Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
Home -- Uzbek -- Romans - 044 (We are Children of God through the Holy Spirit) This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK
Previous Lesson -- Next Lesson RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)
7. Muqaddas Ruh bizda yashashi orqali, biz Xudoning bola-larimiz (Rimliklarga 8:12-17)RIMLIKLARGA 8:12-14 Muqaddas Ruh sizning ichingizda yashaydigan ko'plab takabburlik bilan tinchlikni bitirmaydi, balki U bu yo'qolguncha bu bilan kurashadi. Agar siz hamma gunohlaringiz, loflaringiz, jahllaringiz va mag'rurliklaringiz uchun o'lganini va Masihning xochdagi o'limini qabul qilmasangiz, Muqaddas Ruh sizni tark etadi. Imonli ozod bo'lishi uchun va Rabbiysining Ruhiga ochilishi uchun pulga va vaqtixushlikka bog'lanib qolmasligi kerak. Muqaddas Xudo sizda insonning tanasidan chipqonlarni olib tashlaydigan jarrohga o'xshab ishlaydi. U buni ochiq cezib tashlab, buzuqlikni yo'q qilib yuboradi. Shunday tarzda, Xudoning Ruhi sizni qorong'ulikdan yorug'likka, yolg'ondan haqiqatga, vaqtihushlikdan Xudoning huzuriga turtadi. Siz Uning boshqaruvini his qilasizmi? Uning shavqatli ovozini eshitasizmi? U sizni to'liq poklab yangilashni va Masihning mehr-shavqatining suratiga o'xshash qilib sizni o'zgartirishni istaydi. Xudoning Ruhi orqali poklanish mo'jizasi siz pok Najodkoringiz bilan kiyinganingizdek, u kamtarlikda, sabrda va yumshoqlikda barpo qilingan va Masihning barcha hislatlari bilan birga u sizda sevgi orqali, hursandchilik va tinchlik orqali namoyon bo'ladi. Bu mehribon Ruh sizning qalbingizda oqqanida, siz Xudoning o'g'li bo'lasiz. Siz gunohkor bo'lishingizdan qat'iy nazar, bu buyuk in'omni bilib oldingizmi va siz Masihning Ruhi va qoni orqali olamning Yaratguvchisining haqiqiy bolasi bo'lganingizni ham bilib oldingizmi? Siz Xudoning o'g'liman deb aytishga jur'at etasiz-mi? Chunki ko'plar Xudoning Ruhi bilan boshqariladi, ular Xudoning o'g'illaridir. RIMLIKLARGA 8:15-16 Muqaddas Ruh sizdan qo'rquvni, ma'yuslikni, umidsizlikni, bo-simni va bezovtalikni olib tashlaydi va sizga jasurlikni, rohatni va Xudoga bo'lgan ishonchni beradi. Siz bu tan olish bilan Xudoning nomini ulug'laysiz, chunki bu yangi ahdning buyuk mo'jizasidir; Xudo Masih orqali O'zini samoviy Otamizdek ochib berdi. Gunoh orqali g'azablangan Yaratguvchi bizni holdan toldirmaydi yoki charchatmaydi, balki bizga sevgisini ko'rsatadi va otalik shaklida bizga yaxshiligini isbotlaydi. “Abba” so'zi Yunon hatlariga qo'yilgan Suriya so'zidir, va u Ingliz tiliga tarjima qilingan. Bu “Ota” ni anglatadi. Masihga Yunonlarni (G'ayriyahudiylar) va Yahudiylarni birga olib kelish ibodatda murojatning ochiq so'zlarida ko'rinadi. “Ota” so'zi Abba so'zini tushuntiradi va tasdiqlaydi. Masih O'zining buyuk sevgisida biz uchun tanasini bergan, va ulug'vor Xudo bizni saqlab olishi uchun bizni huquqlarining sheriklari qilgan. Osmonga ruhsatnomaning biletining bosh betida Xudoning O'g'lining qoni bilan ismingiz yozib qo'yilganini tasavvur qiling va biletning orqasida shuni o'qiysiz: Muqaddas Ruhning olovi bilan yozilgan va Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh orqali belgilangan bu “Xudo orqali asrab olingan” so'zini o'qiysiz. Siz shunday yagona biletni unutib, uni mensimasdan yoki tashlab yuborgan bo'larmidingiz? Yoki buni qabul qilib, hursandchilik ko'z yoshlari bilan uni o'pib va buni abadiy saqlagan bo'larmidingiz? Siz Ruhda tug'ilishingiz bilan va asrab olinish bilan Ulug' Xudoning haqiqiy va qonuniy o'g'li bo'ldingiz. Havoriy Pavlus sizga siz Xudoning O'zini meros qilib olishingizni, chunki Muqaddas Xudo Isoda sizga yaqin kelganini inoyat bilan to'lgan va boy bo'lgan xushxabarida takroran aytadi. U sizda va barcha azizlarda yashaydi va Uning ulug'ligi Masih sizda va Uning hamma shogirdlarida yashagani kabi, hammamizda ko'rinadi va U izdoshlarida ulug'vorligini chiroyli qilib ochib beradi, chunki Xudo bittadir. Bu hamma mo'jizalar bizda boshlanadi chunki Muqaddas Ruh Masihga quriladigan barcha jamoatlarda yashadi. Uning nuri sizda porlaydimi? Siz Xudo bilan birlashgansiz. Havoriylar Masihning nomi uchun azoblangani kabi, siz ham azob tortishga tayyormisiz? IBODAT: Bizning osmondagi Otamiz! SAVOL 48: Muqaddas Ruh bizga o'rgatadigan Xudoning yangi ismi nima? Uning ma'nosi nima? |