Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
E - PAVLUSNING QUDDUSDA VA KESARIYADAGI ZINDONBANDLIGI (Havoriylar 21:15 - 26:32)
12. Pavlus Agrippa II va Uning Shahona Hizmatkorlari oldida (Havoriylar 25:13-26:32)HAVORIYLAR 25:23-27 Agrippa II Masihiylikning tomiri bo'lgan Pavlusni ko'rish uchun ba'zi vaqtni ko'zlab yurdi. Fest Pavlus bilan uchrashish uchun unga yo'l tayyorladi. Shunda Yahudiylarning oxirgi podshohi singlisi va xizmatkorlari bilan shahona qabul xonasiga musiqa, olqishlar va trubalarning ovozlari bilan jo'r bo'lib kelishdi. Undan keyin hokim Fest bu amaldor uchrashuvga qatnashish uchun Kesariyadagi yetuk kishilardan so'rab, o'zining kuchli hukumat xizmatchilari bilan keldi. Oxirida u kuchsiz mahbus bo'lgan Pavlusdan kattakonlikning bu ajoyib ko'rinishining oldida o'zini hozirlashini so'radi. Pavlus ikki yil uchun nohaqdan qamalgan edi. Biroq Masih hech qaysi havoriy va voizchilar ko'rmagan joy honzodalarning galasi uchun Pavlusni tayyorlagan edi. B u hokim o'limga Pavlusni darhol hukm qilishga u uchun Yahudiylarning talabini ko'rsatish orqali bu uchrashuvni tanishtirdi. U bu talabni ma'qullagan shovqinni ko'rsatish orqali Quddusdagi eng oliy kengashi tasdiqlaganini, o'zining ilgarigi xabarlariga qo'shimcha qilib qo'ydi. Lekin birinchi sudda Rim hokimi Pavlus o'limga loyiq ish qilganini topmadi. U ularning talablariga ko'ra Yahudiylar orqali ikkinchi sud uchun Quddusga Pavlusni jo'natishga tayyorgarlik ko'ryotganida, Pavlus Qaysarning o'zini oldida sud uchun ko'rinishni xohlaganini aytib, bu imkoniyatdan foydalandi. Shu yerda ikki yildan beri Pavlusni zindonband qilib oqlay olmagan Fest bilan muammo boshlandi. U Pavlusni ayiblash bilan bu noqonuniy harakat bo'lgan Yahudiy qonunining zo'ravonligi uchun sabablarni tushunmadi. Iso ismli Kishi o'lib, tirildi. U ruhlarga va qayta tirilishga ishonmagan deb keyingilar uni mazxaralab yoki tahminlashlari sababli, buni Qaysarga yozishni istamadi. Qanday ajablanarli! 26 oyatda Fest buyuk kengash oldida Qaysarni faqat ustoz deb chaqirmadi, balki ular Qaysarga sajda qilishni boshlagan vaqtni ko'rsatadigan asl Yunon matinida o'qiganimizda ho'jayin deb ham chaqirdi. Bu isbot keyinchalik Qaysarga sajda qilmasdan Rabbiy Isolariga o'zlari bergan ko'plab Masihiylar uchun buyuk quvg'in, azob, og'riq va yovuz o'limga sabab bo'ldi. Qaysarga ishonganlar uni dunyoning to'liq tuyg'usi bilan ho'jayin deb atashdi. Ular uni Qaysarlardan ham buyukroq deb hisoblab, xudoning o'zi deb chaqirishdi. Hokim Qaysarga bergan ulug'vorlikdagi bu nom har doim buyuk muammoni keltirib chiqardi: Isodan boshqa hech kim Rabbiy deb atalishga loyiq emas. Shunday qilib sizning Rabbingiz kim? Siz kimga tegishlisiz? Siz har doim kimga xizmat qilasiz? IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, biz Seni ulug'laymiz, olqishlaymiz va Senga sajda qilamiz, chunki Sen o'lik emas tiriksan. Sen o'limni, yovuzlikni va gunohni yengan ulug'vorlik Rabbiydirsan. Shohliginga bizlarni o'rnashtir va seni qidirganlarning ko'plari abadiy hayotga kirishsin. Omin. '''HAVORIYLAR 26:1-15 Pavlus ishonch bilan ishonch kamligi yoki insoniy murakkabliksiz mustamlaka kuchlarining hodimlari va xalqining yetuk kishilari oldida turdi. Pavlus o'zining xabari bilan to'lgan edi, va u o'zi uchun javob berganida ularning e'tiborlarini kutganidek qo'lini