Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 026 (Herod’s Attempt to Kill Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

4. Isoni O'ldirish uchun Hirodning Harakati (Matto 2:12-23)


MATTO 2:19-21
19 Hirodning o'limidan keyin Xudovandning bir farishtasi Misrda Yusufga tushida ko'rinib: 20 “O'rningdan tur! - dedi. - Chaqaloq bilan onasini olib, Isroil mamlakatiga yo'l ol. Chunki chaqaloqning joniga qasd qilganlar olamdan o'tdi”. 21 Shunda Yusuf chaqaloq bilan onasini olib jo'nadi, Isroil mamlakatiga qaytib keldi. (Luqo 2:39; Yuhanno 1:46)

Xudo Isoni ko'p vaqt Misr madanyatida o'sishini istamadi, shunda U Yusufni tushida uchinchi vahiy orqali uyga qaytib ketishi uchun boshqardi. Ular Baytlahimga va Yahudiy shohligiga emas balki Isroilning shimoliy yeriga qaytib ketishlari kerak edi, shunda Isoning tarbiyasi Ibroniy va Aramiya tillaridan va Eski Ahdning qoidalaridan birinchi o'z tomirini olar edi.

Biz qiladigan hamma narsada oldimizda ketayotgan Xudo bilan yo'limiz aniq va ravshanligini ko'rish yaxshidir. Biz Uning buyrug'isiz bir yo'lga yoki boshqa yo'lga ketmasligimiz kerak.

Xudoning qo'li Hirodning hayotini oldi. Hatto shohlar, payg'am-barlar va cho'ponlar o'lsa ham, Xudo, O'g'li Iso va haqiqiy izdoshlarini anglatadigan Masihning ruhiy badani abadiy yashaydi. Agar siz Isoning haqiqiy izdoshi bo'lsangiz va iztirobga tushsangiz, tinch bo'ling chunki Tirik Rabbiy Isoga ishongan kishida abadiy hayot bor.

MATTO 2:22-23
22 Ammo Yahudiyada Hirod o'rniga uning o'g'li Arhelay taxtga chiqqanini eshitib, u yerga borishga qo'rqdi. Biroq tushida vahiy kelgach, u Jalila yurtiga bordi. 23 U yurtning Nosira degan shahrida joylashdi. Shunday qilib, “U nosiralik deb atalgay”, - degan payg'ambar so'zi bajo keldi.

Buyuk Hirod Eramizdan 4 Oldin ifodalab bo'lmaydigan azobdan o'lganda, u farmonida uch o'g'lining har biri shohligining bir qismini olishlariga qaror qildi; shunda Arhelay Quddusni va uning hududlarini egalladi va Antipas Jalila va Prasni o'zlashtirdi va Filip Gaulonitis, Trachonitis va Paneyani. Quddusda otasini zafar qozongan Arhelay otasiga o'xshab zolim edi. U bir marta askarlariga bir vaqtda Quddus ko'chalarida uch mingta ziyoratchilarni o'ldirish uchun buyrug' berdi. Qaysar uni Eramizdan keyin 3 da lavozimidan uni chetlatib, Fransiyaga uni quvg'in qildi.

Qaysar xochda o'lish uchun Masihni hukm qilgan hokim Ponti Pilatga rayonini topshirdi. Shuning uchun biz Yangi Ahdda Hirod haqida o'qiganimizda, biz havoriylar janubiy O'rdun va Jalilaning shohi Antipani eslatib o'tishi haqida hulosa qilishimiz kerak.

Bu Yusuf Quddusdagi Arhelayning vaxshiligining yangiliklaridan qo'rqqan va Xudoning uyga qaytishga bo'lgan buyrug'i nato'g'rimikin deb ikkilangan deb aytmasdan boshlaydi. Lekin bu imonli kishi havotirida ibodat qildi va Xudo unga to'rtinchi vahiyda javob berdi va unga Jalilaga ketishiga buyrug' berdi. U yerda Yusuf uy-joydek Nasroniy chahrini tanladi, chunki Maryam u yerda yashagan edi. Bu kichkina inoyatsiz, muhtasham bo'lmagan shahar butun Eski Ahdda eslatib o'tilmaydi lekin bu Isoning yerli uyi bo'lgan. Biz Unga jalb etilishimiz kerak bo'ladigan Unda dunyoviy shahona kuch bo'lmagan deb bashorat qilish haqiqatdir. (Ishayo 53:2). Bu shaharni eslatib o'tib, ishayning poyasidan keladigan hodani va uning tomiridan shohdek o'sadigan hivichni anglatadigan “Netzar” degan boshqa Ibroniy so'z Mattoning fikridan o'tdi (Ishayo 11:1, 2). Bu bashoratda “Netzar” bo'lgan Isoda yashaydigan Muqaddas Ruhning eslatib o'tilgan. “Nasroniy” ded atalgan Iso “Netzar” yani novda bo'lish uchun e'lon qilinadi.

