Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 017 (Jesus' birth)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

2. Isoing tug'ilishi (Matto 1:18-25)


MATTO 1:22-23
22 Bularning bari esa Xudovandning payg'ambar orqali ayt-gani bajo kelishi uchun ro'y berdi. Payg'ambar: 23 “Qiz ho-milaliy bo'lg'ay va o'g'il tuqqay, Uning ismini esa Immanuil qo'yurlar” - deb karomat qilgan edi. Immanuil - “Xudo biz bilan” demakdir”.

Farishta Yusufga Maryamdagi bola Muqaddas Ruhdan ekanini tasdiqlab berdi. U Yusufni Ishayo payg'ambar orqali 700 yil oldin Xudo aytilgan Eski Ahdning bashoratiga ham boshladi (Ishayo 7:14, 9:6). Xudo Yusufdan bu mo'jiza imkoniyat orqali sodir bo'lmaganini balki bu ancha yillar oldin najodining ishi bo'lib va Yahudiy xalqining tarixining cho'qqisi bo'lib rejalashtirilganligini tushinishini xohladi.

“Va'da etilgan kishi” bokiradan tug'ilgan O'g'il edi. Uning ismi Imanuil (Ibroniy tilda), bu degani “Xudo biz bilan.” Xudo U orqali xalqi orasiga yashash uchun keladi. Bu vaqtdan gunoh bu dunyoga kirib keldi, Yaratguvchi ijodlaridan O'zini ajiratdi chunki U juda yuksaladi va muqaddasdir. Uning ulug'vorlik va muqaddaslik ko'rinishida, U gunohni hukm qilishi kerak; chunki Xudo O'zining tabiatida gunohning dushmanidir va hech qanday gunohkor Uning huzurida yasholmaydi. U tavba qilishni istamagan va yovuz ishlaridan qaytmaydigan har bir kishini jazolaydi.

“Imanuil” degan ism bizning tushunchamizdan ko'ra yuqoriroq ko'tariladi. Xudo O'zi bilan dunyoni yarashtirib, tinchlik olib kelib va bizni O'zi bilan birlik va ahdga olib kelib, oramizda mujassamlanadi. Masih kelishidan oldin, Yahudiy xalqida ular bilan soyalarda va xatlarda Xudo bor edi, lekin “So'z tana bo'lganida” hech qachon bunday bo'lmadi. Xudo malaklar o'rtasida belgi bo'lib yashashining o'rniga, xalqi orasida va'da qilingan Imanuil bo'lgan Isoda yashadi.

Xudo va inson o'rtasida tinchlik va aloqa olib kelish uchun qanday inoyatli harakat Xudo tomonidan olindi. Ikta tabiat “Uning qo'li bizning ustimizga cho'zilish” (Ayub 9:33) hukmdor bo'lishga loyiq bo'lgan bu vosetachining shaxsida birga olib kelinadi, chunki U ilohiy va insoniy tabiatlardan qatnashadi. Bunda biz eng chuqur sirni va eng boy shavqatni ko'ramiz; biz yaratilish nurida bizdan uzoqdagi kuchli Xudodek bo'lgan Xudoni ko'ramiz; qonun nurida, biz Uni bizda qo'rquvni keltirib chiqaradigan hukmlovchi Xudodek ko'ramiz; lekin biz xushxabar nurida “Imanuil” ni mehribondek ko'ramiz, Xudo tabiatimizda biz bilan yurib, juda yaqin bo'lib, biz bilandir. Shu tarzda Qutqaruvchi “sevgisini berdi”.

Tavba qilmaydigan kishi g'alamisdir. U o'zini aldaydi va boshqalarni aldaydi, asosan do'stlari u bilan “Xudo sen bilan” deb salomlashganda. Ular shunday deb aytishlari kerak, “Xudo senga qarshi”, chunki Xudoning g'azabi barcha xudosizlaru, nohaqlarga qarshi ochiladi.

Biz Masihning tug'ilishidan Xudoning muqaddasligi sevgisi va mehri bilan birlashganini o'rganamiz. Oxirdagi chaqaloq pok va odamlarning gunohlarini olib tashlab, biz loyiq bo'lgan hukmning g'azabini olib, va har doim Xudodan bizni ajratadigan to'siqlarni yengib, muqaddas Xudo bilan bizni yarashtirish uchun g'uborsiz tug'ildi. Oqlangan va mehribon Masih Xudo va bizning o'rtamizdagi birlashtiradigan rishtadir.

Hech qanday din va odamlarda Masihni qabul qilganlardan tashqari “Xudo biz bilandir” deb aytishga huquq yo'q. Masihning shaxsida Xudo kelib ishladi. Unga sodiq qolgan kishi poklikka, haqiqatgo'ylikka va xizmatga barcha imonlilarni boshlaydigan Muqaddas Ruhni qabulqiladi. Ruhida to'g'ri bo'lib yurgan va Xudoning shaxsining istiqomad qilishini ko'radigan kishidan boshqa, hech kim “Xudo biz bilandir” deb aytolmaydi.

Xudodan keyin qidiradigan kishi “Xudo biz bilan” degan Isoning shaxsida o'z ichiga olgan oddiy xabardan hayron bo'ladi. Agar siz Xudo yuborgan Vosetachiga ergashmayotgan bo'lsangiz, ibodatlar qilish, qonunlar, muqaddas kunlar va urf-odat qo'shiqlari sizni Xudoga yaqin olib kelmaydi. Biz Uning oldimizga kelishiga noloyiqmiz, biroq bokira Uni Imanuil deb atab, bir o'g'il keltirishi ko'p yillardan bo'lgan Xudoning rejasi edi.

IBODAT: Muqaddas Xudo, men Senga sajda qilaman, chunki Sen sevgidirsan. Iltimos mendan nafratlanma va meni yo'q qilib yuborma, buning o'rniga menga mehribonlik ko'rsatgin. Sen mustaxkamlikda mening oldimga kelib, gunohlarimni olding va mening barcha nohaqliklarimdan tozalading. Sen meni hech qachon tashlab ketmaslikka va rad etmaslikka va'da berganing uchun Senga rahmat aytaman. Omin.

SAVOL:

  1. “Imanuil” ning ma'nosi nima? Va Masih nima uchun bu nomga loyiq?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)