Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
Home -- Uzbek -- Acts - 123 (Continuing the Journey to Rome; Beginning of Paul’s Ministries at Rome)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
F - KESARIYADAN RIMGA SUZISH (Havoriylar 27:1 - 28:31)
4. Yozda Rimga Safarni Davom ettirish (Havoriylar 28:11-14)HAVORIYLAR 28:11-14 Qanday buyuk mo'jiza! Xudo g'azabli dengizda bo'ron paytida kemani buzilib ketishiga ruhsat bermadi, yoki havfli, notayin qirg'oqqa yo'naltirmadi. U ko'plab kemalar qishni o'tkazadigan, mashxur Malta oroliga o'jar kemani boshqaradi. Fevralning o'rtasida kemalar yana dunyo bo'ylab suzishni boshlagan. Pavlus suzuvchilarning homiy xudolaridek hisoblagan ikki tengqur birodarlarni tayinlab, Zevsning kemaning bosh o'g'illaridek egallab kema taxtasida borishdan qo'rqmadi. Havoriy barcha xudolar va butlar o'zini sevuvchi va tuproq ekanini bilar edi. Yolg'iz Rabbiy Buyuk Xudodir. Shunday qilib ular Sisili orolining poytaxti Sirakuzaga safar qilishdi, va u yerdan ular Italiyaning tovoniga yetib borishdi. U yerdan ular Stromboli orqali o'tib, Vesuvivsga yetib borgunlaricha davom etdilar. Bundan keyin, ular Napls yaqini bo'lgan dengizporti Puteolga keldilar. U yerda imonda birodarlardek yashayotgan Masihiylar bor edi. Havoriy ularning oldiga borganida, ular bu havoriyni va uning hamrohlarini kutib oldilar va ularga butun bir hafta mehmondorchilik qildilar. Biz bu qabul qilishdan Pavllus Italiyada tanilmaganini ko'ramiz. U qayerga bormasin Masihning elchisidek tanilmagan. Bu yaqin Napls birligida mehribon Qaysar Masihiy bo'lishi mumkinligi ko'rinadi, chunki havoriyning imoni, miyyaning tinchligi, odamlar uchun sevgi sabri va ruhiy kuch bu hukumat xizmatchisini juda lol qoldirdi, shunda u teskari emas, bu mahbusga ergashishga tayyor edi. Masihning zafari qanday buyuk! Buyuk guruh u yerdan Rimga boshlaydigan keng yo'ldan yurdilar. Luqo va Aristaxr havoriyni tark etmasdan azob-uqubatlarda unga sodiq qoldilar. Bu uch imonlilar bilan Masihning zafarli yurishi dunyo madanyatining poytaxtiga yetib keldi. IBODAT: Rabbimiz Iso Masih, Senga sajda qilamiz, chunki Do'zax darvozalari Senga qarshi zafar qozonmaydi. Sen Pavlusni va uning hamrohlarini saqlaganingdan va kemada ular bilan bo'lganlarga marhamating uchun Senga rahmat aytamiz. Noming bilan bizlarni asragin; shunda biz ko'plarga ne'mat bo'laylik. Omin.
