Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 016 (Jesus' birth)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

2. Isoing tug'ilishi (Matto 1:18-25)


MATTO 1:21
21 U o'g'il tug'adi va Uning ismini Iso qo'yasan, chunki U O'z xalqini gunohlaridan qutqaradi.” (O'qing Luqo 2:21)

Farishta Yusufga Maryam qiz emas balki o'g'il tug'ishini aytdi va Yusufda o'g'ilga Xudo tomonidan abadiy rejalashtirilgan bir ism berishga imtiyoz bor edi. Bu Xudodan bo'lgan aniq buyrug' edi va buni Yusuf imon bilan bajardi. Yusuf bu ilohiy ism o'zining ma'nosida tushunilishiga ishondi.

Isoning ismi “Rabbiy saqlaydi”; “Rabbiy qutqaradi” degan ma'noni beradi. Bu Uni chaqirish uchun oddiy ism emas. U faqat xalqlarning shohi emas, balki U Xudodir. Shoh insonlarni insoniy dushmanlardan saqlashi mumkin lekin faqat Xudo ularni gunohlaridan saqlay oladi (Zabur 50:14). Barhayot Xudo bizni yo'q qilishni xohlaydigan jahildor hukmdor emas, balki U yo'qolganlarni O'g'li Rabbiy Iso orqali saqlab qolishni qidiradi. U gunohkorlarning oldiga tushib, bizning oramizda yashadi va biz Unga yaqin kelishimizni so'raydi. Gunohkorlar uchun Xudoning sevgisi “Iso” ismida namoyon bo'ladi; butun samoviy maqsadlar bu ajoyib ismda o'rin oladi.

Biroq, hamma ham Xudoning yordamiga va qutqarilishga erishmaydi. Faqat Uning xalqi bunga erishadi. Asosiy xalq “Xudoning xalqi” deb hisoblanmaydi. Har bir kishida gunohlaridan tavba qilish orqali Xudoga tegishli bo'ladigan va Najodkor Isoga ishonadigan imtiyoz bor. Isoga ishonadigan kishi oqlanadi. Siz gunohdan Isoga qaytganingizda o'sha zahotiyoq Xudoning xalqiga qo'shilasizlar. Osmon yoki yerda sizga siz uchun qayg'uradigan va sizga yordam beradigan Xudoni tasdiqlaydigan Isoning ismidan ko'ra yoqimliroq narsa yo'q.

Iso xalqiga yordam berish uchun qanday yordamni taklif qiladi? Gunohdan najodni! Gunohini tan oliib, barcha nopok ishlaridan tavba qiladigan kishiga dunyoning gunohlarini olgan Xudoning Qo'zisi bo'lgan Isoning buyuk mo'jizasi beriladi. U Qudratlidir va U Otasi bilan ulug'vorlikda o'tiribdi. Uning barhayotligida, Unda bizni qutqarish uchun va shohligi uchun munosib qiladigan va ularni yangi ijod qilishiga ishonadiganlarga Ruhini beradigan kuch bor. Faqat Iso Qutqaruvchi va Najodkordir. Insonlar uchun Undan boshqa hech qanday umid yo'qdir. U gunohlaringizni kechira oladi va sizni eng buyuklikka saqlashga qodirdir. Uning mehribonchiligiga yuragingizni oching va Unga minnatdorchilik aytib, sizga bo'lgan inoyati uchun Uni ulug'lang.

Hech narsa Unga ishonganlarni qutqarishdan Xudoning O'g'li Isoga halal berolmaydi va yovuz ruhlar Uning qo'lidan imonlilarni olishga qodir emas. Iso imonlilarni podadagi qo'ylardek birga olib keladi. Biz Xudo ikki ming yil oldin O'g'li orqali ko'p odamlarni gunohlaridan saqlaganligi haqida farishtaning bashorati haqidagi haqiqatga dalolat keltiramiz, va bu son hanuz o'sib kelmoqda.

Biroq, siz qutqarilganmisiz; siz gunohlaringizdan qutqarildingizmi? Yuragingiz Uning najodini qabul qilib, Unga ishonishga sizni majbur qilib, tavba qilishda singanmi? Yuragingizni qutqarish hursandchiligi to'ldirib, fikringizni va munosabatingizni o'zgartirganmi? Unday bo'lsa borib,aka-uka va opa-singillaringizni va barcha tanishlaringizni Isoning najodida qatnashish uchun chaqiring, chunki U Unga ishonganlarni qutqarishga tayyor.

IBODAT: Najodkorim Rabbiy Iso, men Senga sajda qilaman, chunki Sen meni qutqarish uchun tug'ilding. Sen mendan nafratlanmasdan, meni sevib, gu-nohlarimni butunlay yuvib tashlading. Iltimos men nohaqlikdan ozod bo'lib, muborak isming uchun muqaddas bo'lishim uchun men bilan bo'lgan huzuringa va kuchinga ishonishga meni o'rgat. Iltimos dushmanlarim va do'stlarim halok bo'lmasdan, balki abadiy hayotga erishishlari uchun, najoding tomon ularni tort. Omin.

SAVOL:

  1. “Iso” so'zining ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)