cho'zdi. U Shoh Agrippa II da Yahudiylarning diniy narsalarining o'lchov va chuqur bilimi borligini bilib, hursandchilik bilan o'zini himoyaladi. Shuning uchun, Pavlus shoh muammoni tushunishiga umid qildi. Pavlus asoslarda, savollarda va g'oyalarda axborot berish orqali himoyasini tanishtirmasdan, balki tinglovchilari oldida hayotining tarixini tasvirlab berdi. Bu havoriy kerakmas fikrlarni va yolg'on tasvirlar ustidan kulgini olib tashlab, ruhiy tarafdan haqqoniy edi. U insonlarning tarixidagi Xudoning aralashishining dalilidagi holatini shakillantirdi. Yahudiylar Pavlus qonunni saqlash orqali voizlik qilmagani balki o'zining butun irodasining kuchi bilan, ruhi, qalbi va tanasi bilan Xudoni sevgan qattiq qo'l Farziy bo'lganini haqida aytilgan Pavlusning o'tmishi haqidagi aniq xabarni bilishni xohlashgan. Ulug'vor Muqaddas Xudo uning hamma fikrlarini istab, U maqsad edi va qonunni aniq saqlash faqat Xudoga yo'l ekani unga namoyon bo'ldi. Ayniqsa Pavlus diniy tarafkashlik uchun imon otalariga ilohiy va'dalar haqidagi bajarishni barcha Yahudiy huquqshunoslar bilan birgalikda kutgan. Bu buyuk umid tezda sezildi. Masih yerga donolikda, kuchda va tinchlikda keldi. Pavlus Masihni kutish uchun sudning oldida turgan edi. Shoh Pavlusga gapirishni xohlab, bu vaqtda qoshlarini ko'targandir: “Bu seni bu yerda turganing Masihning kelishining kutish tufayli emas balki U kelib, xochga mixlanib, ko'milib va tirliganini da'vo qilishing tufaylidir. Bu jiddiy muammoning mohiyatidir. Pavlus shohning fikrlarini o'qib, gapirishidan oldin shunday deb javob berdi: “Nima uchun siz o'likni tiriltira oladigan Xudoga ishonmaysiz?” Masih haqidagi bu savol har doim bo'sh qabirga va o'lim ustidan Rabbiyning zafariga nazar tashlandi. Yunusning belgisi qoqilish to'sig'i va ham jamoat uchun poydevor bo'lib qoladi. Shunday qilib siz shaxsan nima deb o'ylaysiz? Isoning badani qabrda chirib ketgan deb o'ylaysizmi? Siz Iso Kishi Otasi bilan hukm surib, yaqinda bizning oldimizga yana keladi va ulug'vorlikda yashayapdi deb ishonasizmi? Bu imon osson emas. Bu Muqaddas Ruhning yoritishi orqali keladi va bu Xudoning so'zini doimiy ravishda o'qiydigan kishida o'sib boradi. Pavlus o'tmishda bu xabardan nafratlangan. U xochga mixlangan va nafratlangan Nasroniylik Iso, Masih va Xudoning O'g'li ekanligini rad etgan va bu imonni kufr deb hisoblagan. U Yahudiy Kengashining nomi bilan harakat qilib Masihiylarga qarshi quvg'inni boshlagan va zindonband etilgan imonlilarga zindon eshiklarini yopgan va halqaro sudyalar oldida o'limga mahkum etilgan ko'plarni bu natija bilan Muqaddas Ruhga to'lgan azizlarga qarshi hujum keltirgan. U Quddus va Yahudiyaning kengashlaridagi surishtiruv mobaynida imonlilarning imonlaridan bosh tortishga majbur etgan va Iso Masih emas deb, Uning ilohiyligini rad etib yo'lg'onlarcha dalolat berishga majbur qilgan. Shunda Shoul (Pavus) kufr qilish uchun kuchsizlik va ziyonsizlik uchun sabab bo'lgan. Bu qonun mutaxasisi Iso orqali najodni rad etish uchun ularning vijdonlarining guvohligiga va tajribasiga qarshi ularni majburlagan. Shoul bu havfli bid'at tomiri bilan sug'urilishi uchun hatto o'zga shaharlarda ham xurujlar qilinishi uchun eng oliy kengash orqali ham kuchlantirildi. U nafrat, ahmoqlik va qiziq qonlik bilan bu tajavuzkorlikda mashq qilib, o'zini o'rgatdi. Keyin Iso