Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 023 (Worship of the Magi)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

3. Munajjimlarning Ziyorati va Sajdasi (Matto 2:1-11)


MATTO 2:11
11 Uyga kirib, chaqaloqni va Uning onasi Maryamni ko'rdi-lar-da, muk tushib, chaqaloqqa ta'zim qildilar. So'ng xazina-larini ochib, Unga oltin, hushboy tutatqilar va mumiyo tortiq qildilar. (Zabur 72:10, 15; Ishayo 60:6)

Munajjimlar Baytlahimga yetib kelishganda, yulduz ularga yo'l ko'rsatdi, ular bu qishloqning odamlaridan Dovud oilasining yangi tug'ilgan chaqalog'i haqida so'rashdi. Odamlardan ba'zilari yagona Najodkor va Masih bo'lgan Rabbiyning O'zi oxurda yotgan chaqaloqni e'lon qilayotgan Bet-Zur tepaliklarida kuylagan va ularga ko'ringan farishtalar haqida bir necha oylar oldin aytgan cho'ponlarning hikoyasini esladilar. Qishloq odamlari cho'ponlarning hikoyasiga ishonmaganlar. Ular cho'ponlar narsalarni hayol qilyapdilar deb o'ylab, ularning ustidan kulishgan.

Rim ro'yhatidan olomonlarning o'tishidan keyin, Yusuf bir uyni ijaraga oldi. Munajjimlar Xudoning aniq isboti edilar va ular ijaraga olingan uylarida chaqaloq va onasini topgunlaricha qidirdilar. U yerda sharqiy ilmchilar imonlarini tan olib, ular ishongan kishiga sajda qildilar. “Sajda” degan so'z o'zidan butunlay voz kechishni va yurakdan itoat va bag'ishlanishni anglatadi. O'tmishdagi qullar o'zlarining sultonlariga yaqin kelish orqali va yerga peshonalari bilan tegib, muk tushishlari orqali sajdani ko'rsatganlar, xuddi ular shunday deb aytyotgandek, “Iltimos boshimga oyog'ingizni qo'ying. Men siznikiman. Siz xohlagandek menga munosabatda bo'ling. Men sizning qo'lingizdaman.” Munajjimlarning bosh egishlarini ba'zi xalqlar Iso olamning Rabbiysi va ular Unga o'zlarini topshirishganini anglatadi, holbuki Yahudiylar jim turib, Uning ko'rinishining boshlanishidan Unga qarshi bo'lishgan. Matto o'zining Xushxabarining boshidan Ibrohim va uning avlodi uchun va'da etilgan inoyat Xudoning O'g'li Iso Masihga ishonadigan barcha xalqlarga tushishini ko'rsatib bergan.

Agar siz Rabbiylar Rabbiysiga yaqin kelsangiz va Unga ishon-sangiz, siz Masihning sajdasi faqat o'zingizdan boshlanyotgan harakat emasligini ko'rasiz. Mehribonlik, hayr-ehson, kuch, kechirim va tinchlik daryolari sevgi Xudosidan Unga o'zini topshirgan yuraklarga oqadi. Hatto munajjimlar chaqaloqqa hadyalar olib kelishgan va ular barchaning eng buyuk sovg'asini olganlardan bo'lishgan; Xudo O'zining O'g'lini ularga berdi. Biz ular shunday hayr-ehsonni, sajdani va hurmatni Hirodga berishgani haqida o'qimaymiz, hatto u shohonasining eng oliysida bo'lgan bo'lsa ham. Lekin ular bu chaqaloqqa hurmat-ehtiromni berishgan, faqat U chaqaloqqa bo'lgandek emas, (keyin ular xuddi shunday Hirodga ham qilishgan) balki Xudoga bo'lgandek berishdi.

Biz Xudoga sajda qilishda o'zimizni hadya qilganimizda, biz o'zimizda borini Masihga topshirishimiz kerak. Agar biz Unga bo'lgan o'zimizni topshirishda samimiy bo'lsak, biz eng qimmatliligimiz bilan qismga tayyor bo'lamiz va U uchun eng qimmatli mulklar bo'lamiz. Agar biz o'zimizni birinchi Unga tirik qurbonlikdek hadya etmasak, bizning sovg'alarimiz qabul qilinmaydi. “Xudovand Hobilni va uning hadyasini manzur ko'rdi” (Ibtido 4:4). Siz haqiqatdan ham imonda o'zingizni sov'gadek hadya qildingizmi?

Jamoat otalari Munajjimlarning sovg'alarning uch turini Masihning xizmatiga bog'liq bo'lgan hislatlardek izohlab berishdi. Ular Uning ilohiy ulug'vorligiga va kuchiga boj to'lab, Unga shohdek oltin tortiq qildilar (Chiqish 25:17 bilan Ibroniylarga 9:5); hushbo'y tutatqi, Masihning xochdagi azobi va o'limining ko'rsatgichidek – gunohlarimiz uchun Xudoning qurbonlik Qo'zisi (solishtiring Zabur 69:20-21; Matto 27:33-35 bilan Yuhanno 19:28-30, 39); va hush hid, Masih orqali Xudoga bo'lgan azizlarning ibodatlari bilan birga Masihning insoniy to'liqligini anglatishi (solishtiring Levitlar 2:1 bilan Efesliklarga 5:2; 2 Korinfliklarga 2:15). Xalqlar bu sovg'alar orqali Iso Shohlar Shohi, Oliy Ruhoniy va U ilohiy tabiatdan bo'lganligiga dalolat berishgan, lekin Quddus va Baytlahim xalqi Xudo tanada yashayotganini bilishmagan.

Siz ko'rish uchun ko'zingiz borligidan yuragingiz yumshadimi? Siz Rabbingiz va Xudoyingiz Isoga sajda qilasizmi va yuragingizni, pulingizni va vaqtingizni jon deb beryapsizmi? Masih yovuz dunyomizga Xudoning najodini olib kelib, tug'ildi. Uni sevgan kishi U bilan yashaydi va Muqaddas Ruhning kuchi unda yashaydi. Siz haqiqatdan ham Isoning sajda qiluvchisimisiz, yoki siz hali ham betarafmisiz?

IBODAT: Muqaddas ilohiy O'g'il, men Senga sajda qilaman, chunki Sen meni saqlash uchun kelding. Sen har bir kishini sevasan va meni ham sevasan. Men Sening oldingda gunohlarimni tan olaman; men Senga hadya qilib hech qanday yaxshi narsani taqdim etolmayman; shuning uchun iltimos meni qabul qilib, meni saqla. Men Senga o'zimni taqdim qilishga loyiq bo'lishim uchun meni tozalab muqaddaslagin. Men Sening o'g'ling bo'lishga loyiq emasman. Lekin Sen mening oldimga shoshilib, meni ko'tarasan va sevasan. Sen meni solihligingda kiyintirasan va meni najod hursandchiligiga olib kelasan. Sen mening Rabbim va Xudoyimsan. Men Senikiman. Iltimos ulug'vor inoyating uchun hayotimni nazr qil. Omin.

SAVOL:

  1. Sajdaning ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)