Pilat “Yahudiylarning Podshohi Nasroniylik Iso” deb yozib xochga qo'ygan nomda Nasroniy shahriga bog'liq eng muhim ma'noga hulosa chiqardi. (Yuhanno 19:19).

IBODAT: Inoyatli Samoviy Ota, men Senga sajda qilaman, chunki Sen to'rt martaYusufni tush orqali boshqarding, unga irodangni e'lon qilding va imon orqali yo'nalishinga itoat qilish uchun unga kuch berding. Sen O'g'ling yosh bo'lganida uni butunlay himoya qilding; meni ham himoya qilgin. Men hur-sandchilik bilan Muqaddas Ruhingning ovoziga javob berishim uchun rahbar-liginga itoat qilish uchun menda xohishni yarat. Omin.

SAVOL:

  1. Yusufga oshkor etilgan uchta narsa nimalar? Xushxabarning qayerida ular eslatib o'tilgan?

SAVOL - JAVOB

Aziz kitobxon,
bu kitobchada Mattoga ko'ra Masih Xushxabaridagi izohlarimizni o'qib chiqib, endi siz quydagi savollarga javob berolasiz. Agar siz quydagi savollardan 90% javob bersangiz, biz ta'lim olishingiz uchun keyingi qismlarini sizga jo'natamiz. Iltimos to'liq ismingizni va manzilingizni bu javob varog'iga aniq kiritishni unutmang.

  1. Matto kim va u qanday qilib o'zini tanishtirgan?
  2. Mattoga ko'ra xushxabarning hislatlari nimalar?
  3. Mattoga ko'ra xushxabarning maqsadi nima?
  4. Masihiy nima uchun aniq bir kitob orqali bog'lanmasdan balki Iso shaxsiga bag'ishlaniladi?
  5. “Masih” degan nom Isoga hurmat bilan nimani anglatadi?
  6. Nima uchun Iso “Dovud O'g'li” deb ataladi?
  7. Iso qanday qilib Ibrohim O'g'li ham bo'lishi mumkin?
  8. Ishoq qanday qilib Isoga o'xshash bo'lgan?
  9. Yoqub barcha insonlarga Xudoning barakasini taqdim etishda qanday qilib loyiq bo'ldi?
  10. Yoqub o'g'li Yahudo haqidagi va'da Isoda qanday qilib bajo bo'ldi?
  11. Xushxabarchi Matto nima uchun Isoning nasl-nasabidagi to'rt ayollarni fikrlashga olib keldi? Ularning ismlari nima?
  12. Bu bo'linish Eski Ahdning shohligida qachon sodir bo'ldi va qaysi gruhdan Iso kelgan?
  13. Xudo qanday qilib janubiy shohlikni himoya qildi va u qanday qilib qur-shovdan uni qutqardi?
  14. Isoning nasl-nasabi nima uchun tanaga ko'ra Uning otasi bo'lmagan Yusuf bilan tugaydi?
  15. Isoning nasl-nasabining qatorida nimani ko'rsatadi?
  16. Muqaddas Ruhdan bo'lgan bola bilan topilgan Maryamning ma'nosi nima?
  17. Farishta nima uchun Yusufga Maryamni bag'riga olishga buyurdi?
  18. “Iso” so'zining ma'nosi nima?
  19. “Emanuil” ning ma'nosi nima? Va Masih nima uchun bu nomga loyiq?
  20. Isoning otasi bo'lgan Yusuf qanday qilib imon qaxramonlarining biri bo'ldi?
  21. Bu vaqt mobaynida Saturn bilan Yupiterning birlashuvi qachon yuz berdi?
  22. Hirod kim? Va bosh Yahudiy Kengashi nima?
  23. Mixoning bashoratidagi eng muhim fikrlar qaysilar?
  24. Munajjimlar nima uchun buyuk quvonchga to'ldilar?
  25. Sajdaning ma'nosi nima?
  26. Xudo qanday qilib chaqaloq Isoni va Uning ota-onasini Hirod qo'lidan saqlab qoldi?
  27. Xudoning jazolarining oxirgi maqsadi nima?
  28. Yusufga oshkor etilgan uchta narsa nimalar? Xushxabarning qayerida ular eslatib o'tilgan?

Siz abadiy xazinani olishingiz uchun Masihning imtixonini biz bilan bajarishingiz uchun sizga yordam beramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:43 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)