekanini ko'rsatib, shu zahotiyoq Undan ketishiga buyrug' bardi.

Bundan tashqari, Iso iblisga oxirgi imkoniyatni berdi; “Egang Xudovandga sajda qil, birgina Unga itoatda bo'l.” Iso u buzuq fikridan qaytib, o'zini Qudratliga topshirib va to'xtovsiz kamtarlik va itoatkorlik bilan Unga xizmat qilishi uchun uni bittadayoq yo'q qilib yubormasdan, balki U unga tavba qilishni, Xudo oldida tizza cho'kishni va Unga sajda qilishni buyurdi. Inson O'g'li O'zi uchun Shaytondan sajdani qidirmadi balki U Shayton tavba va itoat bilan tushunchasiga kelishi uchun Xudoga bo'lgan eshikni u uchun ochib berdi. Jannat va do'zax nafaslarini tortishdi, chunki Xudo va dushmanlari o'rtasida kurash o'zining avjiga yetib bordi. Shunday qilib yovuz shayton nima qildi?

U jimgina Isoni tark etib yiroqqa ketdi lekin u Xudoga sajda qilmadi. Non uchun yolg'on va kuch uchun O'zini bermagan balki rozilikni, nafratni va insonlar uchun O'zini qurbon qilish uchun xochgacha borgan Isodan Iblis nafratlandi. Masihning Ruhi Shaytonning ruhini yengib chiqdi.

Vasvasachi Isoni behuda toshni nonga aylantirish uchun, Inson O'g'lidek Uning ochligini qondirish uchun va Xudoning O'g'lidek Uning huquqidan va kuchidan foydalanishga harakat qildi. Xudo Iso bilan birgami yo'qmi buni bilib olish uchun behudaga Xudoni sinash uchun Uni olishga urindi. Chunki Iso Xudoga to'liq ishonar edi, sinovga hojat yo'q edi. Shayton behuda Isoga shohlikni va dunyoning ulug'ligini taqdim qildi. Chunki nomi ulug'langan Iso Xudoning O'g'lidek hukm surganida aniq bir vaqtda hamma narsa Unga berilishini bilgan, U Shaytonga bo'ysunmasdan, bu vaqt kelgunicha U uchun tayinlangan hamma narsani bajarish uchun O'zini topshirdi.

Bu suhbatdagi muhim joyi Xudo so'zining kuchi va yetarliligidir. Ruhdan tug'ilib moylangan va tanada bo'lgan Rabbiy Iso Masih insonga yozilgan Xudo so'zi bo'lgan eng tajribali quroldan foydalanib iblis bilan jang qildi. Yozuvdagi bitta bayon dushmanning og'zini yopish uchun va nodonligiga chek qo'shish uchun yetarli edi. Shunga o'xshab, Xudo so'zining kuchi ruhiy kurash vaqtida bizga mavjuddir. Biz pok yurak bilan mos Muqaddas Yozuvni to'g'ri vaziyatda ishlatishimiz kerak, lekin buning orqasida Xudoning kuchiga to'liq ishonib, shaxsiy erishish uchun emas.

Bu g'alabadan keyin, farishtalar Isoning oldiga kelib, Unga xizmat qildilar va sajda qildilar. Agar Iso vasvasaga qulaganida edi, Xudo bilan yarashishimiz uchun oxirgi imkoniyat yo'qolgan bo'lar edi va hukm bizga kelgan bo'lar edi. Lekin U mahkam turib sodiqlik bilan oldinga qarab yo'l oldi va g'alaba qozondi.

IBODAT: Ey Xudoning Muqaddas O'g'li, men hursandchilik va quvonch bilan Senga va Otanga sajda qilaman chunki Sen Shayton ustidan g'olibsan. Iltimos men har doim yuragimda Muqaddas Xudoga sajda qilib, Unga kunlarimda xizmat qilib, Unga jonim bilan o'zimni topshirib va xizmatingda Senga ergashishim uchun mening ustimdan ham g'alaba qilgin. Iltimos men Sening xochinga va faqat Muqaddas Otangning nomiga kelajagimni qurishim uchun boylikni yoki halok kuchini xohlashdan ko'ra nafratlanib va kichik bo'lishni afzal ko'rish uchun menga yordam ber. Omin.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun faqat Xudoga sajda qilish uchun Shaytonga buyrug' berdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)