Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 022 (Worship of the Magi)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

3. Munajjimlarning Ziyorati va Sajdasi (Matto 2:1-11)


MATTO 2:7-10
7 O'shanda Hirod munajjimlarni yashirincha chaqirib, ular-dan yulduzni paydo bo'lgan aniq vaqtini bilib oldi. 8 So'ng ularni Baytlahmga yuborib: - Boringlar, chaqaloq haqida sinchiklab surishtiringlar. Uni topgach menga xabar berin-glar, toki men ham borib Unga ta'zim qilayin, - dedi. 9 Munajjimlar podshohning so'zlariga quloq solib jo'nadilar. Ular sharqda ko'rgan yulduz esa ularga yo'l ko'rsatib bordi va nihoyat chaqaloq yotgan joy tepasiga kelib to'xtadi. 10 Ular yulduzni ko'rib, haddan ziyod quvondilar.

Shoh Hirod va bosh Yahudiy kengashi Xudoning chaqiruviga qarshi yuraklarini berkitib oldilar. Ular na gunohlaridan tavba qildilar, na munajjimlarga ishondilar. Shunda Hirod yashirin uchrashuvga Sharqdan mehmonlarni chaqirib, Masih tug'ilgan vaqtini o'rganish uchun yulduzni paydo bo'lgan aniq vaqtini so'rab surishtirdilar. U allaqachon ruhoniy va xattotlardan U tug'ilgan joyni o'rganib bo'lgan edi. U ayyorlikcha Chaqaloqni o'ldirish maqsadida shaharning bir necha bolalarining orasidagi shahona bolani qidirish uchun munajjimlarni Baytlahimga jo'natdi.

Hirod ilohiy bolaga sajda qilish uchun ularga ergashaman deb munajjimlar oldida ayyorlik qildi. Bularning hammasi shubha bo'lib ko'rindi, xuddi u buni diniy ko'rsatuv bilan yashirmagandek: “Men ham borib, Unga sajda qilaman.” Eng buyuk yovuzlik tez-tez o'zini dindorlikni va xudojo'ylikning niqobi ostiga yashiradi.

Hirod, na xattotlar va na Quddusdagi kimdir munajjimlarning aytgan gaplariga ishondilar. Yahudiylar va Rimliklar ularning aytganlarini afsona deb hisoblab, sharqdan kelgan munajjimlarni mazax qildilar. Bosh ruhoniylar Xudo ularga xabar bermasdan Masihni jo'natganligiga ishonmadilar chunki ular o'zlarini haq kishilar va boshqa xalqlarni nopoklar deb hisoblar edilar. Xudo begonalarga O'zining sirlarini ochib bergan degan fikr ularning tushunchalariga qarama-qarshi edi.

Nima bo'lsa ham, Hirod munajjimlardan chaqaloqni topib, unga xabar berishlarini so'radi. Hirod munajjim bo'lganida, u buyrug'ini bajarish uchun, unga sodiq boladigan kimdirni tanlagan bo'lar edi. Baytlahim Quddusga juda yaqin, u munajjimlarni kuzatish uchun ayg'oqchilarni ossonlikcha jo'natib, ular chaqaloqni topganlarida Uni yo'q qilishlari mumkin edi.

Xudo dushmanlar jamoatni yo'q qilish uchun ossonlikcha foydalanadigan usullarni ko'rishdan jamoat dushmanlarining ko'zlarini ko'r qila oladi; xuddi U bunga qodirdek “hukmdorlarni ahmoq qil” va “shahzodalarni yo'ldan ozdir” (Ayub 12:17, 19).

Yahudiylarning boshliqlari birinchi yuraklarini Masihga qarshi berkitganlarida, munajjimlar uchinchi vaqt uchun, Eramizdan 7 oldin Dekabirning to'rtinchi kunida Saturn bilan Yupiterning birlashuvini kuzatishgan edi. Qanday ajoyib! Bu vaqt, ularning birlashuvlari sharqda emas, janubda sodir bo'lgan edi. Ular sharqdan g'arbga safar qilgan edilar lekin ular Quddusning janubiy-g'arbiga chamasi olti km bo'lgan, Baytlahim tomon yo'nalishlarini o'zgartirdilar. Bu ko'rinarlidek tuyilgan yulduz ularning oldilarida borar edi.

Shu payitda uning qarindoshlari, Yahudiylar qo'shni shaharga uni kutib olishga buyrug' berish uchun bormaganlarida, munajjimlar yangi tug'ilgan chaqaloqqa sajda qilish uchun uzoq mamlakatdan kelishdi. Bu uyda shunday qarovsiz qolgan Chaqaloqni qidirgan munajjimlarga Uni topish yuraksizlik bo'lgan bo'lsa kerak.