5.Pavlusning Rimda Xizmatlarining Boshlanishi (Havoriylar 28:15-31)HAVORIYLAR 28:15-16 Pavlusni Rimdagi jamoat tanimas edi. Hatto ular Pavlusning fikrlarinining ipidan-ignasigacha bilishmas edi, chunki u hatto bugun ham barcha Masihiy maktabi bo'lgan o'zining eng mashxur maktubini imonlilarga yozgan edi. Rimdagi birodarlar askarlarga va yangilangan qullarga ishonib, Yunon Yahudiylari va savdo-sotiqchilar edilar. Ular Pavlusning kelishini eshitganlaridan keyin Pavlusni va uning hamrohlarini kutub olish uchun harakatga keldilar. Ular buyuk shaharning eshiklaridan ularni kutib olgani va qabul qilib olgani chiqdilar. Pavlus bu jamoatning hamkorligi uchun jasorat olib, butun yuragi bilan Italyada, Ispaniyada va butun dunyoda xushxabarni voizlik qilishni istadi. Ularning birodarlarcha kutib olishlari Xudo orqali tayyorlangan ochiq eshik bo'lib unga ko'rindi. U dunyoga Xushxabar haqida olg'a surib, bu rivoj uchun Xudoga minnatdorchiliklar aytdi. Pavlus Rimda mehribonchilik imtiyozlari bilan zindonband etilgan edi. Biroq u uning hamma so'zlarini eshitib turadigan va hamma hatti-xarakatlarini kuzatib turadigan askar bilan kunu tun qo'li zanjirlangan edi. Pavlus kuchsizligi orqali Rabbiysining ulug'vorligini ulug'lash uchun ozod kishidek emas, balki Masihning xizmatkori va kamtar mahbusdek voizlik qildi. HAVORIYLAR 28:17-27 Luqo bizga Rimdagi Pavlusning sudi haqida hech narsa aytmaydi, u qanday yashagan, qanday o'lgan, deyarli Pavlusning shaxsi Rimga Xushxabarning yetib borishi va u yerda uning umumiy e'loni uchun muhim bo'lmagandek edi. Havoriylar Kitobining yakuni muqaddas shaxslar haqida emas, balki Xushxabarning jarayonining yozuvi va dunyo bo'ylab Masihning ishlari haqida edi. Pavlus odatdagidek Yahudiylar ibodatxonasida xizmatini boshladi. U o'zining ijaraga olgan uyiga boshliqni va yetuk Yahudiylarni taklif qildi. Pavlus ularga hatto Yahudiy oliy Kengashi unga qarshi shikoyat qilgan bo'lsa ham, nohaqdan Rimliklarga topshirilishga unga sabab bo'gan bo'lsa ham va u o'limga talab qilingan bo'lsa ham u ularning dushmanlari emas, do'stlari ekanligini ko'rsatishni xohladi. Pavlus o'zining begunohligiga dalolat berdi va Rimliklar uni ozod qilishga tayyorlandilar. U sudlaridan qat'iy nazar, u Rim fuqorosidek Qaysar oldida hamshaharlariga qarshi shikoyat keltirish uchun yoki qasos olish uchun Rimga kelmadi. U Xudodan kelgan Masih tinchlik va najod olib kelib, tirik umidda ularga bog'langan, o'zining xalqi bilan bir bo'lish uchun o'zini hisobladi. Pavlus Isoga bo'lgan imoni tufayli u bog'anganligini aytdi. U Masihda ular uchun sevgisining guvohidek o'zini zanjirlarini ularga ko'rsatdi. Rimdagi Yahudiylar Pavlusning ismi haqida atroflaridagi siyosiy havf-hatarlarni va chuqur diniy muammolarni payqashganda, ular Quddusdan unga qarshi hech qanday shikoyat olmaganlarini yoki ularning hech biri Rimda u haqida hech qanday yomon narsa eshitmagani haqida dalolat berdilar. Biroq Rimdagi tabaqalanyotgan Yahudiylar Masihiylik har bir yerda Yahudiylakka qarshiligi bilan birga undan ajirashdek hisoblanganini tasdiqladi. Mana shunda Xushxabarga qarshilik ayiblanishning to'g'ri isboti edi. Bu sabablar uchun Rimdagi Yahudiylar Qonunda mutahassis bo'lgan