Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 005 (Genealogy of Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

1. Isoning nasl-nasabi (Matto 1:1-17)


MATTO 1:1
1 Ibrohim o'g'li, Dovud o'g'li, Iso Masihning nasabnomasi.

Yahudiylar otalari Ibrohimni hurmatlaganlar, chunki u va bir guruh kishilarning Xudo bilan munosabatlarining tarixi boshlangan. Xudo Ibrohimni Horondagi uy-joyidan chaqirib olib, unga madanyatidan chiqib ketib, do'stlarini va qarindoshlarining himoyasini tark etishiga buyurdi. Xudo uni uy-joysiz cho'lu-biyobonni kezuvchi qildi. Ibrohim o'zini Xudosining to'g'ri boshqaruviga qoldirib, imonlilarga o'rnak bo'ldi. Boshidan Xudo O'zining tanlanganiga osmondagi yulduzlardek va dengiz bo'yidagi qumdek zurriyotini ko'paytirishga va uning urug'idan bo'lgan barcha yerdagi xalqlar baraka topishlariga va'da berdi (Ibtido 12:2, 7; 13:16; 15:5, 18). Hatto Ibrohim yerga ham va o'g'ilga ham ega bo'lmadi, u Xudoning va'dalariga ishonib, barcha vofodorlarning otasi bo'ldi.

Ibrohimning haqiqiy imonidan qat'iy nazar, u vasvasaga yo'liqdi. U Xudo unga bola bergunicha kutib turmasdan, xotinining Misrlik cho'risiga shoshilib uylanib oldi va u Ismoilni tug'di. Uning shoshqalog'ligi og'riq va avlodlar uchun xalqlarga azob olib keldi.

O'n uch yildan beri Xudo Ibrohimni tark etgandan keyin, U Ibrohim to'qson to'qqiz yoshga kirganda unga mehribonchilik ko'rsatdi. Muqaddas Xudo Ibrohim bilan ahd tuzib, U va Soraning qarib qolganidan qat'iy nazar unga yana tanlangan bir o'g'ilni berishga va'da berib, unga sunnat ramzini hadya etdi. Ibrohim Xudoga ishondi; U tabiatning qonuniga qarshi bo'lgan o'g'il haqidagi Xudoning va'dasiga ham ishondi. Hatto Sora bepusht bo'lsa ham, Yaratguvchi qarib qolgan er-xotinlarga bir o'g'il, Ishoqni berdi. Ibrohimning Xudo bilan munosabati yaqin bo'ldi, hatto u Sadom va G'amo'ra xalqi uchun shafoat qilishidan oldin ham, u Xudoning do'sti deb atalgan. Xudo vafodorlarning otasi bo'lgan Ibrohimni sinab, unga sevikli o'g'li Ishoqni qurbon qilishini buyurdi.

Bu imonli Xudoning ovoziga quloq solib, Xudosi uchun suyukli bo'lgan o'g'lini qurbon qilishga tayyorlandi. Shuning uchun u bizlarni qutqarishni xohlagan va biz uchun O'g'lini qurbon qilgan Xudoning bir misoli bo'lib qoldi. Ibrohimning vafodorligi uchun, o'sha vaqtda Xudo uning urug'idan bo'lgan barcha xalqlarni marhamatlashiga ont ichgan (Ibtido 22:12, 16-17).

Biz havoriy Pavlusdan “Ibrohimning urug'i” degan ta'rif xalqlar Iso Masihda va U orqali marhamatlanadigan bir Zotni anglatishini bilib olamiz (Gallatiyaliklarga 3:16). Lekin Matto Isoni “Ibrohimning O'g'li” degan nom bilan chaqirganda, Yahudiylarning ko'plari bu O'g'ilni rad etib, va'dani bajaruvchini xochga mixladilar. Xushxabarchi Xushxabarining boshidan hech qanday baraka Xudoning to'liq barakasini faqat U orqali qabul qilish mumkin deb, va'dani Bajaruvchi Isodan boshqa Ibrohim xalqiga va boshqalarga ham kelmasligini tasdiqladi.

IBODAT: Muqaddas Xudoyimiz, men Senga sajda qilaman, chunki Sen yovuz odamlarni tanlaysan. Sen odamlarning yaxshiliklari va imonlari uchun emas balki inoyating va mehring tufayli ularni tanlaysan. Iltimos men chaqiruvingga loyiq tarzda yashab, ruhda Ibrohim o'g'lidek mustahkam turishimga va O'g'ling Isoda menga berilgan barakaning to'liqligida bo'lishishim uchun sodiq imonda yashahsim uchun menga yordam ber. Omin.

SAVOL:

  1. Iso qanday qilib Ibrohim O'g'li ham bo'lishi mumkin?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:29 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)