Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 009 (Genealogy of Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

1. Isoning nasl-nasabi (Matto 1:1-17)


MATTO 1:3-5
3 Yahudo va Tamaradan Paraz hamda Zarah tug'ildilar. Parazdan Hasron tug'ildi. Hasrondan Aram tug'ildi. 4 Aramdan Amminadab tug'ildi. Aminadabdan Naxshon tug'ildi. Naxsho'ndan Salmon tug'ildi. 5 Salmon va Rahobadan Bo'az tug'ildi. Bo'az va Rufdan Obid tug'ildi. Obiddan Ishay tug'ildi.

Mattoning Xushxabari Eski Ahdning sharqlovchilariga uyat va charchovga sabab bo'lgan uchta ayolning ismlarini fikrlashga olib kelganda, bu Isoning nasl-nasabidagi uchta bo'limlarga bizni boshlaydi. Biz hech kimni hukm qilmaymiz, balki biz insonning yovuz yo'nalishlariga qarab, gunohimizdan tavba qilishda davom etamiz.

Matto Soraning ismini yoki barcha Yahudiylar fahirlanadigan boshqa mashxur ayollarning ismlarini eslatib o'tmagan, balki u Yahudiylar fahirlana olmagan ayollarning ismlarini eslatib o'tadi: Xudoning najodi gunohkorlar uchun rejalashtirilgan degan gapni ko'rsatish uchun “Tamara” eslatib o'tilgan (Ibtido 38:11-14); “Rahoba” gunohkorlar uchun najod imon orqalidir deganni ko'rsatish uchun eslatib o'tilgan (Yoshua 2; Ibroniy 11:31); “Rut” bu najod qonunsiz inoyat orqalidir degan so'zni ko'rsatish uchun eslatib o'tilgan (Qonunlar 23:3; Rimliklarga 3:21-30); va “Bat-Sheba” imonlilarga bo'lgan Xudoning najodi imon orqalidir va shunday najod abadiydir degan so'zni ko'rsatish uchun eslatib o'tilgan (2 Shohlar 11 va 12; Zabur 22:3; Ibroniylarga 10:38-39).

Biz bugunlik kunda Isoning nasil-nasabida eslatib o'tilgan ba'zi ismlarni aniq bilmaymiz. Biroq biz josuslarni qabul qilib, ularni himoya qilgan xudosiz fohisha Rahobani bilamiz chunki Xudo unga uning shahri Yerixoni kelayotgan odamlarning qo'liga topshirganini ko'rsatgan. Bu shahar yengilgandan keyin, bu josuslardan biri unga uylandi va u Masihning katta onasi bo'ldi.

Tamara Shoh Dovud va Isoga hech qanday Yahudiy qonini olib kelmadi. Rahoba Rut qilgandek qildi, chunki Xudoning Ruhi irqiy fikrni bajarmayotganini balki U G'ayriyahudiy gunohkorlarni ham qutqarishni xohlashini isbotlashni istadi (Yoshua 2:1-21; Ibroniylarga 11:31).

Bo'az to'g'ri kishi bo'lgan. U tul Rutning hafagarchiligidan foydalanmagan, balki u xizmatkorlariga Rut uchun dalasidagi dondan u terib olishi uchun va yeyishi uchun qoldirishlarini buyurdi chunki u qaynonasiga qanday sodiq do'stligini bilar edi (keyingi erining onasi). Bundan keyin, Bo'az hatto u o'zga ayol bo'lsa ham va u Dovudning bobosining onasi bo'lsa ham unga uylandi. Rut Yahudiy qonuniga ko'ra nopok hisoblangan lekin hamma inson Xudo uchun tengdir (Rut 2:4).

Iso avlodining tarixidagi eng daxshatli gunoh payg'ambar Dovud berilgan gunoh edi. Dovud askarlaridan biri bo'lgan Uriyoning xotini uyining tomida cho'milyotganda, uni xohlagan edi. Dovud xabarchilarini yuborib, bu ayolni saroyiga keltirdi va lashkarlarining qo'mondonidan uning eri Uriyo shohning sharmandagarchiligini yopish uchun dushmanlarning pistirmasida o'lishi uchun bir reja topishini so'radi. Lekin Xudo zinokorni va xizmatkoridagi qotillikni fosh etib, uni o'ldirish uchun belgi qo'ydi. Uni hech narsa saqlay olmadi, balki kamtarlik va tavba uchun Xudoning inoyatiga ishonish, darhol tavba qilish va samimiylik saqlab qoldi (Zabur 50). Mehribonchilik uni tark etmadi. Dovud unga qonuniy uylandi va Xudo ularga turmush samimiy tavba orqali poklanganda dono Sulaymonni o'g'ilni berdi.

IBODAT: Ey samoviy Ota, Sen meni rad etmaganing uchun men Senga rahmat aytaman. Men buzuq va zinokordirman, lekin Sen hayotim uchun hatti-xarakatida muqaddas misolni ko'rishim uchun menga O'g'lingni yubording. Men o'zim uchun Uning qurbonligini qabul qilaman. Men Muqaddas Ruhingning kuchida muqaddaslanib, Sening otalik irodangga xizmat qilib, kamtar bo'lib yashayman. Omin.

SAVOL:

  1. Xushxabarchi Matto nima uchun Isoning nasl-nasabidagi tortta ayollarni fikrlashga olib keldi? Ularning ismlari nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)