Pavlusning shaxsida mamnun boldilar va shaxsan Isoning ismini tan olgan Quddusning Farziysi ularning oldiga keldi. Masihga ko'ra haqiqatning e'loni uchun ular Pavlusdan so'ragan boshqa muhim uchrashuv bo'lar edi. Kun botganda ko'plab Yahudiylar Pavlusning uyiga kelishdi va u yerda Pavlus Samoviy Shoh bo'lgan Xudoning shohligi va Isoning shohligining o'rtasidagi munosabatni ularga tushuntirdi. Bu tushuncha ularga tushunish uchun qiyin edi. Ba'zilar Xudoning O'g'li oddiy inson bo'lganiga va Uning shohligining odamlari Xudo bilan birlikka kira olishi uchun mashxur bo'lmagan daraxtda o'lishiga to'g'ri kelganiga ishana olmadilar. Masihning qoni orqali poklanmasdan Xudoning Shohligiga kirish yo'q. Rabbiyning O'zi Eshikdir. U ulug'vorligi yerda yashiringan Otaning o'ng tomonida o'tiradigan Ulug'vor Isodir, holbuki, Uning shaxsida shohligi uchun bugun jamoati bo'ylab tarqalgan barcha imkoniyatlar, yaxshiliklar va kuch qoldi. Masihning kelishida Xudoning shohligi Isroil emasligi ochiladi. Balki Masihga ishonganlarning hammasi, Yahudiymi yoki asl G'ayriyahudiylarmi, yuraklarining tubida bu shohlikni olib yuradilar. Pavlus falsafachilik qilmadi, yoki o'zining mag'rur fikrlarini olg'a surmadi. U Xushxabarini Qonun va Payg'ambarlarga dalil keltirish orqali isbotladi, va u haqiqatdagi Masih haqidagi ulug' va'dalarni, Xudoning daldalari Qonunning talablaridan boshqa ekanligini tushuntirdi. Barkamol bo'lmagan qonunni bajarish emas, Masihga ishonish gunohkorlarni va yo'qolganlarni saqlaydi. Yahudiylarning ba'zilari Muqaddas Ruhning rejasi tomon yaxshi to'planib, diqqat bilan tinglashdi. Boshqalar yuraklarini tosh qilib oldilar va ishonishni xohlamadilar. Qayerda inson najod Xushxabariga va Xudoning bilimi va kuchiga sevgi orqali itoat qilmasa, u Masihda o'smaydi. U odam Xudoning rejasiga qarshi kuchayadi. U najod xushxabariga qulog'i kar bo'ladi va Najodkorni tanishga qobilyatsizdir. Oxir oqibat, u Masihga qarshi bo'ladi. U muloyim Ruhning rejasini sezmaydi, chunki u boshidan rahbarlik yo'lini rad etgan va Xudoga bo'ysunishni xohlamagan. Aziz do'stim, sizchi? Siz Xudoning dushmanimisiz yoki siz suyukli, kamtar Masihiymisiz? HAVORIYLAR 28:28-31 Pavlusning ovozi bo'lingan Yahudiylarning boshidagi yangi asrimizning madhiyasini kuylayotgan trubaga o'xshab jarangladi. Xudo najodini G'ayriyahudiylarga jo'natadi. Yahudiy xalqi Masihning inoyatini rad etdilar. Endilikda, Muqaddas Ruh hamma tayyorlangan G'ayriyahudiylarning yuraklarini ochadi – ular Xudoning so'zini eshitish uchun yangi quloqlar oladi – ular amrlarni bajarish uchun yangi kuchni oladi – ular qonunga va uning ko'p hukmlariga xizmatkorlar bo'lishmaydi. Masih ularni gunoh qulligidan qimmatbaho qoni bilan sotib olgan Xudoning bolalaridir. Xudo ularni abadiy Muqaddas Ruhning ulug'vorligi bilan muqaddaslaydi. Pavlus Rimda to'liq ikki yil uztoz bo'lib, voizxon, payg'ambar va havoriy bo'lib xizmat qildi. Unda katta uchrashuvlada bo'lish yoki ko'cha va yo'laklarda voizlik qilish uchun imkoniyat yo'q edi, chunki u kunu tun bir askarga zanjirband etilgan edi. Holbuki, u uning oldiga kelgan odamga gapira olar edi va Xudoning kuchiga dalil keltira olar edi. Hatto Muqaddas Xudo bir so'z bilan uning zanjirlarini