keldi. Iso bu yosh va mag'rur kishining yo'lida turdi va Uning porlayotgan nuri bilan uni urdi, shunda u otidan yiqildi. Masihning ko'rinishining ulug'vorligi quyoshning portlashidan ham yuqori edi. Pavlusning ichki yuragi yonib ketdi va titradi va u qo'rquvdan Xudoning hukmi to'satdan uning ustiga va butun dunyoga tushdi deb o'yladi. Havoriy Luqo biz Havoriylar Kitobidagi sir bilan birga bu markaz bo'lib, bu tajribani tanishimiz uchun (9, 22, va 26 boblar) Damashqqa ketish yo'lida Masih va Pavlus o'rtasidagi uchrashuvni kitobida uch marta xabarlagan. Bu uning Xushxabarida haqiqiy sababni ko'rsatadi. Ulug'vor Rabbiy azizlarining qotili Shoulni odilligi va haqiqati bilan yo'q qilib yubormadi, balki U muruvvatlilik bilan unga Xudo uchun g'ayratidan qat'iy nazar, dushman bo'lganini ochib berdi. Pavlus bekorga Rabbiylari bilan abadiy bir bo'lgan Masihiylarni quvg'in qilgan. Pavlus agar Masihiylarni qiynab yo'q qilsam Xudoning irodasi bilan birlikda bo'laman deb taxmin qilgan. Endi Masih Pavlusga u emas balki quvg'in etiladiganlar Xudo bilan birlikda ekanligini ochib berdi. Shoul yovuz shaytonning quli bo'lgan; undan nafrat, kufr, qotillik va xusumat oqib chiqar edi. Shu vaqtda Pavlusdagi barcha mag'rurlik va mag'rurlikning shakllari sindirildi va uning qonun solihligidagi ishonchi erib ketdi. U shunday bo'lganidan nafratlandi va qilgan hamma yovuzliklaridan uyaldi: Shu paytda u nima uchun buyuk Rabbiy uni yo'q qilib yubormaganligiga ichki borlig'ida ajablandi. Shunda u inoyat va bilimni qidirib, Uning ismini va kimligi haqida so'rashga jur'at etdi. Pavlus yurakda u Xudoning dushmani va qotil deb o'zini bilib, osmondan javobni kutdi. Iso izlovchini rad etmasdan “Men Isoman” deb unga aytganidek, tushunarli tilda unga gapirdi. Siz Meni xochga mixlangan, o'lik, buzuq va uqalanib ketgan deb taxmin qilasiz. Yo'q, Men tirik, ulug'vor va Xudo bilan birman. Bechora Shoul, sen bu xoch Mening jazoyim deb o'ylading. Yo'q, Yo'q! Men sen uchun o'ldim va barcha insoniyatning jazosini o'zimga oldim. Men, Solih Xudo sen nohaq uchun hayotimni berdim. Men begunohman, lekin sen yovuzsan. Tezda tavba qil va Menga burul. Yangilan, chunki Men barhayotman va Mening vujudim hayotning burchak toshidir. Sen na Mening ustimga o'zingni qurasan va na Meni majag'laysan.” Aziz birodar, haqiqatdan ham Isoni tanidingizmi? Siz tirikligingizda Uni ko'rdingizmi? Siz to'liq hayotingizni Unga topshirdingizmi? Siz Xudoning Ruhi bilan birlikda yashayapsizmi? Zafarli Masih tirikligini, mavjudligini va har doim va har joyda hozirligini unutmang. U har bir imonlini O'zining zafarli yurishiga olib keladi. IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, Sen tirik, hozirsan va Xushxabaring orqali bizga kelasan. Sen gunohlarimiz tufayli bizni yo'q qilib yubormaysan, balki abadiy sevging bilan bizlarni asraysan. Nuring bilan gunohlarimizni ochib tashla va Sen yuragimizda yashashing uchun, inoyatingni qabul qilishimizga va to'liq o'zimizni Senga topshirishimizga, biz Muqaddas Ruhingning rejasini sevishimiz uchun o'jarliklarimizni xochga mixlab tashla. Ey Rabbiy Iso Seni kutayotgan barchaning yuragiga va mening yuragimga kel. Tashakkur aytaman, chunki Sen tiriksan va menda yashaysan. Omin. SAVOL 117: Damashq yo'lida Pavlus bilan Masihning duch kelishida Havoriylar Kitobining markazini nima uchun topamiz? |