Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 003 (Genealogy of Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

1. Isoning nasl-nasabi (Matto 1:1-17)


MATTO 1:1
1 … Iso Masihning ...

Iso davrida, Yahudiylar hali ham 1,000 yillar oldin ularga va'da etilgan Masihning kelishini kutishar edi. Xudo Eski Ahdda otalarga, shohlarga va payg'ambarlarga xalqning buyuk shohi bo'lish uchun ularning xalqlaridan bir kishini ko'tarishiga va'da bergan. Qo'shimcha ravishda insoniy turmushida Masih Yaratguvchining kuch-qudratining to'liqligi, ilohiy tabiatdan bo'lishligini va oxiri yo'q shohlikni boshqarishini aytgan (2 Shamuil 7:12-15; Ishayo 9:6-7).

Yahudiylar asosan Rimliklar mamlakatlarini o'rnatishganda Masihning kelishini kutishgan. Ular Masih kelib, ularni dushmanlardan qutqarib, yerda Xudoning shohligini zo'ravonlik va kuch bilan o'rnatib, Quddus shahrini dunyo markazi qilish va xalqlarni hukm qilish uchun Masihga umid qilishgan.

Matto kitobining birinchi gapini yozganda va Nasroniylik kamtar Iso va'da etilgan Masih ekaniga dalolat berganda, u bu shahodat bilan tayyorlangan xalq orasida yonayotgan imonni va rad etayotgan o'jar xalq orasida qattiq nafratni yaratdi. Ularning oralaridagi Masihni kutgan va Isoda Xudoning ruhini bilgan barcha insonlar imon bilan Isoga o'zlarini bag'ishladilar. Lekin Yahudiylarning ko'plari Isoni rad etdilar chunki xalqlarining boshqaruvchilari rad etgan edi.

Iso qurolsiz va dunyoviy kuchsiz kelib, xochga mixlanishni bajardi. Matto xalqning va boshqaruvchilarning g'arazlari haqida qayg'urmadi, balki ularga jasoratlilik bilan qarshi turdi. U bu haqiqatga dalolat berib, Isoni shunday nomladi, “Xudoning va'da etilgan Masihi.” “Masih” so'zi Yangi Ahdda 569 marta eslatib o'tiladi.

“Masih” so'zi Isoning ismi emas. Bu Uning ishini ko'rsatadigan Uning nomidir. “Masih” Muqaddas Ruhning barcha to'liqligi bilan moylangan Masih ekanini anglatadi. Eski Ahdda shohlar, ruhoniylar va payg'ambarlar bag'ishlov yog'i bilan moylanishgan. Iso O'zining shaxsida ilohiy shohning kuchini birlashtirgan. U haqiqiy Oliy Ruhoniy va Xudoning qurbonlik Qo'zisidir. U hamma boshqa payg'ambarlardek ochib berilgan Xudoning so'zi bilan kelmadi, chunki Uning O'zi tanada bo'lgan Xudoning so'zi edi. Masihda aniq Xudoning to'liqligi yashadi. Siz Masihning izdoshimisiz yoki dushmanimi?

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, men Senga sajda qilaman chunki Sen Xudodan yuborilgan shohimsan va sodiq Ruhoniyimsan. Sen mening yuragimni tinchliging shohligi tomon harakatga keltirding. Iltimos men Sening hayotin-ga,muloyimliginga va kamtarliginga erishishim uchun, ismingni va ruhiy ku-chingni tushunishim uchun meni o'rgat. Meni shohligingning sifatli a'zosidek mustahkam turishim uchun fikrimni yangila. Omin.

SAVOL:

  1. “Masih” degan nom Isoga hurmat bilan nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:27 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)