Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 033 (Baptism of Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
B - YAHYO PAYG'AMBAR MASIHNING YO'LINI TAYYOR LAYDI (Matto 3:1-4:11)

2. Masihning Suvga Cho'mishi (Matto 3:13-15)


MATTO 3:13-15
13 O'shanda Iso Yahyoning huzurida suvga cho'mish uchun Jaliladan O'rdun daryosi bo'yiga keldi. 14 lekin Yahyo Isoni to'xtatmoqchi bo'lib: - Men Sening huzuringda imon keltirishim kerak edi. Sen bo'lsang, mening oldimga kelyapsanmi? - dedi. 15 Iso unga javob berib: - Endi rozi bo'l, chunki biz shu yo'sinda ilohiy amrni to'la bajarishimiz o'rinlidir, - dedi. Shundan keyin Yahyo Isoga izn berdi. (O'qing Mark 1:9-11; Luqo 3:21-23; Yuhanno 1:21-23)

Yahyo suvga cho'mdiruvchi O'rdun Vodiysida kelayotgan xushxabarni ekish uchun ekin yerlariga o'xshagan tavba qilganlarni to'pladi. Singan yuraklar Xudoning jamoatining boshlanishi bo'lish uchun U orqali tallanganlar. Xudo jamoatining tarixi ulug'vor bir ma'batda emas balki sahroda boshlandi.

Iso to'satdan ikki kundan keyin Nasroniyadan qaytib kelib, Yahyoga va tavba qilganlarning jamosiga qo'shiladi. Bu Yahyo haqiqiy payg'ambar degan uchrashuvlarining birinchi vaqtidan ayon bo'ladi, chunki Yahyo Isoni aslidan bilar edi. Ko'plab odamlar Maryamning O'g'li Isoni bilishmaydi, lekin Muqaddas Ruh bilan moylangan ko'zlar bilan Isoni va Uning Ruhining kuchini ko'rishgan.

Iso suvga cho'mish uchun keldi, lekin har bir gunohkorni suvga cho'mishga va sinishga chaqiryotgan suvga Cho'mdiruvchi Nasroniylikni suvga cho'mdirishga e'tiroz bildirdi, chunki u Isoning muqaddasligini ko'rgan edi. U baland ovozda tan oldi: Iso O'zini poklashi kerak bo'lmagan, fikrini o'zgartirishi yoki yangi hayot boshlash uchun talab qilinmagan yagona Zotdir chunki U gunohsizdir. Iso eng Buyuk Muqaddasdir va eng Buyuk Muqaddas Xudoning O'zidir. Yahyo Iso bilan uchrashganidan boshlab Uning ilohiyligini e'tirof etgan.

Yahyo Masihning huzurida pastroq ekanini, gunohlarini va o'zi suvga cho'mishi kerakligini tushunib yetdi, shuning uchun u Isodan uni suvga cho'mdirishini so'radi. Shunday qilib Yahyo Rabbiysining oldida sindi va o'zini Unga bag'ishladi. U kamtarlik bilan izdoshlarini Masihga topshirdi.

Masih Yahyoning fikrlariga e'tiroz bildirdi va U hukm qilgani kelmaganligini balki barcha insonlarning o'rniga hukm bo'lishga kelganligini unga tushuntirdi. Shuning uchun Masih xizmatining boshidan mag'rur shohdek yoki ogohlantiradigan payg'ambardek emas balki bizning o'rnimizga Xudoning hukmini olishga tayyorlangan, dunyoning gunohini oladigan Xudoning yuvosh Qo'zisidek ko'rindi.

Iso gunohkorlardan ajralib, jannatda oliy bo'lib qolmadi. U tavba qilish uchun suvga tushib gunohlarimizni oldi. Iso bu dunyoni saqlash uchun va bizni oqlash uchun boshqa yo'l yo'qligini bilib, xizmatining birinchi kunidan boshlab xochga birinchi qadamini qo'ydi. Xudo Isoning buyuk qurbonligi orqali O'zining solihligini va odilligini tasdiqladi. Hatto U gunohkorlarni tekinga oqladi va U faqat O'g'lining xochida bizning hukmlarimizni amalga oshirdi. Faqat Masihda Xudoning solihligining barcha talablari bajo bo'ldi.

Yahyo Rabbiysiga itoatkor edi va itoatkorligi orqali tavbani ko'rsatdi. U Iso bilan suvga tushib Uni cho'mdirdi. Masih Yahyoga shunday deb aytganida Xudoning irodasida qatnashish uchun unga taklif berdi, “bu barcha solihliklarni bajarish uchun bizga to'g'ri kelyapdi.” Masih Yahyoni sodiqligi uchun mos deb hurmatladi va unga Xudoning solihligini bajarish uchun yordamchidek ish bilan taminladi.

Aziz kitobxon, siz ham imoningiz orqali va guvohligingiz orqali ilohiy najodni taratishda qatnashish uchun Rabbiy tomonidan taklif etilasiz, va atrofingizda chanqaganlarga Uning solihligini taqdim eting.

O'rdundagi Masihning suvga cho'mishi xochga Mixlangan Iso dunyoning gunohini O'ziga olib, Xudoning g'azabining toshqinida o'lib, O'rdun suvida cho'mganida xochdagi ramziy ma'nosini ochib berdi. G'alabasi bilan o'limdan tirilishining ramzi bo'lib suvdan chiqdi.

Shunday qilib Yahyoning suvga cho'mdirishining ma'nosi o'zgardi. Bu faqat hukm emas, abadiy hayotga Xudo tomonidan tayyorlangan yo'ldir. Biroq Masih bizga hayotini berishni xohlaydi.

IBODAT: Xudoning Muqaddas Qo'zisi, men Senga sajda qilaman, chunki Sen bu dunyoning gunohlarini olding. Sen biz loyiq bo'lgan Xudoning hukmini olding. Men oqlanishim uchun va haqiqatdan ham solihligingda qatnashishim uchun iltimos buyuk sevgingga va najotinga ko'zlarimni ochgin. Mening ko'plab do'stlarim oqlanishi uchun ismingni tan olish uchun menga yordam ber, chunki Sendagi solihlikdan boshqa solihlikni bilmayman. Omin.

SAVOL:

  1. Iso hatto gunohsiz bo'lsa ham nima uchun O'rdunda suvga cho'mdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)