yechishga qodir bo'lsa ham, u shikoyat qilmasdan zanjirlarni olib yurdi va ularda Otasining muruvvatining belgisini ko'rdi. Pavlus Damashqqa ketish yo'lida birinchi unga ulug' va barhayot Rabbiydek ko'ringan Isoning inoyati haqida ko'plab boylarga e'lon qilib, Rimda yetti yuz yundan ko'proq qoldi. Bu havoriy o'zi uchun ulug'lik qidirmadi, yoki Havoriylar Kitobining oxirgi oyatlarida qisqa ko'rinadigan o'zining shaxsiy ismini ulug'lamadi. Bu havoriyda bir maqsad bor edi – Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhni ulug'lash. U ikkilanmasdan, botirlik bilan xizmatini bajardi va Masih uning oldida keng eshikni ochib berdi. Hech kim eshitish va ishonishni xohlaganlarga Masihning zafarining xabarini olib yurishdan unga halal berolmadi. Qanday ajoyib! Biz Rimda jamoatni o'sishi va tarqashi haqida hech narsa o'qimaymiz, yoki biz Butrus yoki boshqa poplar haqida birorta eslatmani topmaymiz, chunki bu ikkinchi darajali ish bo'lgan. Faqat muhim narsa Xushxabarning chaqiruvi va dunyoning har bir mamlakatiga uning xabari yetib borishi va jo'nashi edi. Hatto havoriy vafod etsa ham, bu xabar tarqashi kerak edi. Yetuk Rim hodimi bo'lgan Teofil Pavlus Rimdaligida shaxsan uni bilgan va Pavlusning sud jarayonida unga yordam bergan. Pavlus Luqodan u Masihiylikning aniq rivoji butun dunyoga boshidan tarqalishini bilishi uchun Xushxabar va Havoriylar Kitobini tashkil qilishni so'radi. Shuning uchun Luqo Rimda Pavlusning vaziyati haqida biror narsa yozish kerak deb hisoblamadi, chunki Teofil uni shxsan bilar edi. Aziz birodar, hozir biz Havoriylar Kitobidagi bu izohning oxiriga keldik va sizning oldingizda tirik Masihning ulug'vorligi haqida va najodining rejasi haqida dalolat berdik, biz sizning qo'lingizga Xushxabarning mash'alini qo'yib, sizga shunday deymiz: “Xushxabar Kitobining tarixini davom ettiring va ko'pchilik qutqarilishi uchun atrofingizdagilarga najod Xushxabarini olib boring. Barhayot Iso sizni chaqiryapdi va Rabbingiz sizga sherik bo'lishga tayyor. Sizga buni qilishga nima halal beradi? Siz xalqingiz ichida o'tayotgan Masihning zafarli yurishini ko'rasizmi? Ishoning, ibodat qiling va quvoning, chunki tirik Rabbingiz sizning oldingizda boradi va sizni kutadi. IBODAT: Ey samodagi Ota, biz Senga sajda qilamiz va quvonamiz, chunki Sening O'g'ling bizni Sen bilan yarashtirdi va Muqaddas Ruh har doim hamma odamlarning orasida tirik jamoatni shakillantirdi. Senga rahmat aytamiz, chunki Sening kuching kuchsizligimizda ko'tarilishi uchun havoriylarning zanjiridagi halqa bo'lish uchun gunohkor bo'lgan bizlarni chaqirding. Sening shohliging atrofimizda oshkor bolishiga ishonamiz va irodang dunyomizning tartibsizligining o'rtasida bajariladi. Ko'plarni saqla, bizlarni faol xizmatga qista va bizni yovuz shaytondan saqlagin. Omin. SAVOL 123: Luqo nima uchun Rimda Pavlusning sudining tugashi haqida va uning o'limi haqida biror narsa eslatmadi? Havoriylar Kitobining madhiyasi nima? 8 – SAVOL-JAVOBAziz kitobxon,
Biz sizni Xudoning so'zidan abadiy xazinaga ega bo'lishingiz uchun havoriylar Faoliyatidagi yakuniy imtixonni biz bilan bajarishingiz uchun sizga dalda beramiz. Bizning manzil: Waters of Life Internet: www.waters-of-life.net |