Biroq munajjimlar o'zlarining qarorlarida turib oldilar. Biz Masihga kelishimizda davom etishimiz kerak. Hatto biz yolg'iz bo'lsak ham, boshqalar nima qilishidan qat'iy nazar, Xudoga xizmat qilishimiz kerak. Agar ular biz bilan jannatga bormasalar, biz ular bilan do'zaxga bormasligimiz kerak.

Agar biz barcha hududda Xudoga xizmat qilsak, U bizni boshqaradi va Xudo biz qilolmaydigan narsalarni qilish uchun bizga huquq beradi; “O'rningizdan turing va ishga tushing, Xudo siz bilan bo'ladi” (1Solnoma 22:16). Lotincha hikmat shunday deydi, “Qonun dangasalarga emas, balki faollarga o'zining yordamini beradi.”

Bu yulduz ularni bir muncha qoldirib, keyin qaytib ketdi. Qo-rong'ulikda Xudoga ishonishni davom ettiradiganlar bu nurni topadilar, va bu nur har doim ularning yo'llarini yoritish uchun saqlanadi. Xudo Isroil xalqini “va'da etilgan yer” ga olov ustuni orqali boshqargan va munajjimlarni O'zi “Yorug' Tong Yulduzi” (Vahiy 22:16) bo'lgan “va'da etilgan Urug'” ga yulduz orqali boshqardi. Xudo Uni sidqi dildan va sodiqlik bilan qidiradiganlarni nobud bo'lishda tark etishdan ko'ra “yangi narsani yaratadi”.

Xudo G'ayriyahudiylardan imonlilarga bir nishon berishdan voz kechmadi. Hatto munajjimlar xattot bo'lmasalar ham va yozuvlarni bilmagan bo'lsalar ham, ular Shohlar Shohini ko'rish uchun va Uning inoyatini qidirish uchun uzoq safar qildilar. Ular uchinchi marta osmonda ikki sayyoraning birlashishini ko'rishganda, aytib bo'lmaydigan darajada quvonchga to'ldilar. Hozirgacha Xudoni qidiradiganlarni va butun yuraklari bilan Uni izlaydiganlarni buyuk hursandchilik to'ldiradi. Ular Unga sajda qilib, Unda orom topadilar.

Xudo ba'zi Masihiy bo'lmaganlarga Masihga, Uning so'zlariga va jamoatiga ularni jalb qilish uchun tush va vahiylar beradigan bu kunlarni tushunib yetishimiz kerak. Ular Isoning shaxsi bilan tanishgan haqiqatni qidirib topadilar. Afsuski ko'plab ilmli Masihiylar Iso Xudodan tug'ilganiga ishonmaydilar. Ular Uning tirilishini mazax qiladilar va oxir oqibatda qo'llariga berilgan abadiy xazinani yo'qotadilar. Siz bu guruhlarning qaysi biriga ergashasiz? Siz Xudodan boshqa narsani maqsad qilmasdan butun yuragingiz bilan Uni qidirasizmi? U sizning xazinangizmi? Yoki siz dunyoviy sovg'alarni xohlaysizmi? Hamma narsani qoldirib, Isoni va Uning nurini qidiring chunki U bizning havotirli dunyomiz uchun yagona umiddir. U siz uchun tug'ilgan. Hech qanday shubhasiz Unga o'zingizni topshirasizmi?

Solihlik Quyoshi bo'lgan Masih tug'ildi, biz yulduzlarni va sayyoralarni o'rganish uchun va kelajakning sirlarini kashf ettish uchun endi kuzatishimiz shart emas. Masih bizni qondiradi, saqlaydi va boshqaradi; yulduzlarga, munajjimlikka yoki ko'rinmaydigan narsalarni oldindan ko'radigan folchilikka suyangan kishi Masihni rad etadi va uzoq soya bo'lib qoladi.

IBODAT: Rabbiy Iso, men Seni sevaman, chunki Sen inson bo'lib, meni Xu-doning farzandi qilding. Men rosdan ham buzuqman. Sen mening Najodkorim va Cho'ponimsan, mening Kuchim va Shohimsan. Men Sening bolalaringning biri bo'lishim uchun ulug'vor inoyating orqali loyiq bo'lishim uchun Senga hayotimni beraman. Omin.

SAVOL:

  1. Munajjimlar nima uchun buyuk quvonchga to'ldilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)