Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 008 (Genealogy of Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

1. Isoning nasl-nasabi (Matto 1:1-17)


MATTO 1:2-3
2 Yoqubdan Yahudo va uning aka-ukalari tug'ildilar. 3 Yahudo va Tamaradan Paraz hamda Zarah tug'ildilar.

Muqaddas Kitob insonlarga qarshilik qilmaydi, balki biz hammamiz gunohkor ekanimizni, va oilam ayibsiz deb o'ylaydigan har bir kishi hatto ular shoh va payg'ambarlar bo'lgan bo'lishsa ham aldanishlarini, modomiki hech kim hatto Isoning oilasida bo'lsa ham Xudoning oldida solih emasligini aniqlab beradi. Biz Isoning nasil-nasabi gunoh ichida yashaganini lekin insoniy otadan emas balki Unda yashaydigan Xudoning Ruhidan bo'lgan Iso otalaridan meros bo'lib qolgan yovuzlikni yengan haqiqatni topamiz. U gu-nohsizligicha qolgan va U pok bo'lib, O'zida insonzodni qutqa-rishni istadi.

Yahudo o'n ikki qabila nomlangan ismda Yoqubning o'n ikki o'g'illaridan biri bo'lgan. Bu o'g'illar bir marta singillariga kelgan uyat uchun butun shahar aholisini yo'q qilgan ko'chmanchilar edi (Ibtido 34:1-29). Ular eng kichik ukalari Yusufga ham hasad qilishgan chunki otalari ularga qaraganda eng kichik ukalarini ko'proq sevar edi va u uchun har hil rangli to'n tikib bergan. Shunda, ular Yusufni o'ldirishni rejalashtirdilar, lekin Yahudo ularning xohishlarini sovutib, ular uning hayotini olish o'rniga undan foyda olib, yigirma tanga kumush uchun ukalarini sotish uchun ularni ishontirdi.

Yahudo nafsining gapiga kirib zinoga berildi. U qonunga ko'ra o'g'lining Tamara ismli xotinini uchinchi o'g'liga turmushga chi-qishdan to'xtatdi. Tamara uni aldab, u bilan yotishga yo'l qo'ydi va Tamara Yahudodan Paras ismli bolani ko'rdi (Ibtido 38). Bu Isoning nasab-nomasida eslatib o'tilgan Yohudo, Tamara va Parast bo'lgan uchta odamlarning ismlari bo'lgan insonlarga sharmandagarchilikdir. Xudo O'g'li hatto nafs bandalari, zinokorlar va gunohkorlarni qutqarishini isbotlash uchun bu dunyoga keldi; va U har bir kishining niqobini olib tashlab ko'rsatadi.

Yoqub o'g'li Yahudoni duo qilib, barcha aka-ukalari va hamma xalqlar itoatkorlikda bosh egishi oldidan uni arslon bilan solishtirganda gunohkorlarni qutqarish uchun Masihning to'liq hokimyatini ko'rsatdi (Ibtido 49:8-12). Havoriy Yuhanno bu bashoratning sirini bilar edi va u hatto samoda aytayotgan oqsaqollarning chaqiruvlarini eshitdi, “Qaranglar, Yahudo qabilasining arsloni, Dovud zotidan bo'lgan G'olib g'alaba qozondi” (Vahiy 5:5-10). Yuhanno buyuk Arslonni ko'rish uchun ko'zlarini ochdi, biroq u Arslonni ko'rmadi. U barhayot shahona ruhoniylardek Unga xizmat qiladigan har bir xalqdan tanlangan odamlarni qoni bilan Xudoga qutqargan qurbonlik Qo'zisini ko'rdi. Iso otasi Yahudo haqida e'lon qilingan va'dalarni bajo keltirdi.

IBODAT: Ey Xudoning Muqaddas Qo'zisi, men Senga sajda qilaman chunki Sen men uchun muqaddas hayotingni qurbon qilib, dunyodagi va izdoshlaringdagi yovuz shaytonning ustidan g'alaba qozonib, barcha ulug'vorlikka, boylikka va hamdu-sanoga loyiqsan. Iltimos mening gunohga bo'lgan ehtirosim ustidan g'alaba qozon chunki men Yohudo va Tamaradan ko'ra yaxshiroq emasman. Iltimos gunohlarimdan meni tozalab, meni butunlay muqaddaslagin. Omin.

SAVOL:

  1. Yoqub o'g'li Yahudo haqidagi va'da Isoda qanday qilib bajo bo'ldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:30 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)