Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi 4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)
1. Erta tong Pasxadagi hodisalar (Ester) (Yuhanno 20:1-10)
b) Butrus va Yuhanno qabirga yugurishadi (Yuhanno 20:3-10)YUHANNO 20:6-8 Qabirni va uning bosh holatini ko'rish uchun birinchi bo'lganYuhanno katta havoriy uchun hurmat yuzasidan Butrusning yetib kelishini kutib, qabirning tashqarisida kutib turdi. Yosh bo'lgan Yuhanno birinchi qaraganida tosh surilganidan, qabir ochilganidan va jasad g'oyib bo'lganidan qaltirar edi. Qabir kiyimi ham extiyotkorlik bilan rostlangan edi. Uning miyyasidagi fikrlar chalkashib ketdi; u bo'lib o'tganlarga Xudodan nurni so'rab ibodat qilar edi. Bir ozdan keyin Butrus kelib, ochiq qabirga to'g'ri kirib bordi; u Isoning yuzidagi ro'molcha boshqa tomonda alohida bo'lib qo'yilganini tushundi. Bu jasad o'g'irlanmaganini, balki Uning chiqib ketishi tartibli va osoyishta bo'lganligini anglatdi. Butrus nazoratshiga o'xshab kirib bordi, lekin u aniq belgilarning ma'nosini tushunmadi. Yuhanno ruhan hayol qilib, ibodat qildi va umidni sezdi. U Butrusning chaqirganiga javob berib kirganida, uning qalbi yorishib ketdi va Masihning tirilganiga ishonishni boshladi. Bu uning yuragida imonni uyg'otgan,Tirilgan Iso bilan uning uchrashuvi emas edi, balki bo'sh qolgan qabir va buklangan tozza qabir kiyimi unga haqiqatni va imonni ko'rsatdi. YUHANNO 20:9-10 Iso qolgan falsafachilarga, payg'ambarlarga va umuman olganda gunohkorlarga o'xshab qabirda qolmadi, lekin U kiyimni qoldirgan kishiga o'xshab o'limni qoldirish uchun tirildi. Muqaddas Iso gunohsizligicha qoldi. O'lim Uning ustidan hokim bo'lolmadi. Xudoning sevgisi hech qachon tugamas. Masihning dushmanlari qabir bo'sh qolgani uchun qabirda Isoning jasadi maydalanib ketgan deb aytisholmaydi. Masih qochib ketmadi yoki Uni o'g'irlab ketishmadi, chunki Uning o'lim xonasi aniq tasvir edi. Bu Yuhanno uchun Iso O'zining dunyoviy narsalarini qoldirgani va endi Unga bular kerakmasligiga guvoh bo'ldi. Iso belangan oxurning kiyimida hayotining safarlarini boshlagan va qabir kiyimida U O'zining jo'nab ketishini oldi. Shunday qilib tirilish bilan samoviy tayyorada Uning yashashining yangi bosqichi boshlandi. Hatto U hali ham O'zining insoniy tabiatini davom ettirdi. Bu fikrlar Yuhanno ochiq qabirdan qaytib kelganida uning miyyasida alg'ov-dalg'ov bo'ldi. Hanuz u bu boshdan kechirgan narsalar bilan maqtanmadi, Yuhanno Tirilishda Xudoning O'g'lining tushunganlardan birinchisi edi, lekin u hatto Muqaddas Bitiklarda aniq aytilgan bo'lsa ham Yuhanno bu mo'jizaga kechroq ishonganini tan oladi. U Ishayo 53 dagi Xudoning Hizmatkorining g'alabasi va o'lim namoyondasi haqida o'qiganida uning ko'zlari berkitilgan, yoki (Luqo 24:44-48; Havoriylar 2:25-32; Zabur 15:8-11) bir hil mavzudagi Dovudning karomatlarini tushunmagan. Buyuk Bayramning tongi havotirlanib, ishonib ishonmay va O'zining g'oyibona holatlari bilan qabirni qoldirib ketgan Isoga ibodat qilib uylariga qaytib ketayotgan ikki shogirdga guvoh bo'ldi. IBODAT: Rabbim Iso, biz Senga samimiy tashakkurlarimizni taqdim qilamiz, chunki Sen shogirdlaringni yuragida O'zingni tirilishingdagi ishonchni yaratgan G'alabadorsan. Sen bizga abadiy hayotning buyuk umidini berding. Biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen barhayot bo'lgan Xudosan va biz Sening inoyating orqali abadiy yashaydigan bo'ldik. Bizning do'stlarimizni gunohlaridan o'lmasliklari uchun ularni saqlagin va Sening qurbonliklaringdagi imon orqali ularga abadiy hayot bergin. SAVOL:
|