Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
Home -- Uzbek -- Romans - 077 (Paul’s Expectations in his Journeys) This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK
Previous Lesson -- Next Lesson RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz 3. QISMGA QO'SHIMCHA - RIMDAGI JAMOATNING NOZIRLARIGA PAVLUSN-ING HISLATIDAGI MUHIM XABARLAR (Rimliklarga 15:14 – 16:27)
3. Pavlusning safarlaridagi umidlar (Rimliklarga 15:22-33)RIMLIKLARGA 15:22-33 Inson o'ylaydi va Xudo boshqaradi. Pavlus sog'inchini ko'rsatib va bu hurmatda ibodat qilib, yuragiga safarlari haqidagi fikrlarini ko'chirdi. Pavlus yuz tutgan zo'ravonli quvg'inlardan qat'iy nazar O'rta yerning shimol va janubidagi mamlakatlarga voizlik qildi. Endi, u bu vaqtda Xudoning O'g'lining oyog'i ostida tanilgan butun dunyo bilan muomala qilish uchun Yevropaning sovuq shimoliga va Rim davlatining g'arbiga voizlik qilishni istadi. Pavlus ko'p marotaba Rimdagi jamoatlarga tashrif buyurishga, ularning imonlarini, sevgilarini va umidlarini kuchaytirishga harakat qilganini, lekin Asiya va Yunonistondagi imkonyatlar va muammolar safar qilish uchun uning umid va maqsadlarini puchga chiqarganligini tan oldi. Pavlus bir necha yillar oldin usiz o'sgan jamoatlar bilan tanishish uchun va uni kuchaytirish uchun Rimga tashrif buyurishni ko'zlagan. Ispaniyaga bo'lgan safari mobaynida, u ozgina vaqt uchun u yerda turli hil jamoat a'zolarinikiga tashrif buyurish uchun to'xtashni xohladi. Pavlus Rimdagi jamoat Ispaniyadagi uning yangi xizmatlariga yordam berish kerakligini va kelajakdagi uning voizligi o'zining harakati emas balki Rimdagi azizlardan boshlanishi uchun ibodat, hissalar va amaliy xizmat bilan unga qo'shilishlarini kutdi. Pavlus azobli ochlik tufayli va Masihning kelishidagi imonlari tufayli o'zlarining mol-mulklarini sotgan haqiqiy jamoatdagi kambag'allarga Yunon jamoatlaridan hissalarni olish uchun Quddusga birinchi safar qilish uchun o'zini zo'rlagandek topdi. Pavlus davom etish uchun va imon va g'ayrat bilan ibodat qilish uchun, bu og'rig'li tajriba tufayli Anatoliyada va Yunonistondagi yangi jamoatlarda imonlilarga ta'lim berdi. Pavlus ularga Masihni kutayotganlari hayotlarining ma'nosining cheklanishi yoki so'nishiga sabab bo'lmasligi uchun ishlarida tirishqoq bo'lishga ularni o'rgatdi. Pavlus Salonikadagi jamoatga agar inson ishlamasa ovqat ham yemasin degan gapni yozgan (2 Salonikaliklarga 3:10). Biroq, Quddus jamoatidagi imonlilarning bechora holatlari amaliy qurbon uchun tayyorlangan G'ayriyahudiy Masihiylarining imoni haqida Pavlusga isbot bo'lgan ularning moddiy yor-damini talab qilgan. Havoriy asl Yahudiylarning imonlilariga yordam berish uchun birga ishlash G'ayriyahudiylarning yangi jamoati uchun zarur ekanini aytdi chunki ularga ochib berilgan ruhiy in'omlar va bilimni hammaga tekinga taqsimlab bergan Quddusdagi asl jamoatdagi imonlilarga berilgan ruhiy boyliklarda ular bilan qatnashishgan. Shuning uchun, Pavlus G'ayriyahudiyaning yangi jamoatlarida qayta tug'ilganlar insoniy muhtojliklarida Quddusdagi kambag'al va azizlarga yordam berish uchun bog'langanliklarini va majbur ekanliklarini yozgan. Pavlusning so'zlaridan, biz muhtojning yordami hamma yerda va har doim qo'llanadigan muqaddas burch degan hulosaga kelamiz. Pavlus Quddus uchun yordam pulini olganida, u u yerdagi imonlilarga Masihning ruhiy marhamatining to'lig'icha olib borish uchun Rim orqali Ispaniyaga safar qilishni xohladi. Biroq Pavlus o'zida Quddusga bo'lgan safari jiddiy muammo ekanini his qildi, chunki u Musoni Qonunini tutgan va shikoyat bilan Masih G'ayriyahudiylardan qanday qilib imonlilarni to'plaganini ko'rgan mahaliy jamoatlarda yashagan edi. Yahudiy imonlilari bu yordamlarni rad etishi mumkin bo'lgan chunki ular hech qanday Yahudiyadan jo'natilmagan edi. Ayniqsa, Xattotlar va Farziylar Pavlusga ochiq dushmanligini ko'rsatib, uni o'ldirishga qaror qilishgan. Shuning uchun, Pavlus Rimdagi imonlilardan Masihning nomi bilan uning himoyasi uchun, inson qonun orqali emas balki inoyat orqali oqlanishi haqidagi ruhiy kurashida haqiqat uchun unga yordam berish uchun uzliksiz ibodat qilishlarini so'ragan. Pavlus uni hukm qilib o'ldirishni xohlagan Isodan uzoqda bo'lgan imonsiz Yahudiylarni chaqirgan. Quddusda uni kutib turgan qiyinchiliklar haqidagi tushunchasidan qat'iy nazar, Pavlus Iso uning oldida bo'lganidek, o'lik shaharga bordi. Biz uchun Iso u yerda o'lib, bizning oqlanishimiz uchun tirilgan joy edi; Masihning kuchsizligi Uning zafari bo'lish. Pavlus Xudoning irodasi orqali U Rimdagi imonlilarga hursandchilik bilan keladi deb aytib, barcha umid va rejalarini jamladi. U maktubini agar hatto ular ovqat, sunnat va boshqa ikkinchi darajali mavzular haqida kelishmay qolganlarida ham, tinchlik Xudosi ular bilan birga bo'lishi uchun ibodat qilib, buni yakunladi. IBODAT: Ey samoviy Ota, bu Senga rahmat aytish uchun O'g'ling Iso orqali bizning yutug'imiz bo'ldi chunki havoriy Pavlus hammaga Xushxabarni taqdim etish uchun qaror qildi va G'ayriyahudiylarni Senga olib kelishni xohladi, lekin uni dushmanlik va nafrat bilan Rimga mahbusdek olib kelishdi. Biz uning maktublari, ibodatlari, imoni va umidi uchun Senga tashakkurlar bildiramiz. Sevgimiz bizni Senga yetaklaydigan joydan atrofimizga qaytib ketmasligimiz uchun bizga yordam ber. Omin. SAVOL 95: Pavlus Quddusda uni kutib turgan ko'p havf-hatarlar va qiyinchi-liklar haqida bilishidan qat'iy nazar, Ispaniyaga bo'lgan safaridan oldin nima uchun Quddusga borishni xohladi? |